Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Kelajak tadbirkori – 2026”: Urgançda yoşlar uçun kasb körgazmasi boşlandi

Ayni damda Urganç şahridagi “Yoşlik sport” majmuasida “Kelajak tadbirkori – 2026” yirik kasb körgazmasi bölib ötmoqda.


Mazkur nufuzli tadbir talaba-yoşlar, iş izlayotgan fuqarolar hamda öz biznesini yölga qöyiş istagidagi taşabbuskor yoşlar uçun yangi karyera va istiqbol eşiklarini oçmoqda.

Körgazma doirasida iştirokçilar uçun turli taşkilot va korxonalardagi mavjud böş iş örinlari hamda amaliyot dasturlari taqdim etilmoqda, yoşlar iş beruvçilar bilan bevosita oçiq muloqot qilib, bugungi mehnat bozori talablari yuzasidan atrofliça ma’lumot olmoqdalar, şuningdek, tadbirkorlik faoliyatini noldan boşlaş, biznes loyihalarni rivojlantiriş hamda imtiyozli moliyaviy resurslardan foydalaniş böyiça mutaxassislar tomonidan amaliy maslahatlar berilmoqda.

#KelajakTadbirkori #YoşlarBandligi #KasbKörgazmasi

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/250218

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_qulaylik

Talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Google Gemini AI PLUS — 1 yil BEPUL!


💻 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni istaysizmi?
🤖 Endi talabalar Gemini AI’ning ilg‘or imkoniyatlaridan 1 yil davomida bepul foydalanishlari mumkin!

Buning uchun:
🔤 HEMIS mobil ilovasiga kiring.
🆔 Talabalik guvohnomasi va o‘qish joyidan ma’lumotnomani yuklab oling.

So‘ngra
♊️ Gemini ilovasida talabalar uchun maxsus taklifni tanlang.
🗂 Kerakli ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni yuboring.
✔️ Arizangiz tasdiqlangach, obunani faollashtiring.

🎁 Natija: Gemini AI Plus imkoniyatlaridan 1 yil davomida BEPUL foydalaning!

Batafsil videoda👆

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👏7👍4😱3
#Kitobxonlik

Oilaviy kitobxonlik bola tarbiyasida qanday örin tutadi?


Dunyo tajribasi şuni körsatmoqdaki, ota-onalarning farzandi bilan birgalikda kitob öqişi bolaning intellektual, nutqiy va ijtimoiy rivojlanişida muhim örin tutadi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD)ning 2026-yilda e’lon qilgan tadqiqotiga köra, örganilgan mamlakat va hududlarda ota-onalarning örtaça 54 foizi farzandlari bilan birga haftasiga kamida uç kun kitob öqişadi.

Angliya va Niderlandiyada esa bu körsatkiç 80 foizdan yuqori. Tadqiqot sörovlarida Yangi Zelandiyada ota-onalarning 96 foizi, Daniyada 92 foiz, Germaniyada 86 foiz ota-onalar öz farzandlariga kitob öqib berişini bildirgan.

❗️Oilaviy kitobxonlik nega muhim?

Bunda bola faqat mutolaaga qiziqib qolmay, savol beriş, fikr bildiriş, voqealarni tahlil qiliş, qahramonlarning xatti-harakatlariga baho beriş va öz xulosasini çiqarişni ham örganadi.


Yurtimizda ham oilaviy kitobxonlikni ommalaştiriş bugun har qaçongidanda muhimdir. Bunda bolani kitob öqişga jalb qiliş faqat ta’lim muassasasining vazifasi, deb qaraş töğri emas. Eng katta taşabbus oilada bölişi, bolaning kitobga bölgan mehri avvalo oilada şakllanişi lozim.


👉 Sizning fikringiz qanday?

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍7👏3🔥1😱1
#Söragan_edingiz #MaktabTaʼlimi

❓Inklyuziv ta’lim sinflari uçun maxsus pedagog yoki assistent-öqituvçi qanday asosda ajratiladi?

✅ Har bir inklyuziv yoki boşlanğiç tayanç korreksion sinf uçun 1,0 birlik maxsus pedagog yoki 1,0 birlik assistent-öqituvçi ajratiladi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi tegişli ştatni ajratişga asos böladi. Maxsus pedagogga ehtiyoji bölgan bolalar bilan assistent-öqituvçiga ehtiyoji bölgan bolalarni bir sinfga qabul qilişga yöl qöyilmaydi.

Inklyuziv sinflar yoki boşlanğiç tayanç korreksion sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamçi xodim (assistent-öqituvçi)larga mehnatning alohida şaroitlari uçun har oyda tölanadigan ustama haqi lavozim maoşining 50 foizi miqdorida tölanadi.
 
❓Uyda yakka tartibdagi ta’lim kimlar uçun taşkil etiladi?

✅ Uyda yakka tartibdagi ta’lim soğliği holati va tibbiy körsatmalarga köra maktabga doimiy yoki vaqtinça qatnay olmaydigan bolalar uçun taşkil etiladi. Bunga uzoq vaqt davolanişga muhtoj bolalar ham kiradi. Belgilangan kasalliklar röyxatiga muvofiq tibbiy asos va tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olişlari uçun asos hisoblanadi.

❓Uydagi ta’lim uçun tibbiy xulosani qayerdan va qança muddatga oliş mumkin?

✅ Ota-ona bolaning doimiy yaşaş joyidagi tuman (şahar) davolaş-profilaktika muassasasidagi tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi. Kasallik tarixidan köçirma, tegişli tibbiy muassasa xulosasi va zaruratga köra tekşiruv natijalari taqdim etiladi. Tibbiy körik murojaat qilingan kundan boşlab uç kun içida ötkaziladi. Xulosa olti oyga yoki töliq öquv yiliga berilib, körik ötkazilgan kuni ota-onaga taqdim etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MaktabOliygoh

Maktablarda taʼlim sifatini oşiriş maqsadida institut professor-öqituvçilari tomonidan metodik yordam körsatilmoqda

Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oşiriş, pedagoglarga metodik kömak körsatiş hamda ta’lim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni ta’minlaşga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Hududdagi umumta’lim maktablari tanlab olinib, ularni institut uçun öziga xos amaliy laboratoriyaga aylantiriş, ilğor pedagogik yondaşuvlarni joriy etiş va samarali tajribalarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Institut professor-öqituvçilari tomonidan maktab pedagoglariga fanlarni öqitiş metodikasi, zamonaviy ta’lim yondaşuvlari va dars samaradorligini oşiriş böyiça amaliy-metodik yordam körsatilmoqda.


Batafsil videoda 👆

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3👏2🤩2🤔1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Özbekistan’a her zaman hoş geldiniz!
❤7🔥3🤔1
Turkiy dunyoning ilmiy hamkorligi va muştarak merosini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi

Samarqand şahrida ötkazilayotgan II Butunjahon turkologiya qurultoyining yalpi majlisida turkiy davlatlar örtasidagi ilmiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, muştarak tarixiy merosni örganiş va turkiy sivilizatsiyaning jahon tamaddunidagi örnini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda “Turkiy davlatlar örtasida madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollari”, “Turkiy dunyo xartiyasini amalga oşirişning dolzarb vazifalari” hamda “Turkiy sivilizatsiyaning jahon tamaddunidagi örni” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/250423

#ButunjahonTurkologiyaQurultoyi #YalpiMajlis

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2