Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
⚡️Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari uchun yangi taʼmirdan chiqarilgan TTJ foydalanishga topshirildi

🔰Uychi tumanida joylashgan talabalar turar-joyi 200 kishiga moʻljallangan. Bu yerda yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi, maroqli dam olishi va darslarini tayyorlashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

🔸Mazkur binoda uch oy davomida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, bino tomi, eshik-romlari almashtirildi, ichki yoʻlaklar asfaltlanib, kanalizatsiya tizimi yangilandi. Sanitariya-gigiyena va tibbiyot xonalari, oshxona toʻliq ta’mirlandi. Muzlatgich, kir yuvish mashinalari, elektr plitalar va televizorlar bilan jihozlandi.

🔹Tantanali marosimda institut rektori Sharifboy Ergashev, Uychi tumani hokimi Muhammadzokir Mamatxanov, institut prorektorlari, fakultetlar dekanlari ishtirok etdi. Ular talaba-yoshlarni yangilangan bino bilan tabriklab, ularga oʻzlarining eng ezgu tilaklarini bildirishdi.
—
👉 Eduuzdan yiroqlashmang!
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

"Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostidagi Yoshlar forumi Qashqadaryoda.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatining toʻqqiz oylik faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani

Salohiddin Toshmatov,
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshligʻi:

— Joriy yilning 9 oyida 507 ta ta’lim muassasalarida moliyaviy nazorat tartibidagi profilaktik tadbirlari oʻtkazildi. Jumladan, 56 ta oliy ta’lim muassasalari, 408 ta kasb-hunar va oʻrta maxsus ta’lim muassasalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Bu tadbirlar natijasida jami 13 mlrd 605 mln soʻmlik moliyaviy kamchiliklar aniqlanib, shundan 5 mlrd 493 mln qismi maqsadsiz xarajat qilinishining oldi olindi.

Batafsil matn shaklida 👉https://edu.uz/uz/news/view/3091
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xodimlaridan videochellendj.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2021

⚡️Isteʼdodli talaba va yoshlar tomonidan muhim siyosiy jarayonga ajoyib chorlov

O‘z kelajagingiz uchun ovoz bering!
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_savolga_100_javob

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: 100 savolga 100 javob

SAVOL:
Saylovchi ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelgan paytda u saylovchilar ro‘yxatida bo‘lmasa, nima qilish kerak?

24 |✔️| OʻZBEKISTON
OKTABR PREZIDENTI
2021-YIL SAYLOVI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

⚡️21-OKTABR - O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN munosabati bilan AQSHning Shimoliy Amerika universiteti professori Zeynep Harkness tomonidan bayram tabrigi.

Bobolardan meros qolgan,
Butun olam e'zoz qilgan,
Bu dunyoda yagonasan o‘zbek tili, o‘zbek tili.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

— Sen, ko‘plab sinovlardan o‘tgansan, senga judayam qiyin bo‘lgan. Ba'zilar hatto seni unutishgan, sendan uyalishgan, or qilishgan. Lekin, lekin sening oloving mangu yonishi uchun juda ko‘p odamlar jonini qurbon qilishgan va jonini berishga doimo tayyor bo‘lishgan...

Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti talabalaridan

21 |🇺🇿| OʻZBEK
OKTABR TILI
2021-YIL BAYRAMI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

🏛 Toshkent moliya instituti jamoasidan

21 |🇺🇿| OʻZBEK
OKTABR TILI
2021-YIL BAYRAMI
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Super_kontrakt

⚡️Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar DIQQATIGA!!!

‼️Yaqin vaqtlar ichida super-kontrakt bo‘yicha muhim yangilik e’lon qilinishi kutilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka qabul qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

Ma'lumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qo‘shilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍4❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Super_kontrakt

Tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma (super kontrakt) asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!!

✔️ Super kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

🔚
To‘lovlarni amalga oshirishning soʻnggi muddati — 2021-yil 20-noyabr.

✔️ Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi.

🔚
10 foizlik chegirma olish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi sertifikatni OTMga taqdim etish muddati — 2021-yil 15-noyabr.

👉 Matn shaklida oʻqish

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Edu.uz pinned «Tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari DIQQATIGA!!! Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi O‘zbekiston Respublikasi…»