Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan 5 kunlik “TоT” (Traning of Traines) dasturi Qarshi shahrida!

Amerika Markazi tomonidan tashkil qilinuvchi WomanUP klubi trenerlar uchun maxsus tayyorgarlik mashg’uloti o'tkazish maqsadida Qarshi shahriga tashrif buyurmoqda. 5 kunlik qizg'in mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar ayollarning muammolari, dunyoqarashi, nizoli holatlarni hal qilish hamda muhokamalar o'tkazishga qaratilgan uslublarni o’rganishlari mumkin.

Dastur talablari:
— Ariza topshirayotgan vaqtda 18-25 yosh bo’lishi.
— Hozirda Qarshi shahrida istiqomat qilishi.
— Ingliz tilini yetarlicha bilishi.
— 14-18-mart kunlari oflayn (yuzma-yuz) treningda ishtirok eta olishi lozim.

Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/KPemEHfXvpZnQube8

Qabul muddati: 2023-yil 6-mart, soat 23:59 gacha.

Loyiha WomenUp trenerlarini kashf qilish uchun tashkil etimoqda. Savollarga aniq fakt va detallar bilan yetakchilik qobiliyatingizni namoyon qilgan holda batafsil javob berishga harakat qiling.

Dasturga nomzodlar saralanayotganda til bilish darajasi hisobga olinadi, chunki klub mashg'ulotlari asosan ingliz tilida o'tkaziladi. Eng yaxshi asoslab berilgan va keng qamrovli javob egalari tanlab olinadi.

Dastur o'tkazilish joyi: Qarshi shahridagi “Amerika Burchagi”.

Dastur bilan bog'liq qo'shimcha murojaatlar uchun: womanupact@gmail.com

@grantlar_namuna
👍53❤7
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 40 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin qabul muddati: 2023-yil 31-mart.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍65❤15🔥7
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍64❤9🔥7
Oʻqish bepul universitetlar: Curtis Institute of Music (AQSH)

Bu oliygohda musiqa sohalari boʻyicha bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlar taklif etiladi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Qabul qilingan barcha talaba kontrakt summasidan ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlarini qoplash uchun 2 xil turdagi moliyaviy yordam mavjud.
– Talabalar universitetda oʻqish davridagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari xarajatlarini qoplash uchun 1750 dollar toʻlashi kerak.

Qabul

Arizalar odatda sentabr yoki oktabr oyidan boshlab qabul qilinadi va dekabr oʻrtalarida yakunlanadi.

👉 OLIYGOH HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍51❤12
SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta!

Forumda ingliz yoki ispan tilini biladigan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari, shuningdek shu darajalarni 2022 yoki 2023-yili bitirganlar qatnashishi mumkin.

Forum 2023-yil 28-30-iyul kunlari Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur imtiyozlari:
– Forumga bepul qatnashish
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Forum davomida mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/south-american-business-forum-sabf/

@grantlar
👍69❤8🔥6
World Intellectual Property Day 2023 Video Competition: 18 yosh va undan kattalar uchun qisqa videoroliklar tanlovi

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan istalgan nomzod mavzuga oid 90 soniyalik video bilan qatnashishi mumkin.

Video audiosiz (soʻzsiz) yoki audio bilan tayyorlanishi mumkin. Audio bilan tayyorlanganda audio quyidagi tillardan birida boʻlishi kerak: rab, xitoy, ingliz, fransuz, yapon, portugal, rus yoki ispan.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5426 dollar qiymatidagi raqamli uskunalar
– 2-oʻrin: 3256 dollar qiymatidagi raqamli uskunalar
– 3-oʻrin: 1085 dollar qiymatidagi raqamli uskunalar
– Eng yaxshi 10 ta video muallifi uchun WIPO akademiyasi oʻquv mashgʻulotlaridan foydalanish imkoniyati

Arizalar 2023-yil 20-mart, 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-intellectual-property-day-video-competition/

@grantlar
👍52❤9
Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti!

Arizalarni koreys yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta beriladi
– 622 dollar oylik stipendiya
– Oʻqish boshlanishidan oldin 4 oylik bepul koreys tili kursi
– Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi
– Joylashib olish uchun 153 dollar mablagʻ
– Koreya tili malakasi puli (oyiga 76 dollar)
– Bitiruv ishi uchun mablag' (765 dollar)

Qabul 2023-yilning 23-martidan 2-apreligacha davom etadi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirish muddati qisqa (10 kun). Shu sababli, qabul boshlanishini kutmasdan, hujjatlarni hozirdan tayyorlashga kirishish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-borish-kelish-xarjatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍54🔥14❤4
Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Germaniya — ham oʻqib, ham ishlash uchun eng maqbul davlatlardan biridir. Bugungi postimizda Germaniyada talaba sifatida ishlash bo'yicha koʻp beriladigan savollarga javob beramiz.

👉 POSTNI O'QISH 👈

@grantlar
👍54🔥4❤1
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2023-yilgi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2023-yil 10-martdan 31-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍42🔥6❤4
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2024-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍47❤1🔥1
#foydali

Toshkentdagi rasmiy EducationUSA markazi AQSHda oʻqish uchun muvaffaqiyatli ariza topshirish boʻyicha bepul maslahat xizmatini taklif qiladi.

Bu xizmatdan onlayn yoki oflayn formatda foydalanish mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.

Yodda tuting:
– onlayn maslahat uchun kamida 2 kun oldin;
– oflayn maslahat uchun kamida 1 hafta oldin roʻyxatdan oʻtilishi kerak.

Kimlar foydalanishi mumkin?

Bu xizmatdan maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari, universitet talabalari, ota-onalar, taʼlim muassasasi rasmiylari va boshqalar foydalanishi mumkin.

Aynan nimalar boʻyicha maslahat olish mumkin?

Bakalavriat, magistratura, PhD, ingliz tili dasturlari va boshqa taʼlim dasturlariga muvaffaqiyatli ariza topshirish boʻyicha maslahat olishingiz mumkin.

Maslahat olish uchun arizani BU YERDA toʻldirishingiz kerak.

Roʻyxatdan oʻtilganidan keyin sizga maslahat xizmati uchrashuvi haqidagi maʼlumotlar berilgan tasdiq emaili yuboriladi.

@grantlar_namuna
👍47🔥9❤8
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2023-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍34❤6🔥2
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 49-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr uchun 62 yevrodan 152,3 yevrogacha haq toʻlanadi. Bu toʻlov semestr badali va jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍84❤10🔥8
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Britaniyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5416 AQSH dollari
– Britaniyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2023-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍43🔥7❤3
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Koʻpgina dasturlarda nomzodlardan CV soʻraladi. Bunda nomzodlarda “CV nima oʻzi?”, “Uni qanday tayyorlayman?” va shu kabi boshqa savollar tugʻilishi mumkin.

Grantlar.uz jamoasi CV va uni EuroPass formatiga (eng ommabop formatlardan biri) tayyorlash haqida maqola tayyorlagan. Undan CVʼga oid eng muhim maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Maqola bilan quyida tanishing👇
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
👍23🔥20❤7
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Media and Human-Centered Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍25❤12
Insho tanlovlari toʻplami

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari roʻyxatini eʼtiboringizga havola etamiz.

Tanlovlar gʻoliblarga bir necha yuz dollardan xorijda bepul oʻqish imkoniyatigacha boʻlgan mukofotlarni taqdim qiladi.

👉 INSHO TANLOVLARI RO'YXATINI KO'RISH

@grantlar
👍36🔥10❤6
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍48🔥10❤9
Global Youth Convention: Marokashda 4 kunlik yoshlar forumi; 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud!

Forumda 18 yoshdan katta talabalar va istalgan soha mutaxassislari qatnashishi mumkin. Forum 2023-yil 17-20-may kunlari Marokashning Kasablanka shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Ishtirokchilar uchun 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud.

Forumda ayrim barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Forumda bepul qatnashish
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Taklifnoma/viza yordami xati
– Mehmonxonadan xona
– Oziq-ovqat
– Forum materiallari
– Aeroportdan olib ketish va qaytarib olib borish
– Hukumat vakillari bilan tushlik

Arizalar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-youth-convention-on-un-sustainable-development-goals/

@grantlar
👍55🔥18
AQSHda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Amerika koʻpchilik uchun orzular mamlakati hisoblanadi. AQSHda oʻqimoqchi boʻlganlar esa tabiiy ravishda ishlash orqali oʻz xarajatlarini qoplash haqida oʻylaydi.

Shu sababli, navbatdagi postimizda AQSHda xalqaro talaba sifatida ishlash haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍55🔥14❤9