Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiluvchi bu dasturga istalgan yosh va istalgan soha vakillari, jumladan, oʻquvchilar, talabalar, ishlayotganlar, ishsizlar ham ariza topshirishi mumkin.

Nomzod amaliyot davomiyligi va davrini oʻzi tanlaydi.

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).

Dastur pulli, lekin dastur haqi uchun 50% lik grantlar taklif etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Germaniya va Yevropa Ittifoqiga safar qilish imkoniyati
– Nemis va ingliz tilini yaxshilash, nemis madaniyati bilan tanishish va tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur haqida uchun 50% gacha grant olish imkoni mavjud

Arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi:
– 1-28-fevral
– 1-31-may
– 1-31-avgust
– 20-noyabr – 20-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ongoing-internship-program-leaders-for-future-ongoing-lf/

@grantlar
👍45❤8🔥1
APPLY NOW!

We are excited to announce that we are now accepting applications from passionate and inspiring individuals who are interested in becoming a TED-Ed al-Khwarizmi speaker.

Our team has lots of interesting things planned out for the speakers, so we encourage you all to submit your application to be considered as a speaker.

We are looking for ideas that are original, thought-provoking, and have the potential to make a positive impact on our society.

We wish you the best of luck with your application and look forward to hearing your ideas!

👉🏻 Link for registration:
https://forms.gle/eqPrnjVqQkCSxU148

Deadline: March 31st (included)
Telegram | Instagram
👍23❤5
Oʻqish bepul universitetlar – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar odatda har yili sentabr yoki oktabr oyidan noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍46🔥9❤7
Yozgi/qishki maktablar: Chet elga chiqishning kam eʼtibor beriladigan usuli

Biror xorijiy tilni oʻrgangan koʻpchilik chet elga borishni, u yerdagi odamlar va hayot tarzi bilan tanishishni xohlaydi. Yozgi/qishki maktablar bu uchun qulay, ayrim hollarda hamyonbop va hatto bepul imkoniyatdir.

Bugungi postda bunday maktablarning afzalliklari haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yozgi-qishki-maktablar-chet-elga-chiqishning-kam-etibor-beriladigan-usuli/

@grantlar
👍54🔥5❤1
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2023-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍40❤8
Apostil nima, hujjatlarimga qayerda apostil qo'ydirishim mumkin?

Ayrim davlatlardagi universitetlarga ariza topshirishda diplom yoki boshqa hujjatlarni apostil qilish talab etiladi.

Bu postimizda apostil nima ekani va uni qanday mustaqil qildirish mumkinligini bilib olasiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍28❤22
ADB–JSP: magistraturani Yangi Zelandiyada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Bu dastur doirasida dunyoning 87-raqamli oliygohi – Oklend universitetining bir qancha magistrlik dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan ozod qiladi
– Borish-kelish uchun viachipta xarajatlari qoplanadi
– Yashash xarajatlari uchun oylik moddiy yordam
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 21-iyulgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yildan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asian-development-bank-japan-scholarship-program/

@grantlar
👍51❤6🔥1
Oʻqish bepul universitetlar: Berlin ozod universiteti (Germaniya)

Bu universitet dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 118-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 322,9 yevro badal toʻlanadi (bu semestr badali, 1 semestrlik jamoat transporti chiptasi, ijtimoiy toʻlov va boshqalarni oʻz ichiga oladi)
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
Arizalar yiliga 2 marta (qishki va kuzgi semestr uchun) qabul qilinadi. Yoʻnalishga qarab, qabul sanalari nihoyatda farq qiladi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍57❤15🔥8
#Eslatma

JACAFA dasturi boʻyicha mentorlik kursiga qabul 25-martda tugaydi.

JACAFA dasturi bakalavriat talabalariga 110 dollar oylik stipendiya taqdim etadi va boshqa imkoniyatlarni beradi.

Hozirda bu dastur boʻyicha mentorlik kursiga qabul davom etmoqda. Mentorlik kursiga qabul 25-mart 23:59 da yakunlanadi.

👉 MENTORLIK KURSI HAQIDA BATAFSIL

👉 JACAFA DASTURI HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍16❤3🔥1
Global Youth Convention: Marokashda 4 kunlik yoshlar forumi; 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud!

Forumda 18 yoshdan katta talabalar va istalgan soha mutaxassislari qatnashishi mumkin. Forum 2023-yil 17-20-may kunlari Marokashning Kasablanka shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Ishtirokchilar uchun 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud.

Forumda ayrim barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Forumda bepul qatnashish
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Taklifnoma/viza yordami xati
– Mehmonxonadan xona
– Oziq-ovqat
– Forum materiallari
– Aeroportdan olib ketish va qaytarib olib borish
– Hukumat vakillari bilan tushlik

Arizalar 2023-yil 30-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-youth-convention-on-un-sustainable-development-goals/

@grantlar
👍42🔥12❤9
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍58❤9🔥1
Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturiga (NSP) oid qoʻshimcha manbalar

Bugun NSP dasturi boʻyicha tayyorlangan 2 ta qoʻshimcha manbani eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 Shu dastur yuzasidan slovak universitetlaridan qabul xatini olish jarayoni

👉 Shu dastur boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar

Bundan avvalgi manbalar bilan BU YERDA tanishing.

Maʼlumot uchun: NSP dasturi Slovakiyada 3-10 oyda davomida grant asosida oʻqish yoki tadqiqot olib borish imkonini beradi. Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

@grantlar
👍24🔥7❤6
Avstriya: kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar

Avstriyadagi davlat universitetlarida kontrakt puli boshqa Yevropa davlatlaridan ancha arzon (odatda 1 semestr uchun 730 yevro atrofida) va ayrim oʻqish bepul universitetlar ham mavjud.

Navbatdagi post shunday universitetlarning ayrimlari haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍50❤4🔥1
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.

Hikoyalar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
👍59❤10🔥8
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2023- yoki 2024-yil bitiradiganlar yoki 2022-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍43❤9🔥4
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

Ko'pchilik yuqoridagi savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob: ha, bunday grantlar bor.

Bu post qabul jarayonida til sertifikati talab qilmaydigan dasturlar turlari haqida bilib olasiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍27❤12🔥6
Global STEM Leadership Scholarship Programme: Britaniyada magistraturani STEM sohasida oʻqish uchun qisman grantlar

Bu grant dasturi City University of London oliygohi tomonidan STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun taklif etilmoqda.

Dastur doirasida 25 nafar talabaga grant ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovining 75 foizi qoplanadi — 10 nafar;
– Kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplanadi — 15 nafar.

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-stem-leadership-scholarship-programme/

@grantlar
👍19❤4🔥3
AQSH elchixonasi Fulbright Foreign Student Program dasturiga qabul boshlanganini eʼlon qildi!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 25-may, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Dastur boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar

@grantlar
👍46🔥10❤2
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 410 nafar talabani (280 nafar magistr, 130 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (540-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2023-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2023-yil 3-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍41🔥15❤6
The Geneva Challenge 2023 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yolgʻizlik muammolari boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 000 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5500 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2740 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2023-yil 23-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
👍34🔥5❤3