Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Islom sivilizatsiyasi markazida Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişini oçiq va samimiy suhbat bilan boşladik.

Ziyolilarimizdan xolis fikr va dadil takliflarni kutamiz. Kengaş yangi ğoyalar maydoniga aylanişiga işonaman.

—

Открытым и искренним диалогом начали первое заседание Совета интеллигенции Узбекистана.

Ждём объективных мнений и смелых предложений. Уверена, Совет станет площадкой для новых идей.
❤17🔥5🥰2👍1
Prezident Şavkat Mirziyoyev nabirasi Şavkatbekning “Nega doim uzoq safarlarga ketasiz?” degan savoliga maktub orqali javob berdi

Davlat rahbari maktubida umri davomida el-yurt xizmatiga baxşida etişdan heç qaçon afsuslanmaganini, hayotdagi eng katta xulosalaridan biri millat dardiga darmon bölişdan köra uluğ va afzal iş yöqligini ta’kidladi.

Şuningdek, xorijiy mamlakatlarga tez-tez safar qilişidan maqsad köpmillatli xalqning tinç, farovon va tökin yaşaşini ta’minlaş, yoşlarning sifatli ta’lim olişi uçun yangi hamkorlar topiş ekanini qayd etdi.

Maktubda nabirasiga bilim oliş, barça fanlarni puxta özlaştiriş, xorijiy tillarni örganiş, ilm-fan yangiliklarini kuzatiş va har kuni yangi könikmalarni egallaş muhimligini uqtirdi.

“Şuni doimo yodda tutginki, çinakam muvaffaqiyat bu — muvaffaqiyatsizlikdan xulosa çiqarib, ruhni çöktirmay, çidam va jasorat bilan oldinga borişdir. Hayotdagi eng katta yutuq heç qaçon yiqilmaslikda emas, balki yiqilgan taqdirda ham özida kuç topib qayta tura bilişdadir. Şuning uçun heç qaçon yengildim dema! Tuşkunlikka tuşma! Faqat olğa va yana olğa yur!”

deyiladi maktubda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍123❤63🔥57👏4🤔1
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan

Şu kunlarda respublikamiz böylab belgilangan jadval asosida “Jadidlar izidan” tanlovining hududiy bosqiçi ötkazilmoqda

Viloyat bosqiçida iştirokçilar 6–8 hamda 9–10-sinf toifalarida 3 ta şart asosida kuç sinaşib, jadid maʼrifatparvarlarining hayoti va ijodi, ularning xalqimizni ilmli va ziyoli qiliş, jamiyatni yanada taraqqiy toptiriş borasidagi ezgu ğoyalariga oid bilimlarini sinovdan ötkazmoqda.

🔹 Birinçi şart — “Boşqotirma”;
🔹 Ikkinçi şart — “Asar tahlili”;
🔹 Uçinçi şart — “Inşo”.

Tanlov iqtidorli öquvçilarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etib, ularda milliy qadriyat va anʼanalarga hurmatni şakllantiriş, şuningdek, maʼrifatparvar ajdodlarimiz merosini keng örganişga xizmat qiladi.

Maʼlumot uçun, umumtaʼlim maktablarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari faoliyati yölga qöyilgan. Unda öquvçilar örtasida öqilgan kitoblar yuzasidan tahliliy muhokamalar, debat va davra suhbatlari taşkil etilib, klub aʼzolari “Jadidlar izidan” tanlovida iştirok etiş uçun tayyorgarlik köradilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Moddalar_gapiradi

Konstitutsiya — oliy yuridik kuçga ega hujjat


Davlat va uning organlari, boşqa taşkilotlar, mansabdor şaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq iş yuritadilar.

▫️Videorolikda Konstitutsiyamizning kundalik hayotimiz bilan bevosita boğliq muhim normalarini eslatib ötamiz.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥4❤3👏1