Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etib, ta’lim sohasida samarali mehnat qilib, oliygohning milliy va xalqaro darajadagi nufuzini oshirish, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida ilm-hunar egallashi yo‘lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoyiligi uchun institutning bir guruh professor-o‘qituvchilarini faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Shundan so‘ng, vazir oliygohning ko'rgazma zalida tashkil etilgan 5G texnologiyalariga asoslangan boshqaruv tizimlari, monitoring va ma’lumotlarni qayta ishlash, narsalar Interneti (IoT), dron, aqlli sensorlar va katta hajmdagi ma’lumotlarni intellektual qayta ishlash platformasini qo‘llash orqali "aqlli" qishloq xo‘jaligining pilot loyihasini ko‘zdan kechirdi.
—
👀👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Professional_ta’lim

DIQQAT! IMKONIYAT‼️

Ko‘p sonli abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda 2021-yil 30-sentabr kuni 24:00 ga qadar kollej va texnikumlarga hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratildi.

ESLATMA❗️

Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish quyidagi elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda:

➡️kollejlarga
— https://kollej.edu.uz

➡️texnikumlarga — www.texnikum.edu.uz

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi yuklanadi;

3️⃣ Pasport ma’lumotlar kiritiladi.

Izoh: Yuridik texnikumlar bundan mustasno.
__
👉 @eduuz
#E’tirof

Prezidentimiz tomonidan bir qator professor-o‘qituvchilar mukofotlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1-oktabr — "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan oliy va professional ta'lim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida ilm-hunar egallashi yo‘lida, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi fidoyiligi, kelajak avlodga ibrat maktabi bo‘luvchi shijoati uchun bir guruh professor-o‘qituvchilar unvon, orden hamda medallar bilan mukofotlandi:

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan

Xikmatov Fazliddin - O‘zbekiston milliy universitetining quruqlik gidrologiyasi kafedrasi professori

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan

Karimova Uguljon Salayevna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi

Kurambayev Karimbay — Nukus davlat pedagogika institutining o‘zbek adabiyoti kafedrasi professori

"Mehnat shuhrati" ordeni bilan

Bulatov Saidaxbor Sobitovich — Toshkent davlat pedagogika universitetining tasviriy san’at kafedrasi professori

Kadirov Amanulla Azizovich — Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Strategik innovatsiyalar va informatizatsiya tarmoqlararo markazi direktori

I darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

Abduraxmanova Nargiza Xikmatillayevna — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi

Rasulov Xayat Zairovich (marhum) — Toshkent arxitektura-qurilish institutining gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar kafedrasi professori

Xudayberganov Gulmirza — O‘zbekiston milliy universitetining matematik analiz kafedrasi professori

"Do‘stlik" ordeni bilan

Berdiyeva Mukarrama Anvarovna — Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining rus tili kafedrasi mudiri

Mirsaidov Mirziyod — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasi mudiri

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich — O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori

Urayeva Darmon Saidaxmedovna — Buxoro davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan

Axmedova Maxpirat Lapasovna — Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi

Mirzayeva Salimaxon Rayimjanovna — Andijon davlat universitetining o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori

Xamdamov Karomat Haqberdiyevich — Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi

Yuldashev Nosirjon Xaydarovich — Farg‘ona politexnika institutining fizika kafedrasi professori

"Kelajak bunyodkori" medali bilan

Abduvahitov Bozormurod — Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining biologiya fani o‘qituvchisi

"Shuhrat" medali bilan

Dexkanova Dilnoza Tashpulatovna — Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Djumakulova Shaxlo Davlyatovna — Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi

Zamonov Zokir Turg‘inovich — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Maxammatdinova Lola Maxammatdinovna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialining baxshichilik yo‘nalishi o‘qituvchisi

Urinboyeva Marifatoy Xayitboyevna — Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyining kimyo fani o‘qituvchisi

Xojiyev Dilmurod Baxodirovich — Andijon davlat universiteti akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi

Shomatov Narimonjon Qayumovich — Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi
—
👀👉 Eduuz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_ehtiromda

QADRLI VA AZIZ USTOZLAR!

Barchangizni 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan chin qalbimizdan qizg‘in muborakbod etamiz!

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
​Шавкат Мирзиёев билан таълим ҳақидаги суҳбатимиз хусусида

Президент билан журналистларнинг суҳбатлари одатий тусга айланмоқда. Ҳар сафар бирор тадбир ёки ташрифдан сўнг албатта журналистлар ёнига келиб, камида 30 дақиқа, баъзан ундан ҳам кўп савол-жавоб қилиб, суҳбат қурмоқда. Турли мавзуларда ўзаро фикр алмашиляпти, Шавкат Мирзиёев ички ва ташқи сиёсат бўйича ўз қарашларини тушунтириб беряпти, кези келганда журналистлар саволдан ташқари, таклифлар ҳам беришмоқда.

Масалан, кеча Андижон шаҳридаги таълим кластерида ана шундай суҳбат бўлди. “Янги авлод” таълим кластерининг биринчи босқичида минг ўринли хусусий мактаб фаолияти ишга туширилибди, кейинчалик хусусий боғча ва университет қуришни режа қилишаётган экан. Президент "нима ёрдам керак?" деб сўраганда, кластер раҳбарлари хориждан таълим ускуналарини олиб келишда муаммо бўлаёгани, имкони бўлса божхона тартибини соддалаштириш ва катта божларни камайтиришда ёрдам сўради. Ўша заҳоти Шавкат Мирзиёев тегишли масъулларга бу бўйича топшириқ берди ва барча хусусий мактабларга божхона имтиёзларини қўллаш бўйича таклиф ишлаб чиқиш кераклигини айтди.

Ташриф сўнггида одатий анъанага мувофиқ Шавкат Мирзиёев журналистлар билан суҳбат қилди ва мавзу ҳам кўпроқ таълим ҳақида бўлди. Шавкат Мирзиёев мамлакатда таълимни ривожлантирмасдан, келажак қуриб бўлмаслигини, энг катта эътиборини айнан таълимга қаратишини, ўқитувчилар обрўси ва жамиятдаги нуфузини оширишга ҳаракат қилишини яна бир бор таъкидлади.

Таълим ҳақида гап кетгани учун, мен ҳам жим турмадим, албатта. Илмни қўллаб-қувватлаш энг тўғри йўл эканлигини таъкидлаб, таълим соҳасига оид ҳар қандай яхши қарордан бошим кўкка етгудек хурсанд бўлишимни яшириб ўтирмадим.

Шунингдек, суҳбат чоғида Телеграм каналимда ўтказилган сўровнома ҳақида ҳам гапирдим. «Ўзбекистонда ўқишга кириш осонми, қийинми?» деган саволга 100 мингдан кўпроқ инсон жавоб бергани ва ажабланарлиси атиги 7-8% овоз берганлар пулинг ёки танишинг бўлмаса ўқишга киролмайсан, дея ҳисоблаши, умумий олганда 75% овоз берувчилар ўқиганлар осонгина талаба бўлаётгани ҳақида муносабат билдирганини айтдим.

Рақамларни эшитиб, Шавкат Мирзиёев ҳам ҳайрон қолди ва "очиғини айтсам, сиз айтган масалада фуқароларимизнинг ҳеч бўлмаса 50%и ижобий жавоб берадиган даражада ўзгаришлар қила олсак ҳам, катта ютуқ, деб ҳисоблардим", дея таъкидлади.

Бу маълумотни айтишимдан мақсад — таълимни ривожлантириш энг тўғри йўл эканлиги, таълимдаги муаммоларни тезроқ бартараф этишга ҳозиргидан ҳам янада кўпроқ куч сарфлаш кераклиги, шунда халқнинг ўзи қилинаётган ўзгаришлар бўйича холис баҳосини беришини таъкидлаш эди.

Ростдан-да, ўйлаб кўринг, худди шунақа сўровномани 2017-2018 йилларда қилганимизда қанақа натижа чиқарди? Камида 95% одам ёки заринг, ёки зўринг бўлмаса ўқишга кира олмайсан, ўқишга киришда ҳаммаёқ коррупция деган бўларди ва улар мутлоқ ҳақ эдилар. Бугун эса 100 мингдан ортиқ овоз берувчиларнинг 75%и ўқисанг осонгина ўқишга кирасан, айрим жойларга эса ўқимасанг ҳам бемалол кирасан, деб туришибди.

Шунингдек, фикримни давом эттирар эканман, хусусий мактаблар қаторида хусусий ОТМларга ҳам эътибор бериш кераклигини, сабаби бу тезда ўзини қоплайдиган бизнес бўлмагани учун ҳамма инвесторларга ҳам жозибадор эмаслигини, лекин бугунги шароитда сифатли таълим бериш ва ёшларга ўқиш имкониятини яратишда хусусий ОТМларнинг ўрни катта эканлигини айтдим. Шу сабабли уларни қўллаб-қувватлаш, керак бўлса солиқ ва божхона имтиёзлари бериш масалани ўйлаб кўриш ҳақида таклиф қилдим.

Шавкат Мирзиёев фикрларимни тинглаб, қўллаб-қувватлади, бу масалани сайловолди дастурига ҳам алоҳида банд сифатида киритганини ва албатта хусусий ОТМларга давлат ОТМларида бўлгани каби имтиёз ва преференциялар берилишини ваъда қилди.

«Албатта, бу давлат олийгоҳларининг ректорларига ёқмаслиги мумкин, лекин начора, улар ҳам замонга мослашишни ўрганмаса, ўзини қийнамаса, хусусийлардан орқада қолиб кетаверади. Бизнинг танлаган йўлимиз шу, бундан орқага қайтмаймиз, фақат таълим, таълим ва яна таълим деймиз», — деди Шавкат Мирзиёев.

Бу каби очиқ суҳбатлар давомий бўлишини тилаб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_ehtiromda

1-oktabr ''Ustoz va murabbiylar kuni'' munosabati bilan barcha ustozlarni tabriklaymiz.
TIQXMMI Buxoro filiali ustozlaridan qutlovni qabul qiling!

———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
Chirchiq pedagogika institutida 600 oʻrinli talabalar turar-joyi ochildi va yangi yotoqxona qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida Chirchiq davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosi, “Biologiya va geografiya laboratoriya maydonchalari”, talabalar turar-joyi hamda yangi faoliyat boshlagan “Turizm” fakultetining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Katta tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etib, majmualarni tantanali tarzda ochib berdi.

Tadbir avvalida, vazir institut professor-oʻqituvchilarini kasb bayrami bilan qutlab, ularga sogʻliq, shodlik va kelgusi ishlariga rivoj tiladi.

Barcha zamonaviy sharoitlarga ega 1700 oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi, laboratoriya maydonchasi, 600 oʻrinli talabalar turar-joyining foydalanishga topshirilgani institut oʻqituvchilari va talabalari uchun haqiqiy bayram boʻldi.

Vazir, shuningdek, yangi 600 oʻringa moʻljallangan yotoqxona binosi qurilishiga ham tamal toshini qoʻydi.
Vazir sportchi-talabalar bilan musobaqalashdi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida boʻlib, universitet tasarrufidagi 600 oʻringa moʻljallangan 1-sonli talabalar turar-joyi hamda yangi qurilayotgan yana ikkita 600 va 800 oʻrinli turar-joy binolari qurilishi holati, yotoqxonalarning talabalar yashash xonalari, ularning jihozlanishi, oshxona va boshqa yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Talabalar turar-joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan muloqot qilib, ularning fikrlari bilan qiziqdi.

Shuningdek, vazir yaqinda foydalanishga topshirilgan universitetning madaniyat saroyida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdi, universitet jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Batafsil 👈
——
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!
👍1