Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Oxford University: Ayol-qizlarga Executive MBA kursida tahsil olish uchun qisman grantlar

Mashhur Oksford universiteti tarkibidagi Said biznes maktabi ayol-qizlarga Executive MBA dasturida oʻqish uchun qisman grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari: Grantlar kontrakt summasining 30 000 funt-strerling qismini yoki 50 foizini qoplab beradi.

Arizalar 2022-yil 25-iyulgacha qabul qilinadi (2023-yil yanvarda boshlanadigan oʻqish uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oxford-university-xotin-qizlar-mba/

@grantlar
👍39🔥4
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍28🔥2
Oʻzbekiston: “Ilm fanni ko‘rsat!” nomli fototanlov; mukofot – maxsus sovgʻalar va suratlarni koʻrgazmada namoyish qilish imkoniyati!

Bu tanlov Gyote instituti tomonidan “Koinot. Inson. Aql-idrok.” ko'rgazmasi doirasida oʻtkazilmoqda. Tanlovda 12 yoshdan 22 yoshgacha boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1, 2 va 3-oʻrinlarga Gyote institutidan maxsus sovgʻalar;
– Eng yaxshi 12 ta surat taqvimda chop etiladi, tegishli fotosuratchilar ularni bepul oladi;
– Eng yaxshi 3 ta surat “Koinot. Inson. Aql idrok. (UMI)” ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Suratlar 2022-yil 15-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekiston-ilm-fanni-korsat-nomli-fototanlov/

@grantlar
👍40🔥3
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 10 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasi gʻolib 10 000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kuchli 5 talikka kirgan suratlar egalari maxsus medal bilan taqdirlanadi.
– Barcha gʻoliblar 2022-yil 14-noyabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2022-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
👍36🔥6
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
👍33❤6🔥4
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Bu dasturga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar yiliga 2022-yil 30-sentabrga qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-qishki-amaliyot-mukofot-15-000-aqsh-dollargacha/

@grantlar
👍16🔥3
Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun qisman grantlar

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Hazar universiteti bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish qisman grantlar taklif etmoqda.

Grantlar universitetda mavjud istalgan soha uchun beriladi.

Darslar ingliz tilida boʻladi. Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Grantlar talabani kontrakt summasining 25, 50 yoki 75 foizini toʻlashdan ozod qiladi.

Qabul 2022-yil 15-may yoki 15-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍31❤4🔥3
Buyuk Britaniya: Huquqshunoslik boʻyicha PhD bosqichi uchun toʻliq grant va yillik 23 ming dollar stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Queen Mary University of London intellektual mulk huquqi boʻyicha PhD dasturida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 17 ming funt-sterling (taxminan 23 ming AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-huquq-sohasida-phd-uchun-toliq-grant-yillik-17-000-funt-sterling/

@grantlar
👍23🔥8❤2
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
👍23
Insholar tanlovi: pandemiya davridagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va unda COVID-19 bilan bogʻliq hayotiy tajribangiz haqida hikoya qilinishi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍38🔥10❤6
Oʻzbekiston: Mukofot jamgʻarmasi 100 million soʻm boʻlgan “Unique Uzbekistan” fototanlovi!

Tanlovda 16-35 yoshli barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov 3 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Inson va oila;
– Mening shahrim (qishlogʻim);
– Jannatmakon Fargʻonam.

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: zamonaviy smartfon (Iphone 13 Pro)
– 2-oʻrin: zamonaviy noutbok ( cori 7)
– 3-oʻrin: zamonaviy planshet (Samsung Tap S7)
– Shuningdek mos ravishda I, II, III darajali diplom va statuetkalar

Suratlar 2022-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekiston-mukofot-jamgarmasi-100-million-som-bolgan-unique-uzbekistan-fototanlovi/

@grantlar
👍50❤10🔥8
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
👉 Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍55🔥15
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2022-2023-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1549 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍42🔥3❤2
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 4 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 50 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍27❤8🔥4
Technovators for Social Good Scholarship: Ayol-qizlar uchun Britaniyadagi 4 kunlik sammitga toʻliq grant!

Bu stipendiya STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohasida faoliyat yuritadigan ayol-qizlar uchun moʻljallangan.

Stipendiya sohibasi 2022-yil 5-8-sentabr kunlari Manchester shahridagi One Young World sammitida qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– One Young World sammitida bepul qatnashish
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Manchesterga borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 5-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/technovators-for-social-good-scholarship/

@grantlar
👍29🔥11
Britaniyadagi Islom tadqiqotlari markazidan magistratura uchun toʻliq grantlar!

Kardiff universitetida tarkibidagi Islom tadqiqotlari markazi Islam in Contemporary Britain magistrlik dasturida oʻqish uchun Jameel Scholarships grantini taklif qiladi.

Bu magistrlik dasturi Britaniyada Islom dini va u yerdagi musulmonlar hayotini tadqiq etishga qaratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– 15 896 funt-sterling (taxminan 19 530 AQSH dollari) miqdorida yillik stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun 1000 funt-sterling (taxminan 1230 dollar) mablagʻ

Arizalar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/britaniyadagi-islom-tadqiqotlari-markazidan-magistratura-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍44❤11🔥9
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍29🔥6❤3
“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageriga necha kishi qabul qilinadi?

Bu savolni bizdan 100 lab oʻquvchilar soʻradi. Shu sababli, lagerga necha kishi qabul qilinishini elchixonadan aniqlashtirdik.

Ushbu lagerga bu yili jami 150 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Demak, ajratilgan oʻrinlar anchagina. Lagerga ariza topshiring, 150 nafar oʻquvchidan biri siz boʻlishingiz mumkin!

@grantlar_namuna
👍50🔥2❤1
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 15 ming yevrogacha stipendiya; joy – 144 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 15 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 19-maydan 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍26❤4🔥4
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍28🔥3❤2