Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
“Wiki Yerni sevadi” xalqaro fotografiya tanlovi – gʻoliblar mahalliy va xalqaro miqyosda taqdirlanadi

Tanlovda fotografiyaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchilar oʻz davlatidagi mahalliy tabiiy meros va manzarali landshaftlarni suratga olishi hamda ularni Wikimedia Commonsʼga yuklashi kerak.

Mukofotlar:
– Amazon yoki boshqa onlayn-doʻkonlar uchun vaucherlar (qiymati oʻrniga bogʻliq)
– Mahalliy miqyosda ham mukofotlar beriladi. Hozirda sovrinlar muhokama qilinmoqda, rejalashtirilgan mukofot jamgʻarmasi – 8 500 000 soʻm.

Suratlar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wiki-yerni-sevadi-xalqaro-fotografiya-tanlovi/

@grantlar
👍32🔥8❤4
Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus tanlovlar toʻplami

Hozirda maktab, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi boʻlgan bir qancha tanlovlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Bugun hozirga qabul davom etayotgan shunday tanlovlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 TANLOVLAR ROʻYXATINI KOʻRISH 👈

@grantlar
🔥16👍13❤1
Maktab oʻqituvchilari uchun “Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni rejalashtiring” mavzusidagi eng yaxshi dars ishlanmasi boʻyicha tanlov

Tanlovga istalgan fandan 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan / oʻtkaziladigan moliyaviy savodxonlik boʻyicha dars ishlanmasi qabul qilinadi.

Tanlov ishi 2023-yil 30-aprelgacha oʻtkazilgan dars ishlanmasi videoroligi (20 daqiqagacha) va metodik ishlanmasi shaklida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1 oʻrin: monoblok
– 2 oʻrin: noutbuk
– 3 oʻrin: smartfon

Arizalar 2023-yil 30-aprel 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqituvchilar-uchun-dars-ishlanmasi-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍42❤10🔥3
Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

Bunday dasturlar anchagina va ularda turli yosh va soha vakillari (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) qatnashishi mumkin.

👉 DASTURLAR RO'YXATINI KO'RISH

@grantlar
🔥26👍15❤1
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 288) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍40❤8
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 9-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
👍24🔥21❤9
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 288) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍20🔥12❤2
Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?

Hozirda ko'plab chet el universitetlari qabul jarayonida Duolingo English Test sertifikatini ham qabul qiladi.

Bu qanday imtihon? Topshirish narxi atigi 59 dollar bo'lgan bu imtihonning afzalliklari nimada?

Navbatdagi postda shular haqida ma'lumot beramiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar_namuna
👍23❤12🔥3
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 288) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍28❤3🔥1
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍42🔥8❤3
Transversalidades – Photographs without Frontiers: bosh mukofot 1500 yevroni tashkil qiluvchi fototanlov!

Tanlovda belgilangan 4 ta mavzu boʻyicha dunyoning istalgan davlatidan boʻlgan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1 nafar gʻolib 1500 yevro;
– Har bir mavzu boʻyicha eng yaxshi portfolio egasi 750 yevro;
– Yana eng munosib 12 tagacha ishtirokchi 150 yevrodan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga rasmlar 2023-yil 6-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/transversalidades-photographs-without-frontiers/

@grantlar
👍38❤8
Kanadada o'qish: afzalliklar, xarajatlar va ishlash imkoniyati haqida

Kanada – koʻplab boʻlajak talabalar tahsil olishni xohlaydigan davlatlardan biridir.

Oxirgi yillarda esa Oʻzbekistonda ham bu mamlakatda oʻqishni xohlovchilar soni keskin oshib bormoqda.

Shu sababli, navbatdagi postimizda Kanadada oʻqishning afzalliklari, talabaning xarajatlari va ishlash imkoniyatlari haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍29🔥24❤7
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍32❤6🔥1
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2023-yil 1-fevraldan 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍45❤5
Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun grantlar

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Hazar universiteti bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish qisman grantlar taklif etmoqda.

Grantlar universitetda mavjud istalgan soha uchun beriladi.

Darslar ingliz tilida boʻladi. Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Imtiyozi:
Grantlar talabani kontrakt summasining muayyan qismini toʻlashdan ozod qiladi.

Qabul 2023-yil 15-may yoki 15-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍34❤7🔥2
Mudofaa vazirligida “Ikkinchi jahon urushi — xotiralarda” nomli ijodiy ishlar tanlovi

Tanlovda madaniyat va sanʼatga ixtisoslashgan maktablar, oliy taʼlim muassasalari oʻquvchilari, talabalari va oʻqituvchilari, shuningdek, ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlov 3 yoʻnalishda oʻtkaziladi:
– rangtasvir
– grafika
– haykaltaroshlik

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2023-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ikkinchi-jahon-urushi-xotiralarda-nomli-ijodiy-ishlar-tanlovi/

@grantlar
👍37❤2🔥2
Xorijda 1 semestr yoki 1 yil oʻqish imkonini beruvchi grant dasturlari

Bunday dasturlar orqali quyidagilar xorijda grant asosida bir muddat tahsil olishi mumkin:
– Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari;
– Bakalavrlar;
– Magistrlar;
– Doktorantlar.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
🔥27👍18❤1
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍29🔥5❤4
Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!

Yozgi maktab Germaniyadagi Ruhr universitetida 2023-yil 16-29-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur mashgʻulotlari rus tilida olib boriladi.

Dasturga kamida 18 yosh boʻlgan jurnalist, bloger va siyosiy fanlar, jurnalistika, sotsiologiya kabi sohalardagi tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 22-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-summer-school-of-journalism-and-socio-cultural-research/

@grantlar
👍52🔥7❤5
Postni saqlab qoʻying: bu post naq xazina;)

Hozirga qadar kanalga bir qancha foydali postlarni joyladik.

Quyida ularning xaritasini eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 Oʻqish bepul universitetlar roʻyxati

👉 Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

👉 Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

👉 Bloklangan hisob raqamni qanday ochaman (Germaniya)?

👉 Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin

👉 Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

👉 AQShda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

👉 Xorijda bir necha oydan 1 yilgacha oʻqish imkonini beruvchi dasturlar

👉 Kanadada o'qish: afzalliklar, xarajatlar va ishlash imkoniyati haqida

👉 Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?

👉 Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar

👉 Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

👉 Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

👉 Duolingo English Test qabul qilinadigan TOP universitetlar

👉 Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?

👉 Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus tanlovlar toʻplami

👉 Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar

👉 Eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha qaysi davlatlar yetakchi?

👉 GPA nima, qanday hisoblanadi?

👉 Transkript nima, qanday tayyorlanadi, grant yutishda uning ahamiyati qanday?

👉 Apostil nima, hujjatlarimga qayerda apostil qo'ydirishim mumkin?

👉 Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?

👉 Hujjatlarni bepul skanerlash uchun eng yaxshi 5 ta ilova

😎 Postni doʻstlaringizga ulashishni unutmang!

@grantlar_namuna
🔥48👍40❤11