Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍36🔥1
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!

Akademiyada faqat magistratura mavjud, boshqa bosqichlar mavjud emas. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Har yili 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Qabul qilingan barcha talaba quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Borish-kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 27-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍33🔥3❤1
Hozirda Erasmus Mundus dasturining bir qancha grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan hamyurtimizdan biri bizga dastur uchun topshirgan hujjatlari toʻplamini taqdim etdi.

Hujjatlar quyidagilardn iborat:

👉 Motivatsiya inshosi va tavsiyanomalar.

👉 Diplom va olingan baholar.

👉 Talabaning CVʼsi.

👉 Yashash joyi haqida maʼlumotnoma (Proof of Place of Residence).

@grantlar
👍39🔥8
Germaniya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Berlinda tadqiqot qilish imkoniyati; oylik stipendiya – 1630 yevrogacha!

Dasturda magistrantlar, doktorantlar, postdoktorlar va kamida bakalavrlik darajasiga ega boshqa tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Dasturga har yili taxminan 15 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi.

Moddiy ta'minot:
- Oylik stipendiya: Postdoktor tadqiqotchilarga 1630, qolgan tadqiqotchilarga 1100 yevro.
- Safar xarajatlari uchun mablag'.

Arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talabalar-va-tadqiqotchilar-uchun-berlinda-tadqiqot-qilish-imkoniyati-oylik-stipendiya-1-630-yevrogacha/

@grantlar
👍27🔥7❤1
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍21🔥1
Janubiy Koreyaning Joongbu universitetiga 100% gacha grantlar; Oʻzbekistondagi suhbat asosida qabul qilinish imkoniyati mavjud!

Taklif etiladigan dasturlar:
– Til kursi
– Bakalavriat
– Magistratura
– PhD

Bakalavriat, magistratur va PhD:
– Kamida TOPIK 3/IELTS 5.5, CEFR B2 ga ega nomzodlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Til kursi uchun qabul:
– Koreys tilini TOPIK 1-2 darajada biladigan, lekin TOPIK sertifikati yoʻqlar Oʻzbekistonda ichki imtihon asosida qabul qilinadi.
– TOPIK 1-2 ga ega nomzodlar bevosita qabul qilinadi.

Suhbat va ichki imtihon 18-30-oktabr kuni Samarqandda universitetning rasmiy vakillari tomonidan olinadi.

Til sertifikatiga qarab, 20% dan 100% gacha grantlar taklif etiladi.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2022-yil 14-oktabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Qoʻshimcha maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
☎️ +998901179065
📱 @Pearls707
👍42🔥8❤3
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

@grantlar
👍42🔥7
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktabga qatnashish uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Yozgi maktabga onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin.

Arizalar 2022-yil 2-noyabr yoki 2023-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
👍43🔥6❤2
Gollandiya: Dunyodagi 71-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2209 qilib beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍26🔥7
Yevropada iqtisod bo’yicha Erasmus Mundus EGEI magistratura kursi: bepul o’qish va 1000 yevro oylik stipendiya!

Dasturga iqtisod, amaliy iqtisod yoki shunga aloqador sohalarda kamida bakalavrlik darajasiga ega nomzodlar (oxirgi kursda oʻqiyotganlar ham) ariza topshirishi mumkin.

Dastur ingliz tilida, 3 tagcha davlatda joylashgan universitetlarda oʻqitiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yevropada-iqtisod-boyicha-erasmus-mundus-egei/

@grantlar
👍26🔥8❤1
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 18 744 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 10 944 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 15 612 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Qabul 2022-yil 15-sentabrdan 2023-yilning yanvar oyi boshlarigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
👍52🔥7❤2
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 220 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍41❤4🔥1
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 Xalq ta’limi vazirligining 📺YouTubedagi “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanalida o'quvchi-yoshlar uchun yangi davrga mos 25 xil yo’nalishdagi zamonaviy IT-kasblarni 🖥 sodda, qulay va tushunarli ko‘rinishda hamda eng asosiysi o‘z ona tilingizda mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati mavjud.

🎞 Youtubedagi “Milliy ta’lim resurslari” rasmiy kanali doimiy ravishda yangi video kurslar bilan boyitilib borilmoqda. ⬇️

🖥 Video kurslar ro'yxati:

1. Foto tahrirlash
2. AutoCAD
3. Logistika (Dispatch)
4. 2D Animatsiya
5. 3D Animatsiya
6. 3D MAX Start
7. 3D MAX Interyer
8. 3D MAX Eksteryer
9. Frontend
10. JavaScript Node JS
11. Elektron tijorat
12. Digital marketing
13. Android dasturlash
14. Видео монтаж
15. Microsoft excel jadvalining asosiy elementlari
16. Biznesni tashkil etish asoslari
17. Sun'iy intellekt
18. 3D animation (Character animation)
19. Composing
20. FX Simulation
21. Motion graphics
22. 3D animation (Character animation)
23. Personaj modeling
24. Shaxsiy rivojlanish
25. SMM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥14❤6
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍60🔥4
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍30🔥4
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
👍38🔥7❤1
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– 2022-yil 15-oktabrdan 2023-yil 1-favralgacha
– 2023-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍32❤2🔥1
Huquqshunoslar uchun Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagilar bilan taʼminalandi:
– Maxsus sertifikat
– Agar chop etish standartlariga mos boʻlsa, gʻolib insholar The American University International Law Review (AUILR) nashrida chop etiladi

Maqolalar qabuli 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍26🔥1
Niderlandiya: Xalqaro huquq sohasidagi yozgi kurslar uchun grantlar!

Gaaga xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxasislariga yozgi kurslarda qatnashish uchun grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi.
– Turar joy uchun 600 yevro mablagʻ beriladi.

Yozgi kurslar sanalari:
– Public International Law kursi – 2023-yil 10-28-iyul kunlari;
– Private International Law kursi – 2023-yil 31-iyul – 19-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Kurslarga o'z hisobingizdan qatnashishingiz ham mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/niderlandiya-xalqaro-huquqshunoslik-sohasidagi-yozgi-kurslar-uchun-grantlar-turar-joy-va-safar-xarajatlari-uchun-900/

@grantlar
👍27🔥7❤2
Swiss Government Excellence Scholarships: tadqiqot olib borish uchun Shveytsariya hukumati grantlari

Dasturga san’at yo’nalishidan boshqa barcha sohadagi oliy ma’lumotli (kamida magistr diplomiga ega) va 1987-yil 31-dekabrdan keyin tugʻilgan O’zbekiston fuqarolari ariza topshira oladi.

Ingliz, italyan, fransuz yoki nemis tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 3670 dollargacha stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy uchun 314 dollar yordam puli
– Jamoat transporti kartasi

Arizalar 2022-yil 9-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/swiss-government-excellence-scholarships-shveytsariya-hukumati-grantlari/

@grantlar
👍29🔥2