Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍52❤8🔥1
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– 2022-yil 15-oktabrdan 2023-yil 1-favralgacha
– 2023-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍36❤6
Yangilanish: Qabul uzaytirildi, stipendiya oshirildi

Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 2 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security Programme
– MA in Economic Governance and Development Programme

Bu magistrlik kurslariga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
–
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 450 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2023-yil 11-fevral 22:59 gacha qaul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍42🔥2
Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2023-yil 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Maʼlumot uchun: Ushbu grant boʻyicha maxsus mentorlik kursi tashkil etilgan. Kurs bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

@grantlar
👍72❤17
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍51❤10
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Bu dasturga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:
– 2023-yil 31-martgacha
– 2023-yil 30-sentabrgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-qishki-amaliyot-mukofot-15-000-aqsh-dollargacha/

@grantlar
👍24❤4
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2023- yoki 2024-yil bitiradiganlar yoki 2022-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍47🔥8
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 1050 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2023-yil 24-yanvardan 23-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
👍75🔥5
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 20-may.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍114❤15🔥9
Germaniyaga talaba vizasini olish uchun bloklangan hisob raqam ochish va unga kerakli summani oʻtkazish kerak.

Xoʻsh, bloklangan hisob raqamni qanday ochsa boʻladi? Unga qo'yilishi kerak bo'lgan summa qancha?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/bloklangan-hisob-raqamni-qanday-ochaman-germaniya/

@grantlar
👍30❤5
AQSH: Simmons Universityda bakalavriat bosqichida oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 108 000 AQSH dollargacha grantlar

Bu universitet bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi. Oʻgʻil bolalar topshira olmaydi.

Grantlar:
– First-Year Scholarship (1-kursdan oʻqishni boshlash uchun) – 4 yil uchun kontrakt puliga 108 ming dollargacha chegirma
– Transfer Scholarship (oʻqishni Simmons universitetiga koʻchirish uchun) – Kontrakt puliga yiliga 7-17 ming dollar chegirma

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-simmons-universityda-bakalavriat/

@grantlar
👍38🔥7❤4
Xorijda amaliyot oʻtash, malaka oshirish yoki tadqiqot olib borish imkonin beruvchi dasturlar

Hozirda xorijda amaliyot oʻtash, malaka oshirish yoki tadqiqot olib borish imkonin beruvchi bir qancha dasturlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Eʼtiboringizdan chetda qolmasligi uchun ayni vaqtda qabul ochiq boʻlgan shunday dasturlar roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

👉 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan bakalavrlar uchun AQSHda 21 kunlik yozgi almashinuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

👉 Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

👉 CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

👉 OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

👉 AScI internship programme: Bakalavr va magistrlar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

👉 Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

👉 EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

👉 OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

👉 Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

👉 Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍26🔥16
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Ayrimlar biroz toʻlovi boʻlsa ham, xorijdagi biror volontyorlik dasturi orqali tajriba orttirishni xohlaydi.

Volunteer Society Nepal tashkiloti Nepalda volontyrolik qilishni xohlovchilarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Dastur narxlari:
– 2 haftalik dastur: 400 yevro;
– 3 haftalik dastur: 500 yevro;
– 4 haftalik dastur: 600 yevro;
– keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 75 yevrodan.

Toʻlangan haq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish
– Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal)
– Mezbon oilalarda yashash imkoniyati
– Shahar transportidan foydalanish
– Nepal tili va madaniyati darslari
– Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya
– Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam
– Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍47❤7🔥5
Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.
– Zarur hollarda safar xarajatlari uchun 3000 dollargacha ajratiladi.

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 1-dekabrdan 31-yanvargacha (yozgi amaliyot uchun)
– 1-oktabrdan 31-oktabrgacha (qishki amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍41🔥2
Worldwide Youth Multimedia Competition tanlovida ishtirok etib, AQSHdagi lagerda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Tanlovda 10-24 yoshli barcha (maktab, litsey/kollej oʻquvchilari ham) qatnashishi mumkin. Tanlovga video, taqdimot yoki rasmlarga insho (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 9 nafar sovrindorga ularning ismi tushirilgan sertifikat beriladi.
– 9 nafar sovrindor AQSHdagi “Koinot meʼmorlari” lagerida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi (ichki transport, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi).
– Shuningdek, barcha ishtirokchilarga turli onlayn kurslarga qatnashish uchun obuna taqdim etiladi.

Ishlar 2023-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/worldwide-youth-multimedia-competition/

@grantlar
👍51❤5🔥4
AQSH: J-1 viza

AQSHda oʻqish imkonini beruvchi bir qancha dasturlarni, jumladan, almashinuv dasturlarini yutganlar AQSHga J-1 viza orqali ketadi.

Ba'zi oʻquvchilar “J-1 viza orqali AQSHda oʻqib qaytgandan keyin 2 yil davomida xorijga (yoki AQSHga) chiqish mumkin emas ekan, shundaymi?” deb soʻramoqda.

Yoʻq, unday emas (ayrim hollar bundan mustasno).

Grantlar.uz jamoasi AQSHning J-1 vizasi haqida maqola tayyorlagan.

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
👍53❤2🔥1
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Bugun shu haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grantga-hujjat-topshirishdagi-muhim-qoida-qabulning-oxirgi-kunini-kutmang/

@grantlar
👍67🔥11❤9
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 27-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
👍46❤4🔥3
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2023-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍31❤7
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bugun shu haqida ma'lumot beramiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍16❤12