Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Munozara2026 #Final

🗣“Munozara” respublika debat tanlovi ğoliblari aniqlandi!

🇺🇿 Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoşlar işlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Talaba-yoşlar bilan işlaş markazi hamkorligida taşkil etilgan “Munozara” respublika debat tanlovining final bosqiçi 12-13-noyabr kunlari Toşkent davlat texnika universiteti mezbonligida bölib ötdi.

Ikki kun davom etgan hal qiluvçi bahslarda saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan 16 ta jamoa özaro bellaşdi. Dastlab jamoalar qur’a taşlaş orqali guruhlarga bölindi va guruhda 1-2-örinlarni egallaganlar çorak final yöllanmasiga ega böldi.

🏆 Tanlovning ğolib jamoalari:

🥇“Surxon yoşlari” – Termiz davlat universiteti;
🥈“Elita” – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti;
🥉“The Best” – Toşkent davlat tibbiyot universiteti.

“The Best Speaker” nominatsiyasi ğoliblari:

🥇Akmurodov Pölat – Termiz davlat universiteti talabasi
🥈Inayatova Muslima – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabasi
🥉Umarov Mirodil – Toşkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

Ğolib va sovrindor jamoalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoşlar işlari agentligi tomonidan diplom, esdalik sovğalari va 1-örin 30 million, 2-örin 15 million va 3-örin 10 million söm pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Şuningdek, respublika bosqiçida qatnaşgan barça jamoalarga diplom va esdalik sovğalari topşirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤24👍14🔥4🎉2
#Olimpiada #Kriptologiya

TATUda kriptologiya böyicha respublika olimpiadasi bölib ötdi

🗓2026-yil 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida kriptologiya böyicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqiçi taşkil etildi. Unda mamlakatimizdagi 30 ta oliy ta’lim taşkilotidan 80 dan ortiq talaba iştirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan ötkazişdi.

Iştirokçilar nafaqat bilimlarini, balki sabr-toqat, mantiqiy fikrlaş va qiyin masalalar oldida çekinmaslik kabi fazilatlarini ham namoyon etdilar.

Fuqarolik oliy ta’lim taşkilotlari örtasida ğoliblar:
🥇Rahmonjon Mamirov (TATU);
🥈 Muhammadqodir Ibrohimov(Cyber University);
🥈 Qalqonbek Roziqberdiyev (TATU);
🥉Azizbek Nuraliyev (Özbekiston milliy universiteti);
🥉Dilshod Bobomurodov (Buxoro davlat texnika universiteti)

Harbiy va harbiylaştirilgan OTTar örtasida ğoliblar:
🥇 Fayozbek Keldiyev (AKTAHI);
🥈 Temur Normurodov (Kriptologiya instituti);
🥉 Akobir Oromov (Kriptologiya instituti).

Batafsil…

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍16🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MaktabUniversitet

Jizzaxda “Bog‘cha – maktab – universitet” tamoyili asosida ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik kengaytirilmoqda

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda viloyat Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi vakillari Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Jizzax viloyatidagi 607 ta maktabda 286 ming nafardan ziyod o‘quvchi tahsil oladi, 25 mingdan ortiq pedagog faoliyat yuritadi. Bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 54,9 foizni tashkil etadi.

Jizzax shahridagi 4-, 5-, 12-, 16-, 17- va 18-maktablarda 2025–2026 o‘quv yilidan pedagogik sinflar tashkil etilgan. Ularda 10–11-sinflarning qariyb 300 nafar o‘quvchisi tahsil olmoqda. Har bir sinfga universitetning ikki nafar malakali pedagogi biriktirilgan bo‘lib, haftasiga to‘rt soatdan mashg‘ulot olib boradi.


Tanishish davomida pedagogik sinflar faoliyati, shuningdek, “Bog‘cha – maktab – universitet” tamoyili asosida maktabgacha ta’lim mazmuni, maktab darsliklari va oliy ta’lim o‘quv dasturlari o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, pedagoglik kasbiga qiziquvchi iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va ularni kelgusida malakali mutaxassis sifatida tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MaktabTaʼlim #Tanlov

“Raqamli avlod qizlari” qanday loyiha? Bu haqida 5 ta FAKT

✅Qizlarning axborot texnologiyalarga bölgan qiziqişlarini qöllab-quvvatlaş hamda ularni zamonaviy kasblarga öqitiş maqsadida “Raqamli avlod qizlari” loyihasi amalga oşirib kelinmoqda.

📈 Mazkur loyiha 2021-yildan buyon muntazam taşkil etiladi va hozirga qadar 5 marta ötkazilgan.

🌐 Şu kungaça 100 ming nafardan ortiq qizlar uşbu tanlovga qamrab olingan.


📍 “Raqamli avlod qizlari”da nafaqat özbekistonlik, balki sohaga qiziquvçi xorijlik öquvçilar ham qatnaşib kelişmoqda. Xususan, ötgan yillar davomida BAAning “Emirates National school” öquvçilari, şuningdek iordaniyalik, xitoylik va afğonistonlik qizlar loyihada özlarini sinab körişdi.

📊“Raqamli avlod qizlari” IT tadbirida ötgan davr mobaynida iştirokçi qizlar tomonidan 500 dan ortiq loyihalar işlab çiqilgan.

✈️2025-yilda loyihada ğolib bölgan 12 nafar qizlar Xitoy davlatida ta’lim sayohatida bölişdi. Joriy yilda ham ğolib iştirokçilar xorijiy davlatga ta’lim sayohati yöllanmasini yutib olişadi.
____
Röyxatdan ötişga ulgurmadingizmi? Unda şoşiling!

🔴
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7🔥3