Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayroğimiz muallifi – Anvar Mamajonov bilan suhbat

Bayroğimiz qanday yaratilgan? Javobni öz közi bilan körgan inson aytib beradi

Har kuni köramiz, lekin uning ortidagi hikoyani köpçilik bilmaydi.

❓ Davlat bayroğimiz qanday yaratilgan va uning ğoyasi nima?
❓ Nega aynan şu törtta rang tanlangan?
❓ Bu haqiqiy ijod bölganmi yoki buyurtma mahsuli?


Videoda 1991-yilgi asl hujjatlar — bayroqning birinçi çizmalari va rasmiy tasvirlari ham bor.

Oxirigaça köring — uçinçi savolga berilgan javob sizni hayratda qoldiradi.

#Kelajak_soati #DavlatBayrogʻi #Tarix

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤24👍6🤔2
Elektron jurnal: qoğozbozlikdan qanday voz keçiladi?

Bugun Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida qoğozbozlikni kamaytiriş hamda elektron jurnal tizimidan foydalaniş va uni yuritiş masalalari yuzasidan ovozli chat ötkaziladi.

💬Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan:
➖elektron jurnal tizimidan foydalaniş tartibi va imkoniyatlari;
➖öquv maşğulotlari, davomat va özlaştiriş körsatkiçlarini elektron jurnalga kiritiş;
➖tizim bilan işlaşda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimlari;
➖pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar beriladi.

Oldindan savollarni yuboriş uçun manzil @kasbedu_bot

Savollaringizni ovozli chat davomida mutaxassislarga bevosita yöllaşingiz ham mumkin!

🗓️ Sana: 10.11.2026
⏰ Vaqt: 16:00

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron jurnal: mavzudan bahogacha — barchasi bir tizimda!

Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari uchun elektron jurnaldan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma tayyorlandi. Unda dars mavzusini kiritish, davomatni belgilash, baho qo‘yish va topshiriq berish tartibi bosqichma-bosqich tushuntirilgan.

📌 Jurnalni to‘ldirishda avval mavzu kiritiladi, keyin yo‘qlama qilinadi va baholar qo‘yiladi. Baholarni kiritish hamda o‘zgartirish Face ID orqali tasdiqlanadi. Shuningdek, tizim orqali o‘quvchilarga topshiriqlar yuborish va ularning javoblarini baholash mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🤔1
#Islohotlar_bilimdoni #Final

“Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi yakunlandi


Ta’lim va ilm-fan vazirligi Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi tomonidan “Islohotlar bilimdoni” respublika körik-tanlovining final bosqiçi 2026-yil 5-6-noyabr kunlari taşkil etildi.

Tanlov davomida iştirokçilar 5 ta nominatsiya böyiça özaro bellaşib, ularning ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy, siyosiy-huquqiy tarğibot yönalişidagi faoliyati, amalga oşirgan işlari hamda sohaga oid bilim va könikmalari Hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Nominatsiyalar böyiça ğoliblar:
✅“Eng faol milliy ğoya va maʼnaviyat tarğibotçisi” nominatsiyasi:
🥇Muyassarxon Ollaberganova – ÖzDXA Urganç filiali
🥈Laylo Şaripova – Buxoro davlat pedagogika instituti
🥈Kamoliddin Mirzaaxmedov – Özbekiston Milliy universiteti
🥉Kimyoxon Kamolova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Mohinur Sotvoldiyeva – Qöqon universiteti Andijon filiali

✅“Ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça eng yaxşi kafedra” nominatsiyasi:
🥇Namangan davlat universiteti Menejment kafedrasi;
🥈Jizzax politexnika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi;
🥉Şahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi.

✅“Eng yaxşi tyutor” nominatsiyasi:
🥇Muzaffar Saitov – Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti
🥈Abdişukur Yuldaşev – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🥈Nigora Mirzaqulova – Toşkent davlat tibbiyot universiteti
🥉Gulmira Yuldaşeva – Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Zafar Usmonov – Toşkent davlat transport universiteti

✅“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengaşi raisi” nominatsiyasi:
🥇Guljahon Dexqonova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥈Maşhura Temirova – Qöqon davlat universiteti
🥉Dildora Axatova – Şahrisabz davlat pedagogika instituti

✅“Eng faol islohotlar tarğibotçisi” nominatsiyasi:
🥇Aziza Maxmudova – Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
🥈Begoyim Varisova – Namangan davlat pedagogika instituti
🥈Mohinur Xoşimova – Buxoro davlat pedagogika instituti
🥉Albina Amangeldiyeva
– Qoraqalpoq davlat universiteti
🥉Şarifbobo Xasanov – Urganç davlat tibbiyot instituti


Körik-tanlov ğoliblari Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Şuningdek, final bosqiçida qatnaşgan barça iştirokçilariga Vazirlikning faxriy yorliqlari topşirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2🔥1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JadidlarIzidan

❗️“Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqiçi start olmoqda!

⚡️ Jadid ajdodlarimiz ijodi va faoliyati, ular qoldirgan buyuk ma’naviy merosini örganiş, öquvçilarda milliy ğurur, vatanparvarlik va tarixiy xotiraga hurmatni mustahkamlaş hamda jadidlarning ma’rifiy ğoyalarini keng tarğib qiliş maqsadida taşkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqiçi start olmoqda.

▪️ Tanlov ötadigan sana va manzillar bilan HAVOLA orqali tanişing.

🟧 Eslatib ötamiz, tanlovning Respublika bosqiçi 14 nafar ğoliblari jadidlarimiz tahsil olgan Germaniyadagi Gumboldt universitetiga ta’lim sayohatini qölga kiritadi. Şuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha böyiça eng yuqori ball oliş imkoniyatiga ega böladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍1👏1
#Qonunçilik_yangiliklari

Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaşda (VM-1030) muhim özgarişlar!

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 604-son qarori bilan ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaş tartibiga muhim özgartirişlar kiritildi.

Endilikda olimlarning ilmiy natijalari nafaqat hujjatlar, balki yagona elektron bazada tasdiqlangan ma’lumotlar asosida ham baholanadi.

❓Nimalar özgardi?

Ilmiy natijalarni tasdiqlaş tartibi yangilandi.
Ilgari qöşimça haq belgilaşda xodim taqdim etgan tasdiqlovçi hujjatlarga tayanilgan.

Yangi tartibda esa ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi, tekşiriladi va tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan ma’lumotlar asosiy manbaga aylanadi.
Elektron bazadagi ma’lumotlar qöşimça haq belgilaşda taşkilotning ilmiy komissiyasi va kollegial organi uçun asosiy axborot manbasi hisoblanadi.

🚫Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan natijalar qöşimça haq hisoblaşda inobatga olinmaydi.

Science ID orqali yangi rağbatlantiriş mezoni belgilandi.
Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan har bir muallifga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq belgilaş nazarda tutilmoqda.

Bu yerda gap barça xodimlarga avtomatik 10 foiz tölaş haqida emas, balki tegişli mezon asosida rağbatlantiriş haqida ketmoqda.

Endilikda ilmiy natijaga erişişning özi yetarli emas. Uning elektron bazada töğri aks etişi, tekşirilişi va tasdiqlanişi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤14😱8🤔6👏2
#Ovozli_çat

Live: Texnikumlarda elektron
jurnaldan foydalaniş böyiça ovozli çat bölib ötmoqda!

Ayni daqiqalarda Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida elektron jurnaldan foydalaniş va uni yuritiş masalalari yuzasidan ovozli çat ötkazilmoqda.

💬Ovozli çat davomida mutaxassislar tomonidan:
➖elektron jurnal tizimidan foydalaniş tartibi va imkoniyatlari;
➖öquv maşg‘ulotlari, davomat va özlaştiriş körsatkiçlarini elektron jurnalga kiritiş;
➖tizim bilan işlaşda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yeçimlari;
➖pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javoblar beriladi.

Ovozli çatga qöşiling: https://t.me/kasb_edu?livestream

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏6❤3
#Jarayon

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlaş hamda direktor jamğarmasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillaştiriş maqsadida maktab rahbarlari va pedagoglar iştirokida sörovnoma ötkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari olindi.

Sörovnomada institutda malaka oşirayotgan umumiy örta ta’lim maktablari rahbarlari va pedagoglar qatnaşdi.

Asosiy e’tibor dars soatlarini taqsimlaş va direktor jamğarmasi faoliyatiga oid amaldagi tartiblarni takomillaştiriş, jarayonlarni raqamlaştiriş, şaffoflik va xolislikni ta’minlaş hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini oliş masalalariga qaratildi.

Bundan asosiy maqsad — takomillaştirilişi rejalaştirilayotgan me’yoriy hujjatlarni bevosita amaliyotçi mutaxassislarning fikr-mulohazalari va takliflari asosida qayta körib çiqiş hamda mavjud muammolarga samarali yeçimlar işlab çiqişdan iborat.

Tadbirda iştirokçilar amaldagi tartiblarni soddalaştiriş, adolatli va şaffof elektron mexanizmlarni joriy etiş yuzasidan öz takliflarini bildirdi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤8😁6
#Hemis

❗️HEMIS tizimining navbatdagi versiyasi OTTlarga taqdim etildi

HEMIS axborot tizimining yangi versiyasida (1.9.86) qator muhim yangilaniş va qulayliklar işga tuşirildi:

1️⃣ ERI orqali kiriş: Tizimning avtorizatsiya moduli takomillaştirilib, tizimga elektron raqamli imzo (ERI) kaliti bilan kiriş imkoniyati yaratildi.

2️⃣ Qabul kvotalarini şakllantiriş raqamlaştirildi: Barça davlat OTTlari yangi qabul kvotalarini elektron imzo bilan rasmiylaştirib, tizim orqali taqdim etadi (Talabalar/kvota hujjati).

3️⃣ Kontingent statistikasi: Talabalarning yönalişlar, kurslar, ta’lim tillari va grantlar kesimidagi töliq statistikasini oliş imkoniyati qöşildi (Statistika/kontingent statistikasi).

4️⃣ Öqituvçilar yillik yuklamasi: Joriy va oldingi öquv yillaridagi professor-öqituvçilarning yillik öquv yuklamasini kuzatib boriş funksionali joriy qilindi (Xodimlar/öqituvçilar yuklamasi).

5️⃣ Dars va nazorat jadvallari: Dars hamda nazorat jadvallarini Excel fayliga eksport qiliş imkoniyati yaratildi (Öquv jarayoni bölimida).

6️⃣ Fan apellatsiyasi: Apellatsiya jarayoni nizom talablari asosida yangilandi — endilikda arizalar talabaning şaxsiy murojaati asosida körib çiqiladi (Özlaştiriş/fan apellatsiyasi).

7️⃣ Imtiyozli grantlar: Talabalarni imtiyozli grantlar röyxatidan çiqariş imkoniyati qöşildi (Talabalar/imtiyozli grantlar).

8️⃣ Risklar daşbordi: Tizimda öquv yuklamasi hali şakllantirilmagan pedagoglarni körsatib beruvçi “Öqituvçi paneli” işga tuşirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍8😁2