Edu.uz
✔
144K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Attestatsiya_2026 #Kun_natijasi

Yurtimiz böylab malaka sinovlari davom etmoqda

Bugun boşlanğiç ta’lim fanidan attestatsiya jarayonlari bölib ötmoqda.

☝️ Eslatib ötamiz, mazkur sinovlarda iştirok etiş uçun pedagoglar tomonidan 302 ming 422 ta murojaat kelib tuşgan. Örganişlar natijasida 240 ming nafardan ortiq pedagoglarning sinovlarda qatnaşişi belgilandi.

✅ Mazkur sinovlarda boşlanğiç ta’lim fani öqituvçilari yuqori natijani qölga kiritmoqda:

🔹Surxondaryo viloyati, Qumqörğon tumanidagi 35-sonli maktab öqituvçisi Gulnoza Aliyarova —100 ball,
🔹Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 19-sonli maktab öqituvçisi Feruza Jamolova — 100 ball,
🔹Jizzax viloyati, Paxtakor tumani 1-sonli maktabi öqituvçisi Şahodatxon Aminxanova — 98 ball,
🔹Farğona viloyati, Farğona şahridagi 26-sonli maktab öqituvçisi Maftunaxon Akbarova — 96 ball,
🔹Farğona viloyati, Quva tumanidagi 29-sonli maktab öqituvçilari Malohat Soliddinova — 94 ball,
🔹Navoiy viloyati, Navoiy şahri 22-sonli maktab öqituvçisi Aziza Qalandarova — 94 ball.

🌐 Sinov jarayonlarini quyidagi havola orqali töğridan töğri kuzatib borişingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sunʼiy_intellekt #Platforma

Özbek tilidagi yozma imtihon javoblarini sun’iy intellekt yordamida baholovçi platforma yaratildi


Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi olimlari tomonidan “Imtihonni baholaş intellektual tizimi” (IBIT) platformasi işlab çiqildi.

Mazkur platforma özbek tiliga moslaştirilgan lokal sun’iy intellekt modeli asosida işlaydi. U talabalarning yozma imtihon javoblarini semantik, mantiqiy va lingvistik jihatdan tahlil qilib, belgilangan akademik mezonlar asosida avtomatik baholaş imkonini beradi.

Platformaning muhim jihati — özbek lotin yozuvining yangi tahriridagi Ö, Ğ, Ş va Ç harflari qöllangan matnlarni ham qayta işlaş va baholaş imkoniyatiga ega ekanidir.

IBIT platformasi quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Talabalarning yozma javoblarini etalon javoblar bilan mazmunan taqqoslaş;

Javoblarni 100 ballik şkala böyiça 6 ta akademik mezon asosida baholaş;

Har bir javobning kuçli va takomillaştirilişi lozim bölgan jihatlari yuzasidan özbek tilida asoslantirilgan izohlar beriş;

Bitta yozma javobni taxminan 10–15 soniyada baholaş;

Oçiq turdagi yozma savollar va variantli testlarni avtomatik tekşiriş;

Imtihon savollarini DOCX va XLSX formatlarida yuklaş;

Natijalarni saqlaş, umumlaştiriş va talabalar hamda guruhlar kesimida statistik tahlil qiliş.


🔗Platforma: https://ibit.uz/

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9😱9👍7
#ARBICHO_2026

✅ Nukus şahrida ötkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro Beruniy olimpiadasining nazariy bosqiç sinov jarayonlari bölib ötmoqda.

Mazkur bosqiçda iştirokçilarga belgilangan 8 ta topşiriq uçun 5 soat vaqt ajratilgan.

👉 Sinov jarayonlarini quyida jonli kuzatişingiz mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3👍1
Davlatimiz rahbari Ostonada “Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot” taşabbusini ilgari surdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sun’iy intellekt sohasida xavfsizlik masalalariga bağişlangan uçraşuvida iştirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi şaroitda Aqaba jarayonining ahamiyatini yuksak baholadi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanişi insoniyat uçun ulkan imkoniyatlar yaratiş bilan birga, yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan sifatli ta’lim va inson salohiyatini töla röyobga çiqariş uçun şaroit yaratiş xavfsizlikning muhim poydevori ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ma’rifat va ilmga intilişdek gumanistik an’analarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uyğunlaştiriş maqsadida “Inson manfaatlari yölida raqamli taraqqiyot” taşabbusini ilgari surdi. Uning asosiy maqsadi sun’iy intellekt salohiyatini bilimlarni keng tarqatiş, özaro işonç muhitini mustahkamlaş va şaxs kamoloti uçun yangi imkoniyatlar yaratişga yönaltirişdan iborat.

#Prezident #uçraşuv #MarkaziyOsiyo #Aqabajarayoni

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Har bir çempionlik orzudan boşlanadi!

Bugun katta sahnalarda öz iste’dodi va mahoratini namoyon etayotgan ijodkorlar ham bir vaqtlar oddiy orzudan boşlagan. Endi öz ijodingizni namoyiş etiş navbati sizda!

“BellaşAIlik” — Özbekiston böylab ijodkor va iqtidorli yoşlarni birlaştiruvçi respublika ijodiy tanlovi.

Sun’iy intellekt yordamida video, animatsiya yoki boşqa kreativ kontent yaratasizmi? Yoki şunday iste’dodli yoşlarni taniysizmi? Unda imkoniyatni qöldan boy bermang!

Tanlov bosqiçlari: iştirokçilar mahalla, tuman/şahar va hududiy bosqiçlarda bellaşib, respublika finalida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritadi.

🗓 Arizalar: 2026-yil 18-noyabr, soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎨 Iştirok etiş tartibi: Telegram-botga kiring, arizani töldiring va ijodiy işingizni yuklang.
➡️ Ariza topşiriş: https://t.me/bellashailik_bot

Taşkilotçilar: Raqamli san’at ijodiy birlaşmasi va Kasbiy ta’lim agentligi.

📞 Murojaat uçun: +998 87 077 99 55
Telegram: @RaqamliSanatkoordinator

Orzu qiling, yarating va öz iste’dodingizni namoyon eting!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤7👏5🥰2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inklyuziv_taʼlim

“Bolalarning közidagi quvonç, ota-onalar işonçi kasbimga nisbatan faxr tuyğusini uyğotadi” — surxondaryolik maxsus pedagog haqida


✅ Zarina Nuraliyeva Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 88-maktabning inklyuziv sinfida maxsus pedagog sifatida faoliyat yuritmoqda.

➖ U öz kasbi orqali öquvçilarning qalbiga yöl topib, ularning hayotida ham ijobiy özgarişlar yasaşga erişmoqda. Ayniqsa, uning inklyuziv ta’lim tizimidagi faoliyati alohida e’tiborga loyiq. 

🔹 Ustoz bolalarga bilim beriş bilan birga, ularga işonç, motivatsiya va hayotga bölgan umid ham ulaşmoqda.

📊 Ma’lumot örnida: ayni vaqtda inklyuziv ta’lim sinflari taşkil etilgan umumiy örta ta’lim maktablari soni 3 591 tani, qamrab olingan alohida ta’lim ehtiyojlari bölgan bolalar soni 10 260 nafarni taşkil qilmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍9🤔2👏1
#MaktabTaʼlim #MilliyQadriyatlarTarğibotçisi

“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovi ğoliblari aniqlandi


Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida maktablarning ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosarlari örtasida ilk bor ötkazilayotgan “Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.

Unda tanlovning hududiy bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan 14 nafar nomzod öz maktablarida ma’naviy-ma’rifiy yönalişda erişgan natijalari va bu borada ilgari surayotgan yangi taşabbuslarini aks ettiruvçi taqdimotlari bilan iştirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/244118

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍3