Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida boʻldi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov universitetda talabalarga jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida ham nazariy, ham amaliy bilim berib kelayotgan professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashib, jonli dars jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Vazir, shuningdek, yangi tashkil qilingan media-studiya infratuzilmasi bilan tanishdi. Universitet rektori Sherzodxon Qudratxoʻja televideniye va radio ilk bor tashkil qilingan davrda qoʻllanilgan va hozirda universitet muzeyida saqlanayotgan noyob tarixiy texnik moslamalar haqida ma’lumot berdi.

A.Toshqulov talabalar turar-joyida ham boʻlib, u yerda ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Talabalarning oʻqish va izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilab, istiqbolda mamlakatimiz jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi uchun zamon talablari darajasida yetuk kadr boʻlib shakllanishlari uchun maslahatlar berdi.
———
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

SAYLOVDA BIRGALIKDA ISHTIROK ETAMIZ!!!

🏛 Namangan muhandislik-texnologiya instituti o'qituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
Toshkent moliya institutida “O‘zbekistonda islom moliyasi istiqbollari” mavzusidagi master-klass o‘tkazildi

🔰Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi maslahat-xizmat bo‘limi mutaxassisi Muzaffar Nizomiddinov, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xusan Xasanov, Islom taraqqiyot banki mutaxassisi Aziz G‘ulomov, “Islamic Business and finance konsalting” kompaniyasi asoschisi va direktori Jaxongir Imomnazarovlar ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun master-klass tashkil etishdi.

➡️Master-klass qiziq va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan islom moliyasi asoslari va tamoyillari, islom moliyasi tarixi, islom moliyasida pulning mohiyati va vazifasi, islom moliyasi xizmatlari sanoati va islomiy moliyaviy shartnomalar, islom bankchiligi va an’anaviy bankchilik, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish kabi mavzularni qamrab oldi.
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍1
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Xalq ta‘limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2021” xalqaro ko‘rgazma yarmarkasiga start berildi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirish.

Yarmarka doirasidagi tadbirlar davomida Rossiyaning nufuzli universitetlari haqida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan, ta‘lim grantlarini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Talabalarning Rossiyadagi hayoti va yotoqxonadagi yashash sharoitlari haqida videolavhalar namoyish etildi.

Yarmarkaga tashrif buyurib, Rossiyaning yetakchi OTM bilan tanishish, OTM vakillari va ekspertlar bilan qabul, hujjatlarni topshirish muddatlari, o‘qish imkoniyatlari haqidagi turli savollarga javob olish mumkin bo‘ladi.

На русском
—
👉 Eduuz
👍1