Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.77K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#KelajakMarkazlari #BizningAvlod2026

🎧 Toshkent mezbonligida “Bizning avlod – 2026” xalqaro bolalar mualliflik qöşiqlari televizion tanlovi ötkazildi!

Tanlovning yakuniy final şousida Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva ham iştirok etib, qatnaşçilarni va ğoliblarni samimiy muborakbod etdi.

Loyihada dunyoning 18 ta mamlakatidan kelgan yoş iste’dod egalari özlarining ijodi va sahna mahoratini namoyiş etdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra,
🇧🇾 Margarita Zingman (Belarus) — tanlovning mutlaq g’olibi deb topildi.

Takidlaş joiz, xalqaro formatdagi tanlov yoş muallif-ijroçilarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodini ommalaştiriş hamda öziga xos madaniy an’analarni asrab-avaylaş, turli mamlakatlardagi tengdoşlar örtasida ijodiy ğoyalar almaşiş maydonini yaratişni maqsad qilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20😁1😱1
#Taqdirlaş_marosimi

17 milliard sömlik rağbat: xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari ğoliblari hamda ularning ustozlari taqdirlandi

✅ Bugun, 21-noyabr kuni 2025–2026-öquv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erişgan öquvçilar hamda ularning ustozlarini taqdirlaş marosimi taşkil etildi.

Tadbir davomida xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarga erişgan öquvçilar hamda ularni tayyorlagan pedagoglarga belgilangan tartibda pul mukofotlari topşirildi.

➖Ta’kidlanganidek, 2026-yilda Özbekiston öquvçilari 29 ta xalqaro olimpiadada iştirok etib, jami 257 ta medalni qölga kiritdi.
Şundan 44 tasi oltin, 93 tasi kumuş va 120 tasi bronza medallaridir.

Ta’kidlaş joiz, mamlakatimiz öquvçilarining xalqaro olimpiadalardagi natijalari yildan-yilga ösib borayotgani alohida qayd etildi.

📊 Jumladan, 2019-yilda 29 ta, 2020-yilda 26 ta, 2021-yilda 41 ta, 2022-yilda 45 ta, 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta va 2025-yilda 210 ta medal qölga kiritilgan.

📍Hududlar kesimida eng köp medal Toşkent şahri öquvçilari hissasiga töğri kelib, ular 102 ta medalni qölga kiritgan.

Keyingi örinlarda Navoiy va Buxoro viloyatlari 23 tadan, Xorazm viloyati 16 ta hamda Namangan viloyati 15 ta medal bilan qayd etildi. Joriy yilda özbekistonlik yoşlar xalqaro maydonda bir qator tarixiy natijalarga ham erişdi.

🔰 Xususan, Qozoğistonda ötkazilgan Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida ilk bor iştirok etib, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi. Gresiyada bölib ötgan Xalqaro Bolqon matematika olimpiadasida 5 ta oltin medalga sazovor böldi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👏6🔥2😱1
#Yaşil_makon

Vazirlik jamoasi ekologik haşarda 400 tupga yaqin köçat ekdi

Bugun, 21-noyabr kuni Toşkent viloyatining Ohangaron tumani hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hududida xodimlar iştirokida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik haşar taşkil etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologik barqarorlikni ta’minlaş hamda yaşil maydonlarni kengaytiriş maqsadida ötkazilgan uşbu xayrli taşabbus erta tongdan xodimlarning faolligi bilan boşlandi.

Haşar davomida hududning iqlim şaroitiga mos, suvsizlik va ob-havo özgarişlariga çidamli bölgan 400 tupga yaqin manzarali daraxt köçatlari ötqazildi.

Şuningdek, tadbir iştirokçilari tomonidan mavjud yaşil hududlar begona öt va çiqindilardan tozalanib, obodonlaştirildi hamda avval avval ekilgan daraxtlar esa parvariş qilindi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏13❤4😱3
#Xalqaro_musobaqa

Özbekistonlik öquvçilar AQŞda bölib ötgan nufuzli musobaqada 60 ta medalni qölga kiritdi

12–18-noyabr kunlari AQŞning nufuzli Yel universitetida Yel Xalqaro aloqalar assotsiatsiyasi (YIRA) tomonidan ötkazilgan “World Scolar’s Cup” xalqaro musobaqasining “Tournament of Champions” (Çempionlar turniri) final bosqiçida özbekistonlik yoşlar yuqori natija qayd etdi.

Dunyoning 70 ga yaqin davlatidan kelgan iştirokçilar örtasida keçgan bellaşuvlarda yoşlarimiz🥇18 ta oltin va 🥈42 ta kumuş, jami 🏅60 ta medalni qölga kiritdilar.

Nufuzli turnir doirasida öquvçilar nafaqat bilim sinovlarida qatnaşdilar, balki Yel universiteti professor-öqituvçilari va talabalari bilan muloqot qilib, oliy taʼlim va qabul jarayonlari böyiça maxsus sessiyalarda tajriba oşirdilar.

Mazkur muvaffaqiyat iqtidorli yoşlarimizning bilim va salohiyati xalqaro maydonda eng kuçli tengdoşlari bilan bemalol raqobatlaşa olişini yana bir bor isbotladi.

Ğolib öquvçilar, ularning ustozlari va ota-onalarini uşbu yuksak zafar bilan samimiy tabriklaymiz!

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍10👏3