Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍32❤9🔥9
Markaziy Osiyodagi trening, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarga qatnashish uchun 500 dollargacha safar grantlari!

Bu dasturga 18-30 yoshli yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ariza bera oladi.

Grantlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan tadbirlar uchun ajratiladi.

Dastur imkoniyati: Munosib nomzodlarga 500 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/500-dollargacha-safar-grantlari/

@grantlar
👍49🔥5❤4
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍47❤7🔥7
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar uchun kichik grantlar dasturi

Grantlar sanʼat, madaniyat, sport dasturlari, ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalar uchun beriladi.

Ariza berishi mumkin boʻlgan tashkilotlar:
– Davlat va xususiy taʼlim muassasalari.
– Oʻzbekiston va AQSHning notijorat tashkilotlari
– Fuqarolik jamiyati tashkilotlari / nohukumat tashkilotlar.
– Tahlil markazlari.

Miqdori: Har bir loyihaga (jami 10 ta) 5-15 ming dollar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-aqsh-elchixonasidan-tashkilotlar-uchun-kichik-grantlar-dasturi/

@grantlar
👍32❤8🔥4
Maltada 4 haftalik ingliz tili va IELTS kursini oʻqish uchun toʻliq grant; bepul turar joy ham taʼminlanadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Gʻolib taklif etilgan muayyan muddat oraligʻidan kursni qachon oʻqishni oʻzi tanlaydi.

Arizalar ingliz tilida toʻldiriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Maltada 4 haftalik bepul umumiy ingliz tili va IELTS kursi
– Bepul turar joy va SIM-karta taʼminlandi
– Doʻkon va restoranlar uchun chegirma beruvchi karta taqdim etiladi
– Aeroportdan maktabga borish va qaytish uchun transport taʼminlanadi
– Netflix, DVD disklar va kitoblardan bepul foydalanish imkoni
– Kurs materiallari, daraja testlari va sertifikat

Arizalar 2022-yil 25-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/maltada-4-haftalik-ingliz-tili-va-ielts-kursini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍94🔥28❤12
Hurford Youth Fellowship Program: AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 oylik dastur!

Dasturga 30 yoshdan oshmagan, demokratiya rivojiga hissa qo'shish va demokratik faollikka qiziquvchi nomzodlar ariza berishi mumkin.

Qabul qilinganlar 3 oy davomida Vashingtonda amaliyot o'taydi va malaka oshiradi (ingliz tilida).

Moliyaviy imkoniyatlari:
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul sug'urta
Jihozlangan, internetga ulangan ish xonasi

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hurford-youth-fellowship-program-aqshda-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-3-oylik-dastur/

@grantlar
👍53❤11🔥5
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍52🔥3❤2
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi

2023-yilgi amaliyot uchun qabulning oxrigi sanalari:
– 2022-yil 25-noyabr (qishki amaliyot uchun)
– 2023-yil 12-may (yozgi amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍37🔥8
​​Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun qabul boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2022-yil 5-iyul, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistratura kurslariga qabul jarayonlari
2022-yil 11-iyuldan 11-avgustgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍45🔥3
V-Young Professional Fellowship – Bangkokda 4 kunlik dastur, 35 ta toʻliq va qisman grantlar taklif etiladi!

Dastur 2022-yil 27-30-sentabr kunlari Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtadi. Yetakchilik mahoratini sayqallashga qaratilgan bu dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinib, 10 nafariga toʻliq, 25 nafarsiga qisman grant ajratiladi.

Toʻliq grant oʻz ichiga oladi:
– Aviachipta va turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Qisman grant oʻz ichiga oladi:
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Arizalar 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/v-young-professional-fellowship/

@grantlar
👍51❤5🔥5
Davlat ekologiya qoʻmitasidan “Ozon qatlami va hayot” nomli ilmiy maqolalar tanlovi; mukofot – noutbuk!

Tanlovda ozon qatlamini muhofaza qilish, sovitish va havoni konditsionerlash sohasi boʻyicha oʻqiyotgan / tadqiqot olib borayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalar ingliz yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar: 4 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri noutbuk bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozon-qatlami-va-hayot-nomli-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍35🔥1
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm obyektivga ega bitta obyektivli professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2022-yil 18-iyul, 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
👍41❤5🔥4
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 861 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 29-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍26❤4🔥2
Eslatma: 10-iyulda qabul tugaydi

Moskva aviatsiya instituti Oʻzbekiston fuqarolariga 300 dan ortiq toʻliq grant taklif etmoqda!

Bu grantlarni bakalavriat yoki magistratura bosqichida oʻqish uchun qoʻlga kiritish mumkin. Institutda koʻplab yoʻnalishlar mavjud boʻlib, darslar toʻliq rus tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2022-yil 10-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/moskva-aviatsiya-instituti/

P.S. Bevosita universitet maʼmuriyatidan Telegram, WhatsApp yoki telefon orqali konsultatsiya (bepul) olish imkoni mavjud.

@grantlar
👍49🔥6
Qirgʻiziston: Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar boʻyicha konferensiya; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi

Nomzodlardan Markaziy Osiyodagi moslashish va transformatsiyalar boʻyicha holatlar hamda tadqiqotlar haqida 200 soʻzli annotatsiya topshirish soʻraladi (ingliz tilida).

Saralab olingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– 24-25-sentabr kunlari Bishkekda oʻtkaziladigan konferensiyada taqdimot qilish
– Konferensiya yuzasidan safar va turar joy xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/markaziy-osiyodagi-moslashish-va-transformatsiyalar-boyicha-konferensiya/

@grantlar
👍27🔥7❤2
KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta!

KOICA tashkiloti va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etilgan bu grant doirasida magistratura uchun 12 ta, doktorantura (PhD) uchun 10 ta joy ajratilgan.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-kimyo-sohasida-magistratura-va-doktoranturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍17🔥9❤3
Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan kichik kamida 2 kishidan iborat boʻlgan guruh sifatida qatnashish mumkin. Startap taqdimoti (pitch) ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Tanlov imkoniyatlari:
– UNWTO Demo Day’da qatnashish
– UNWTO innovatsion tarmog‘iga a’zo bo‘lish
– Les Roches Spark Innovatsion Markazida inkubatsiya xizmatlaridan foydalanish (Kran Montana shahrida 3 oylik turar joy taʼminlanadi)
– Startaplar uchun mablagʻ jalb qilish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awake-tourism-challenge-turizm-sohasiga-oid-startaplar-tanlovi/

@grantlar
👍30🔥5
ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot!

Amaliyot Filippin poytaxti Manila shahrida ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar 8-11 hafta davomida amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Xalqaro tashkilotida ishlash.
– 50 dan ortiq davlatlarning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
– OTB faoliyati haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lish.
– Aviachipta xarajatlarining bir qismi OTB tomonidan qoplanadi.
– Barcha amaliyotchilarga stipendiya taqdim etiladi.

2023-yilgi amaliyot uchun arizalar 2 marta qabul qilinadi:
– 2022-yil 15-iyuldan 15-sentabrgacha
– 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-fevralgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/adb-internship-program-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-haq-tolanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍33❤5🔥1
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil oktabrda boshlanadi va 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍61🔥11❤4
Universiti Brunei Darussalam: Bruneyda bepuldoktorantura, bepul turar joy, stipendiya va aviachipta!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri (TOP 256) Brunei Darussalam universiteti doktorantura uchun 20 ta toʻliq grant taklif etadi. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi (IELTS 6.0. kerak).

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va oʻqishga oid boshqa badallar qoplanadi
– 359 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bruneyga borish va kelish uchun aviachipta
– Tadqiqot xarajatlari uchun 1440 dollargacha mablagʻ

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/universiti-brunei-darussalam-bruneyda-bepul-doktorantura-bepul-turar-joy-stipendiya-va-aviachipta/

@grantlar
👍45❤10🔥1