Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Konferensiya

🇺🇿 «O‘zbekiston va UNESCO: madaniy aloqalarning shakllanish tarixi va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya “O‘zbekiston 24” kanali nigohida

🇷🇺Республиканская научно-практическая конференция на тему «Узбекистан и ЮНЕСКО: история становления и перспективы развития культурных связей» в обзоре канала “O‘zbekiston 24”

🇬🇧Republican scientific and practical conference on the topic «Uzbekistan and UNESCO: the history of the formation and prospects for the development of cultural relations» in the review of the channel "O'zbekiston 24"

Batafsil 👈

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Doktorantura

Hurmatli olim-mutaxassislar va ilmiy izlanuvchilar!

❗️Doktorantura tizimini takomillashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing!

✅ Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimiga oid takliflarni maxsus elektron pochta orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.

👨🏻‍💻 Agar sizda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar boʻlsa, quyidagi elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin:

👉 doctorant@edu.uz

📋 Yuborilgan takliflar Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqiladi va takliflar asosida doktorantura tizimi takomillashtiriladi.

☝️Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!
—
👉 Eduuz
😁1
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Baxodir Alikulovich Xoliqov Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Baxodir Xoliqov 1985-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2011-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.

Ilmiy darajasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Shu kunga qadar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
_____
Bizdan yiroqlashmang:
👉https://t.me/eduuz👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🇺🇿Toshkent farmatsevtika instituti oʻqituvchi va talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Professional_ta'lim

📣Toshkent shahar yuridik texnikumi Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan birga ikki diplomli dasturga hujjatlarni qabul qilmoqda.

🧑🏻‍🎓Dastur oʻrta professional yuridik ta’lim darajasida joriy etilgan.

☝️Ikki diplomli dasturning afzalliklari:

✔️xalqaro standartlar asosida ta’lim olish;
✔️Rossiya va Oʻzbekistonda ishlash uchun ikkita diplom olish;
✔️dunyoning TOP-1000 oliygohlar qatoriga kiruvchi xorijiy OTMda oʻqishni davom ettirish.

📃Dasturga maktab (11-sinf) va akademik litsey bitiruvchilari qabul qilinadi.

🗂Hujjatlar roʻyxati:
➖ pasport (propiska bilan);
➖ 11-sinf attestati yoki akademik litsey diplomi (ilovasi bilan).

💻Hujjatlar onlayn tarzda qabul2021.tsul.uz sayti orqali ⏳20-oktabrga qadar qabul qilinadi.

🙋🏻‍♂️Kirish imtihonlari abituriyentning dunyoqarashi kengligi, qiziquvchanligi va intilishi, umumiy intellektual va ma’naviy-ma’rifiy darajasini aniqlovchi suhbat shaklida boʻlib oʻtadi.

📅Oʻqish muddati – 2 yil: 1-kurs Toshkentda, 2-kurs esa Nijniy Novgorodda (yotoqxona bilan ta'minlanadi).

〰️〰️〰️

📣 Ташкентский юридический техникум запустил программу двойного диплома с Нижегородским государственным университетом им. Н.И.Лобачевского.

🧑🏻‍🎓Уровень программы: среднее профессиональное юридическое образование.

☝️Преимущества программы двойного диплома:

✔️ обучение на уровне международных стандартов;
✔️ два диплома с правом работать в России и Узбекистане;
✔️ возможность продолжить обучение в российском вузе, входящем в список ТОП–1000 университетов мира по рейтингу QS.

📃Принимаются выпускники школ (11 классов) и академических лицеев.

🗂Перечень документов:
➖ паспорт с пропиской;
➖ аттестат за 11 классов или диплом академического лицея c приложением.

💻Документы принимаются онлайн на сайте qabul2021.tsul.uz до ⏳ 20 октября 2021 года.

🙋🏻‍♂️Форма вступительных экзаменов: собеседование на предмет определения мировоззрения, профессиональной склонности и мотивации, общего интеллектуального и духовно-нравственного уровня.

📅Срок обучения – 2 года: 1-курс – в Ташкенте, 2-курс – в Нижнем Новгороде. Предлагается общежитие.
👍3❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Prezidentlikka nomzodning nechta ishonchli vakili bo‘lishi mumkin?

24 |✔️|
O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
#Saylov_2021_tanlov

⚡️TALABA-YOSHLAR SHOSHILING!

💡Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talaba-yoshlar uchun “Saylov bilimdoni” onlayn test tanloviga start berilgan edi.

⏳Tanlovning 1-bosqichi yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda.

🎉Aziz talabalar, tanlovda ishtirok etib, ham saylov haqidagi huquqiy bilimingizni oshirasiz, ham tanlov g‘olibi bo‘lsangiz, qimmatbaho sovrinlarga ega chiqishingiz mumkin.

Shunday ekan SHOSHILING!!!

‼️ESLATMA:

🗓Onlayn tanlov:
➖1-bosqich: 9–11-oktabr kunlari;
➖2-bosqich: 13–15-oktabr kunlari;
➖3-bosqich: 19-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari 1 nafar 1-o‘rin sohibi noutbuk, 2 nafar 2-o‘rin sohibi planshet, 3 nafar 3-o‘rin sohibi smartfon sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.

☝️Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar http://sb.bimm.uz tizimiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan JSHIR (shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
YEVROPA ITTIFOQINING ERASMUS+ DASTURI “INTRAS-INTELEKTUAL TRANSPORT TIZIMLARI: AKTGA ASOSLANGAN O‘ZBEKISTON UCHUN YANGI MAGISTRATURA DASTURI” LOYIHASINING YAKUNIY YIG‘ILISHI

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ERASMUS+ dasturi doirasidagi “Intellektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura” dasturi (“Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan”) xalqaro loyihasining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Polsha davlatining Gdansk politexnika universiteti, Avstriya davlatining Klagenfurt Alpen-Adria universiteti, Slovakiya davlatining Zilina universiteti, O‘zbekiston tomonidan – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda TATU, TDTU, JizPI, AndMI, TerDUning rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.

Batafsil👈

👉 Read in English
_________
➡️ Eduuz dan yiroqlashmang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

Biz buyuk kelajak uchun ovoz beramiz!

🇺🇿Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Qachon saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi?

24 |✔️|
O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
“Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi

🙋‍♂️Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Mazkur siyosiy jarayonda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, saylovga oid bilimlarini rivojlantirish hamda ularga vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan “Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

📆Loyiha respublikaning 14 ta hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalari va filiallarida joriy yilning 13–15-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

💡Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining malakali professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi iqtidorli talabalardan iborat targֲ‘ibot guruhlari tomonidan hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va filiallari talabalarining saylovga oid bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari, ma’naviy tadbirlar tashkil qilinadi.

🚄“Targ‘ibot poyezdi” bugun Toshkent shahridan yo‘lga chiqdi.
—
👉 Eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajaging_uchun_ovoz_ber!

🏛 Namangan davlat universiteti talabalaridan

24 |✔️| O'ZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
👀 Eduuzdan yiroqlashmang!
​​#PhD_DSc

DIQQAT!!!

🎓 DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

🗂 Respublika oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga tayanch doktorantura (DSc), doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilik institutiga 2022-yil uchun hujjat topshirish davom etmoqda.

⏳Hujjatlar qabuli 20-OKTABRga qadar uzaytirildi.

📩Hujjatlar onlayn tarzda oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi – www.phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

📌Eslatib o‘tamiz, 2022-yilga ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari uchun qabul kvotalari IKKI BAROBARGA oshirilgan bo’lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun quyidagicha tasdiqlangan:

🔹Tayanch doktorantura (PhD) – 1613 ta;

🔸Doktorantura (DSc) – 123 ta;

🔹Maqsadli doktorantura – PhD – 204 ta, DSc – 9 ta;

🔸Stajyor-tadqiqotchi – 292 ta.

📥Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni tizimga kiritish talab etiladi.

☝️
Oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotganlarga beriladigan stipendiyalar miqdori quyidagicha:

✔️Stajyor-tadqiqotchilarga – 3 912 720 so‘m,

✔️Tayanch doktorantlarga – 4 419 894 so‘m,

✔️Doktorantlarga – 5 647 140 so‘m.
—
👀
Eduuzdan yiroqlashmang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Голосуй_за_свое_будущее!

Голосуем на выборах Президента Республики Узбекистан!

🏛 От студентов Филиала МГУ им. М.В. Ломоносова в городе Ташкенте

24 |✔️| ВЫБОРЫ
ОКТЯБРЬ
ПРЕЗИДЕНТА
2021 г.
УЗБЕКИСТАНА

Следите за нашими новостями:
👉 https://t.me/eduuz