Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2021-yil 22-avgustdan 2022-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
Germaniyada bepul yozgi til kurslari!

DAAD tashkiloti bakalavriat va magistratura talabalariga 18-35 kunlik yozgi nemis tili kurslari uchun grant taklif etadi.

Kurslar Germaniya universitetlari yoki til maktablaridan birida boʻlib oʻtadi.

DAAD grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Kursda bepul oʻqish.
– Turar joy.
– 1061 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun 875 yevro.
– Sugʻurta toʻlovlari.

Dasturga arizalar 2021-yilning 30-sentyabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Kurslar 2022-yil iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-university-summer-courses/

@grantlar
Leiden University Excellence Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun 15 ming yevrogacha grantlar

👉 https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
Britaniyada joylashgan Kingʻs College London oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun PGR International Studentships grantini taqdim etadi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt summasi 100% qoplanadi
– Yillik 17 609 funt-sterling stipendiya
– Tadqiqot uchun 5000 funt-sterlinggacha mablagʻ

Grant quyidagi sohalar uchun beriladi:
– Life Sciences & Medicine
– Psychiatry, Psychology & Neuroscience
– Natural & Mathematical Sciences
– Nursing, Midwifery & Palliative Care
– Dentistry, Oral & Craniofacial Sciences

Arizalar 2021-yil 1-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/pgr-international-studentships-britaniyada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Kyoto University of Advanced Science: Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya!
👉 https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktab, kollej va litseyning oxirgi sinf / kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2021-yil 22-avgustdan 2022-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

👉 https://t.me/grantlar_namuna/290

@grantlar
Swiss Government Excellence Scholarships

Shveytsariya hukumati Oʻzbekiston fuqarolariga quyidagi stipendiyalarni taqdim etadi:

– Research Fellowship – tadqiqotchilar uchun ilmiy tadqiqot amaliyoti oʻtash stipendiyasi.

– PhD Scholarships – PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun stipendiya.

– Postdoctoral Scholarships – postdoktorantlar uchun tadqiqot olib borish stipendiyasi.

Ushbu stipendiyalarni qoʻlga kiritganlarning tadqiqot / oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/swiss-government-excellence-scholarships-shveytsariya-hukumati-grantlari/

@grantlar
Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant; joy – 12 ta!

2022-yil 22-25-may
kunlari Tokioda oʻtkaziladigan One Young World sammitida qatnashish uchun Novartis tashkilot granti eʼlon qilindi.

Grant 18-30 yoshdagi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan va yoshlar salomatligi masalalariga hissa qoʻshayotgan nomzodlarga (jami 12 nafar) ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 14-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-health-programme-scholarship-tokiodagi-4-kunlik-sammitda-qatnashish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Irlandiya: 30 ga yaqin nufuzli oliygohlarida magistratura yoki PhD bosqichida o’qish imkoniyati; yillik stipendiya 27 500 yevrogacha!

👉 https://grantlar.uz/irlandiya-30-ga-yaqin-nufuzli-oliygohlarida-magistratura-yoki-phd-bosqichida-oqish-imkoniyati/

@grantlar
Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining magistrlik kurslarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
Oʻzbekiston: IELTS topshirganlar va topshirmoqchi boʻlganlarga taʼlim olish uchun Britaniya Kengashidan 3000 funt-sterling mukofot; joy - 7 ta!

👉 https://grantlar.uz/ozbekiston-ielts-prize-7-winners/

@grantlar
6-oktabrda qabul tugaydi

Dunyoning 2-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grantga 100 tagacha talaba qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Kishilarning muvaffaqiyatga erishish yoʻllari va jarayoni turlicha boʻladi. Bularni aynan xorijda oʻqish yoki ishlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan vatandoshlarimiz misolida koʻrib chiqamiz.

Batafsil: https://t.me/grantlar_namuna/115

@grantlar
Hozirda dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish imkonini beruvchi bir qancha grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Bugun shu grantlar roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 BATAFSIL TANISHISH 👈

@grantlar
Chekka hududlarda o‘quv markazi ochish uchun moliyaviy yordam beriladi

Yoshlar ishlari agentligi
direktori Alisher Sa’dullayev chekka hududlarda o‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lganlarga Mikrokreditbank bilan hamkorlikda 70 nafar yoshlarga 50 million so‘mgacha moliyaviy ko‘mak (ssuda) berilishini e’lon qildi.

Mazkur loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni http://yoshtadbirkor.uz/imkoniyat veb-saytidan olish mumkin.

Shuningdek, @imkoniyatuz_bot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish 26-sentyabr kuni yakunlanadi. So‘ngra loyihalarni komissiya ko‘rib chiqadi va eng yaxshi istiqbolli loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1743 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar 2021-yil 28-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍1
Irlandiya: Postdoktorlik tadqiqotlari uchun yillik 39 ming yevro grant!

👉 https://grantlar.uz/irlandiya-postdoktorlik-tadqiqotlari-uchun-yillik-39-ming-yevro-grant/

@grantlar
Yandex Cup: dasturchilar uchun mukofot jamgʻarmasi 85 000 AQSh dollar boʻlgan onlayn chempionat!

👉 https://grantlar.uz/yandex-cup-dasturchilar-uchun-onlayn-chempionat/

@grantlar