Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Attention everyone!!!

Deadline
for TEDxYouth@BukharaPS event is just 6 days away!

Hurry up!

As a speaker, you will get a lot from this event:
– a certificate of a TEDx speaker;
– unique experience;
– improvement of your public speaking skills;
– the video of your speech will be uploaded on an official TEDx YouTube channel and on their official website (ted.com);
– an opportunity to share your idea worth spreading with the world;
– networking with amazing people and many more.

Deadline: September 15, 2022.

🗓Date: November 15, 2022
📍Place: Bukhara
📌Eligibility: Anyone between 15-30

Note: Travel and accommodation expenses will not be covered by the organizers.

You can apply here: https://forms.gle/gmM3ay23bmXKdej2A

Telegram | Instagram
👍38🔥12❤9
Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan kichik kamida 2 kishidan iborat boʻlgan guruh sifatida qatnashish mumkin. Startap taqdimoti (pitch) ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Tanlov imkoniyatlari:
– UNWTO Demo Day’da qatnashish
– UNWTO innovatsion tarmog‘iga a’zo bo‘lish
– Les Roches Spark Innovatsion Markazida inkubatsiya xizmatlaridan foydalanish (Kran Montana shahrida 3 oylik turar joy taʼminlanadi)
– Startaplar uchun mablagʻ jalb qilish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awake-tourism-challenge-turizm-sohasiga-oid-startaplar-tanlovi/

@grantlar
👍36🔥6
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar

Bugun dunyodagi eng nufuzli oliygohlarda bakalavriat, magistratura va PhD bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi va hozirda arizalar qabul qilinayotgan grantlar haqida maʼlumot beramiz.

👉 GRANTLAR RO'YXATI 👈

@grantlar
👍28🔥11
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3000 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2022-yil 15-oktabrdan 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍50🔥5❤4
Qirgʻiziston: Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi mavzusida 4 kunlik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!

Konferensiya 2022-yil 24-27-oktabr kunlari Bishkekda oʻtkaziladi.

18-30 yoshli talabalar va yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin. Ingliz yoki rus tilini bilish talab etiladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Dastur doirasidagi tadbirlarga qatnash uchun transport xarajatlari qoplanadi
– Konferensiyada saralab olingan 1 nafar ishtirokchining Berlindagi yoshlar forumida qatnashishi moliyalashtiriladi

Arizalar 2022-yil 18-sentabr 21:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qirgiziston-markaziy-osiyoda-iqlim-ozgarishi-mavzusida-4-kunlik-konferensiya/

@grantlar
👍31🔥12❤5
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1200 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍19🔥1
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 16 840 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
👍41🔥9❤5
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi talabalar uchun grant eʼlon qildi: 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi

Dasturga Oʻzbekiston OTMlarida tahsil olayotgan bakalavrlar (1-bosqich bakalavrlardan tashqari) va magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Manfaatli jihatlari:
– 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi
– Oʻqish tugagach, ish bilan taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/madaniyat-va-sanatni-rivojlantirish-jamgarmasi-talabalar-uchun-grant-elon-qildi/

@grantlar
👍37🔥7❤2
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (61 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2023-yil 15-yanvar
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2022-yil 15-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
👍52🔥21❤9
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qiliandi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍20❤2🔥1
MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Grant APUda mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturi uchun beriladi. Oʻqish – ingliz tilida.

Grant imkoniyatlari:
– Qabul badallari qoplanadi
– Kontrakt summasi toʻlab beriladi
– Oyiga 1072 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-university-recommendation-apu-yaponiya-universitetida-magistraturani-phd-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38❤12🔥1
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍23🔥11
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga dollardan.

Sheʼrlar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍28🔥2
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍22❤4🔥1
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bugun shu haqida ma'lumot beramiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍18❤1🔥1
Dunyoning 7-raqamli oliygohi oilaviy daromadi 100 000 dollardan kam boʻlgan talabalar butunlay bepul oʻqishi mumkinligini eʼlon qildi!

Princeton universiteti
(AQSH) 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam asosida oʻqishini eʼlon qildi. bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning rasmiy yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Qabul sanalari:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍93🔥19❤10
Oʻqish bepul universitetlar: Norvegiya Texnologiya universiteti (NTNU) – magistratura

NTNU dunyodagi eng kuchli 500 universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi ta'lim xususiyatlari:
–
O'qish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semesrt 600 NOK (59 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Ingliz va norveg tilidagi 60 dan ortiq magistratura dasturi bor

Arizalar har yili 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/norvegiya_trondheim/

@grantlar
👍53🔥11❤7
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir.

Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.

UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

Bu yilgi qabul 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.

Qabul qilinganlar 2023-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/

@grantlar
👍38🔥10❤6
FLEX dasturi boʻyich dasturning rasmiy vakillari bilan yuzma-yuz taqdimotlar oʻtkaziladi!

FLEX dasturining rasmiy vakillari Emily Olmstead va Azim Khasanov FLEX haqida taqdimotlar oʻtkazish va dasturga nomzodlar bilan uchrashish uchun viloyatlarga tashrif buyuradi. Taqdimotlarda qatnashish bepul va ishtirok uchun roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi.

Taqdimotlarda dastur haqida batafsil maʼlumot olishingiz va savollaringizni soʻrashingiz mumkin.

Taqdimotlar quyidagi viloyatlar va manzillarda oʻtkaziladi:

- 18-sentabr, 14:00 pm,
📍Urganch, Tinchlik Plaza" mehmonsonasi Tinchlik koʻchasi, 31/1.
Lokatsiya.

- 19-sentabr, 15:00 pm,
📍Nukus, "Massaget" mehmonxonasi, J. Aymurzayev koʻchasi, 47a.
Lokatsiya.

- 20-sentabr, 15:00 pm,
📍Navoiy, "
Kamilla" mehmonxonasi, Axunbabayev koʻchasi, 2. Lokatsiya.

Taqdimotlar yuzasidan savollaringiz boʻlsa, ushbu emailga yuborishingiz mumkin: flex.uz@americancouncils.org.

@grantlar_namuna
👍30🔥5❤1
EducationUSA markazidan 15-17 yoshlilar uchun AQSH universitetlariga hujjat topshirish boʻyicha bepul onlayn tayyorlov dasturi!

Dasturda 15-17 yoshli 9-11-sinf maktab oʻquvchilar va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Dastur toʻliq onlayn tarzda, 2022-yil oktabrdan 2023-yil maygacha davom etadi.

Dasturda quyidagilarni qamrab oladi:
– AQSH universitetlariga ariza topshirish jarayoni
– Oʻqishingizni moliyalashtirish (grant olish) yoʻllari
– TOEFL va SAT imtihonlarini topshirish koʻnikmalari
– Akademik ingliz tilida yozish
– Karyerani rivojlantirish
– Ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish

Dasturga ariza topshirish va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Dastur AQSHning Oʻzbekistondagi rasmiy EducationUSA markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Arizalar 2022-yil 23-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/educationusa-virtual-college-preparation-club/

@grantlar
👍40❤9🔥6