Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#spetsifikatsiya

MUHIM XABAR❗️

⚡️ Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti e’lon qilindi

🔰 2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti (spetsifikatsiya) e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test topshiriqlari tafsiloti bilan https://dtm.uz/page/tafsilot manzili orqali tegishli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

☝️Izoh: Test topshiriqlari tafsilotlariga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#O‘quv_adabiyotlar

YANA BIR MUHIM XABAR❗️

⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2021-2022-o‘quv yili
da umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Litva Seymi a’zosi, O‘zbekiston-Litva parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Raximjon Xakimov Litva Seymi a’zosi, O‘zbekiston-Litva parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Kyastutis Masyulis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari, hamkorlikning bugungi holati va keyingi bosqichlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, K.Masyulis ayni paytda bo‘lib o‘tgan siyosiy tadbirlarni yuqori baholadi hamda O‘zbekistondagi qisqa vaqt ichida olib borilgan islohotlarga, jumladan, oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
—
👉 @eduuz
👍1
​#RASMIY_MUNOSABAT

Internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan

Bugun internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari tomonidan talaba-qizni zo‘rlashga urinilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Hozirda mazkur voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganish va surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

O‘rganish natijalari bo‘yicha jinoyatda gumonlanuvchi universitet masʼul xodimiga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi. Shuningdek, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan universitet rahbariyati va masʼullariga nisbatan ham qat’iy tashkiliy va intizomiy choralar ko‘riladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba-qizlarning shaʼni va nomusiga qarshi har qanday xatti-harakatlarni keskin qoralaydi va, albatta, bu kabi holatlarga qarshi qatʼiy kurashadi.

Tez orada bunday holatlarning oldini olish maqsadida tezkor murojaat qilish imkonini beradigan maxsus portal yaratiladi hamda ishga tushiriladi.

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha obyektiv tafsilotlar qo‘shimcha tarzda maʼlum qilinadi.

〰️〰️〰️

Касательно информации, распространенной в Интернет-сайтах и социальных сетях

Сегодня в Интернете и социальных сетях распространилась информация о том, что заместитель декана Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами попытался посягнуть на достоинство студентки.

В настоящее время ведется тщательное изучение и расследование инцидента правоохранительными органами в сотрудничестве с Министерством высшего и среднего специального образования.

По итогам расследования в отношении подозреваемого в преступлении сотрудника университета будут приняты меры в соответствии с законодательством. А в отношении руководства и должностных лиц университета, допустивших этот инцидент, будут приняты жесткие организационные и дисциплинарные меры.

Министерство высшего и среднего специального образования решительно осуждает любые действия, направленные против чести и достоинства студенток и категорически борется против подобных действий.

В целях оперативного обращения в случае аналогичных инцидентов и предотвращения их возникновения в ближайшее время будет создан специальный портал.

По итогам расследования будут предоставлены объективные детали процесса.
👍1
#Xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘ldi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Yusuf Absoatov Jizzax davlat pedagogika instituti faoliyati, xususan, 5 tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shu kunlarda qurib foydalanishga topshirilgan “Workout” maydonchasida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, institut qoshida tashkil etilgan “Izlanish” talabalar klubi va “Talabalar teatr studiyasi” faoliyati bilan ham tanishildi. Oliygoh rektori Sh.S.Sharipov klub va teatr studiyasi a’zolarining ko‘pchiligi sahna shinavandasi bo‘lgan talaba-yoshlardan iborat ekanligi, ular orasida esa maqom san’atiga qiziqadigan yoshlar ham ko‘pchilikni tashkil etishi, shu bilan birga, san’atga oshno talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maqomchilar ansambli ham tuzilgani haqida ma’lumot berdi.

Batafsil 👉https://edu.uz/uz/news/view/3133
—
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#Islohotlar_OTM_nigohida

— Institut mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari orasida birinchilar qatori xalqaro ISO sertifikatiga ega boʻldi. Bu taʼlim jarayoni xalqaro standartlarga mos ravishda davom etayotgani, xalqaro reytinglarga kirish imkoniyatimiz oshib borayotganidan dalolat boʻlib, institutimiz nafaqat yurtimizda, balki chet elda ham oʻz maqomiga ega boʻlganini anglatadi. Biz yaqin kelajakda institutimizni jahon reytingidagi yetakchi universitetlar mingtaligiga kirishini rejalashtirganmiz.

Jasur Rizayev, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor
👍1
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Rossiyada tahsil olayotgan talabalar vakillari bilan uchrashdi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigirma ikkinchi yigʻilishi munosabati bilan vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasida boʻlib turibdi.

Tashrif davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Botirjon Asadov bilan birgalikda Moskvadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda Rossiyada tahsil olayotgan eng faol talabalar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar mamlakatimizda va chet elda taʼlim olish imkoniyatini berish, iqtidorli kadrlarni ichki iqtisodiyotga jalb qilish maqsadida ish bilan taʼminlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish jarayoni haqidagi maʼlumot bilan ham tanishtirildi.

Uchrashuv koʻtarinki ruhda oʻtdi. Vazir talabalarning hayoti, qiziqishlari va yashash sharoitlariga alohida eʼtibor qaratdi. Jumladan, talabalarning Rossiya taʼlim muassasa va idoralarida diplom oldi amaliyotlarini oʻtashdagi muammolarni ham Elchi, ham talaba-yoshlar bugungi kunda eng dolzarb masala sifatida fikr bildirildi.

Shu kunning oʻzida vazir A.Toshqulov tomonidan ushbu muammo rasmiylar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda dolzarb masala sifatida koʻtarilib, masʼullar tomonidan tez orada oʻz yechimini topishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Rossiya oliy oʻquv yurtlarida qariyb 43 ming Oʻzbekiston fuqarolari tahsil olmoqda.
__
👉 @eduuz
👍1
#Foydali

🔰Ma’lumki, Prezidentning PQ-4910-son qaroriga muvofiq 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

✔️Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

➡️ Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

➡️ Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

➡️ Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

➡️ Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

➡️ Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

➡️ www.testoteka.narod.ru

➡️
www.amthauer-ist.com/ru

➡️
www.treningmozga.com

👉 Namunaviy test topshiriqlari
🤔1
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri bilan oliy ta’limdagi masalalar muhokama qilindi