Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent moliya institutida “O‘zbekistonda islom moliyasi istiqbollari” mavzusidagi master-klass o‘tkazildi

🔰Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi maslahat-xizmat bo‘limi mutaxassisi Muzaffar Nizomiddinov, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xusan Xasanov, Islom taraqqiyot banki mutaxassisi Aziz G‘ulomov, “Islamic Business and finance konsalting” kompaniyasi asoschisi va direktori Jaxongir Imomnazarovlar ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun master-klass tashkil etishdi.

➡️Master-klass qiziq va bugungi kunda dolzarb bo‘lgan islom moliyasi asoslari va tamoyillari, islom moliyasi tarixi, islom moliyasida pulning mohiyati va vazifasi, islom moliyasi xizmatlari sanoati va islomiy moliyaviy shartnomalar, islom bankchiligi va an’anaviy bankchilik, O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etish kabi mavzularni qamrab oldi.
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍1
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Россотрудничество”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Xalq ta‘limi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2021” xalqaro ko‘rgazma yarmarkasiga start berildi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – abituriyentlarni Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ta’lim dasturlari doirasida o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirish.

Yarmarka doirasidagi tadbirlar davomida Rossiyaning nufuzli universitetlari haqida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar, xususan, ta‘lim grantlarini qo‘lga kiritish imkoniyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Talabalarning Rossiyadagi hayoti va yotoqxonadagi yashash sharoitlari haqida videolavhalar namoyish etildi.

Yarmarkaga tashrif buyurib, Rossiyaning yetakchi OTM bilan tanishish, OTM vakillari va ekspertlar bilan qabul, hujjatlarni topshirish muddatlari, o‘qish imkoniyatlari haqidagi turli savollarga javob olish mumkin bo‘ladi.

На русском
—
👉 Eduuz
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

BU MENING OVOZIM!

🏛 Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Bilasizmi?

Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi haqida

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Jasurbek Murodovich Azamov Qo‘qon davlat pedagogika institutining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Jasurbek Azamov 1983-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ilmiy darajasi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutida dekan lavozimida ishlagan.
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉https://t.me/eduuz👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati qancha?

24 |✔️|
O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
⭕️ Xushxabar: 🇺🇿🥋🏆 QarDU talabasi Dilshodbek Yo‘ldoshev Tojikiston Prezidenti kubogi sohibi!

⚡️ Shu kunlarda Dushanbe shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda va unda ikki nafar qashqadaryolik polvonlar o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

✅ -66 kg — Dilshodbek Yo‘ldoshev
✅ -81 kg — Arslon Tojiyev

💫 Quvonarlisi, xalqaro turnirning dastlabki kunida -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Qarshi davlat universiteti talabasi Dilshodbek Yo‘ldoshev barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin 🥇 medalni qo‘lga kiritdi.

💐🥇👏Sportchi talabamizni ushbu oliy yutuq bilan samimiy qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

— Men o‘zim tanlagan munosib nomzod uchun ovoz beraman!

Kamoliddin Oʻrinboyev,
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Rasmiy_munosabat

“Narxoz”ning sobiq prorektori qidiruvdaligi haqidagi xabarlar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rasmiy munosabati

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoq va internet sahifalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bogʻliq holat boʻyicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Hattoki, ayrim elektron nashrlar avgust oyida universitet tomonidan qidiruv e’lon qilinganligini ham yozishga ulgurdi.

Vaziyatga oydinlik kiritib oʻtamiz. Nodir Fozilovich Idiyev “Asaka bank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan.

N. Idiyevga qoʻyilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bogʻliq emas.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha boʻrttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qolamiz.


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha ochiqlik tamoyili asosida hamkorlik qilishga tayyor.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_xarita_bot

📍O‘z hududidan uzoqda yashovchi aholi vakillari hamda talabalar endi telegram kanalida Saylov_xarita_bot orqali o‘zlari uchun yaqin bo‘lgan saylov uchastkasini aniqlab, ovoz berishlari mumkin.

❓Buni qanday amalga oshirsa bo‘ladi deb so‘ramoqchimisiz?

📺Bu bo‘yicha esa quyidagi videorolik orqali batafsil bilib olishingiz mumkin. 👆

_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉https://t.me/eduuz👈
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Nurbek Sa’dullayevich Jo‘rayev Qo‘qon davlat pedagogika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Nurbek Jo‘rayev 1978-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi va unvoni: psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Shu kunga qadar Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉https://t.me/eduuz👈