Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 25 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 2-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍23🔥7❤1
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2023-yil fevral oʻrtalaridan 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍42🔥8❤4
BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistratura kursi uchun Erasmus Mundus’dan to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya!

BIOPHAM dasturi farmasevtika va biofarmasevtika sohasida magistraturani Yevropaning 2 yoki 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 14-noyabrdan 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍21🔥7
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 20 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2023-yil 6-iyundan 31-iyulgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 250 000 JPY (1770 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta
– Dastur simpoziumiga (Singapurda, avgust, 2023) borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
👍33🔥8❤1
Erasmus Mundus EPS – Yevropaning bir nechta davlatlarida magistraturani oʻqish to’liq grant, oylik 1000 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Bu dastur doirasida har yili 20 nafar talabaga grant ajratiladi. Talabalar Chexiya, Polsha, Gollandiya va Ispaniya davlatlarida joylashgan universitetlarda oʻqishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik 1000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun yiliga 4000-6000 yevro
– Joylashib olish uchun 1000 yevro
– Sugʻurta xarajati qoplanadi

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-eps/

@grantlar
👍39🔥7❤3
Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur Ruminiya universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi.

Grantga ingliz, rumin yoki fransuz tilida ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, universitetga roʻyxatdan oʻtish va boshqa shu kabi toʻlovlardan toʻliq ozod qilidi.
– 1 yillik rumin tili kursi kontraktidan toʻliq ozod qiladi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Favqulodda tibbiy yordam xizmatlari qoplanadi.
– Mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishda imtiyozlar beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/romanian-government-scholarship-ruminiyada-bakalavr-magistratura-va-doktorantura-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38🔥6❤2
Toshkentdagi Farmatsevtika texnik universiteti uchun 40 ta grant!

Mazkur grantlar universitetda mavjud farmatsevtika, biokimyo va biotibbiyot fanlari boʻyicha bakalavriat dasturlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bitiruvchilar xalqaro tan olinadigan Britaniya diplomiga ega boʻladi.

Grant miqdori: Grantlarni qoʻlga kiritgan talabalar uchun kontrakt summasi toʻliq (4 yil davomida) qoplab beriladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

O'qish 2023-yil qish faslidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/toshkentdagi-farmatsevtika-texnik-universiteti-uchun-40-ta-grant/

@grantlar
👍27🔥9❤3
Hozirda Ruminiya hukumatining stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Shu sababli, bugun Ruminiyada o'qishning afzalliklari haqida ma'lumot beramiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍26🔥3❤1
Qabul ochiq Erasmus Mundus grantlari

Hozirda koʻplab Erasmus Mundus dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur dunyoning eng nufuzli grantlaridan boʻlib, talabalarga magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida oʻqish imkonini beradi.

Moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1000 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Hozirda qabul ochiq Erasmus Mundus dasturlari:

👉 EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yoʻnalishi boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 11-yanvar, 2023)

👉 Xavfsizlik, razvedka va strategik tadqiqotlar boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 13-yanvar, 2023)

👉 EPOG+: Iqtisodiyot va unga aloqador sohalar boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 30-yanvar, 2023)

👉 EGEI: Iqtisod, amaliy iqtisod yoki shunga aloqador sohalar boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 15-fevral, 2023)

👉 Kimyo Nano-muhandisligi bo’yicha magistrlik dasturi (dedlayn: 19-fevral, 2023)

👉 BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 20-fevral, 2023)

👉 Yevropa siyosati va jamiyati boʻyicha magistrlik dasturi (dedlayn: 28-fevral, 2023)

👉 Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistrlik dasturi (dedlayn: 2-mart, 2023)

Yuqorida Erasmus Mundus grantining ayrim dasturlari keltirilgan, xolos. Dasturlarning toʻliq roʻyxatini maxsus katalogdan topishingiz mumkin.

BONUS: 👉 Erasmus Mundus grantini yutib olgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
👍46🔥12
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 20-may.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍89🔥10❤8
@Grantlar_namuna loyihasidan yangi xizmatlar!

@Grantlar_namuna loyihasi bakalavriatni chet elda oʻqishni rejalayotganlar uchun yangi xizmatlarni joriy qilinganini eʼlon qiladi.

Hozirda quyidagi xizmatlar mavjud:
– Professional CV / rezyume tayyorlash
– Tavsiyanoma (Recommendation letter) tayyorlash
– Motivatsiya xati yoki shaxsiy bayonotni (personal statement) tekshirib, grammatik, uslubiy jihatdan tuzatish, mazmun jihatidan kamchilik va yutuqlari haqida feedback berish va kuchaytirish uchun tavsiyalar berish
– Talabga koʻra, boshqa turdagi hujjat / shaklni toʻldirishda yordam berish

Eslatma: bu xizmatlar hozirda faqat bakalavriatga ariza topshirayotganlar uchun taklif qilinmoqda.

Xizmatlar kim tomonidan koʻrsatiladi?

Bu xizmatlar oʻzi ham xorijda toʻliq grant asosida bakalavriatda oʻqiyotgan, bundan tashqari, yana bir nechta grant va dastur gʻolibi boʻlgan jamoa aʼzolari tomonidan koʻrsatiladi.

Xizmatlar pullikmi?

Ha, pullik. Lekin hamyonbop va sifatli.

Xizmatdan qanday foydalanaman?

Xizmatlar haqida batafsil maʼlumot olish, narxlarni bilish va xizmatlardan foydalanish uchun quyidagi hisobga murojaat qiling: @GN_work

@grantlar_namuna
👍53🔥4❤2
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍62🔥9❤2
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2022-2023-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1549 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍28🔥9❤6
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3000 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍55❤15🔥9
Qabul boshlandi

Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2023-yil 18-iyuldan 8-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍45🔥13❤5
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2023-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍42❤7🔥4
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2023-yil 20-iyundan 18-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 4000 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2023-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍49🔥22❤7
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Grantlar.uz jamoasi kollej bo'yicha quyidagi materiallarni tayyorlagan:

👉 Berea kolleji haqida batafsil matnli ma'lumot

👉 Berea kolleji haqida batafsil video ma'lumot

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan matnli suhbat

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

Qabul 2023-yil 15-yanvargacha davom etadi.

@grantlar
👍65❤15🔥14
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8500 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul:
– 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 13-yanvargacha
– 2023-yil 13-fevraldan 10-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍49🔥4❤2
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!

Universitetdagi istalgan magistratura yoki doktorantura sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasi uchun ham bir necha turdagi toʻliq grantlar taklif etiladi.

Grantlarning baʼzilari kontrakt, borish-kelish, turar joy, tibbiy sugʻurta, xalqaro konferensiyalarga qatnashish xarajatlarini qoplashdan tashqari oyiga 3300 dollargacha stipendiya taqdim etadi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvar va 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khalifa-university-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant-stipendiya-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍54❤3