Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Forwarded from Salomov.uz
Bir tanishim bor. 5 marta oʻqishga qayta-qayta topshirgan, 5-martasida kirgan.

Qisqacha tarixi:

1-yil Toshkent moliya institutiga topshirgan. Kirolmagan. Keyin “hali koʻrsatib qoʻyaman” deb armiyaga ketgan. Armiyadan harbiy imtiyoz olib qaytgan.

Harbiy imtiyoz ruhiyatini koʻtarib yuborganidan, bu safar Toshkent davlat yuridik universitetiga topshirgan. Imtiyoz bilan ham kirolmagan Yurdik universitetga.

3-martasida yana harbiy imtiyoz bilan Yuridik universitetga topshirgan. Kirolmagan.

4-marta ham harbiy imtiyoz bilan Yuridik universitetga topshirmoqchi boʻlgan. Lekin harbiy imtiyoz tavsiyanomasini yoʻqotib qoʻygan.

Dublikatini olish uchun Mudofaa vazirligiga murojaat qilgan bola bechora. Vazirlik harbiy boʻlinmaga yuborgan. Harbiy boʻlinma ham dublikat bermagan. Lekin chindan harbiy xizmat oʻtagani va seriya-raqamli tavsiyanoma berilgani haqida maʼlumotnoma yozib bergan. Shu maʼlumotnoma bilan qaytgan qabul komissiyasiga. Qabul komissiyasi uni qabul qilmagan.

Qabulning oxirgi kunida noiloj harbiy imtiyozsiz oddiy abituriyent sifatida hujjatlarni topshirgan (2016-yil, 20-iyul).

23-iyulda onasi kitobi orasidan tavsiyanomasini topib olgan. Uni koʻtarib, qabul komissiyasiga ulkan umidlar bilan kelgan, lekin kechikkan hujjatlar qabul qilinmasligini aytishgan.

Prorektor nomiga ariza yozgan, ariza rad etilgan. DTMga arz qilib borgan, u bolani Qabul komissiyaga qaytargan. Qabul komissiya yana DTMga joʻnatgan gʻaribni. Oxiri DTM bezor boʻlgnidan “imtihonni topshiraver, natijalar chiqqach, harbiy imtiyoz ballini (61,2 ball) qoʻshib beramiz” degan.

Imtihonga kirgan. Natijalar chiqqan – 28 ball yetmagan kirish balliga. “Heh, 28 ball nima boʻlibdi, 61,2 ballim bor-ku!” deb DTMga yuzlangan. DTM ball qoʻshib bera olmasligi aytgan.

Keyin prezident portaliga ariza bergan, portal arizani DTMning oʻziga yuborgan. Figʻoni falakka chiqqan qahramonimiz DTMni sudga bergan. Afsuski, sud ham uning talabini qanoatlantirmagan.

Soʻng u Vazirlar Mahkamasiga borgan, undan keyin Prezident devoniga. Xullas, borish mumkin boʻlgan barcha idoraga borib, 30 ga yaqin arizasi rad etilib, inkor qilish mumkin boʻlgan barcha sabab koʻrsatilgan. Idoralar asosli rad etgan.

Oxiri “tupurdim hammangga” degan jahl bilan. Shart tarki dunyo qilgan-da, faqat oʻqigan – kirish imtihoniga tayyorlagan.

2017-yili 5-marta oʻqishga topshirgan - Yuridik universitetga, harbiy imtiyozsiz (imtiyoz faqat 3 yil amal qiladi). 209,7 ball bilan kontraktga kirgan. Hozir Toshkent davlat yuridik universitetida 3-kurs.

Xulosa: Davlat idoralari yoki boshqa shaxslardan yordam izlashdan koʻra, oʻz ustingda ishlashga kuchingni sarflash orqali maqsadingga tezroq va osonroq erishishing mumkin baʼzida.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
👍2
Qirgʻiziston: Jurnalistlar uchun toʻrt haftalik yozgi institut; barcha xarajatlar qoplanadi va stipendiya beriladi!
👉 https://grantlar.uz/qirgiziston-jurnalistlar-uchun-tort-haftalik-yozgi-institut-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Buyuk Britaniya: MBA bosqichi uchun 8 000 funt-sterling grant
👉 https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-mba-bosqichi-uchun-8-000-funt-sterling-grant/

@grantlar
Germaniya: Bakalavriat va magistraturani tamomlayotganlar uchun grant; oylik sipendiya – 300 yevrogacha!
👉 https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistraturani-tamomlayotganlar-uchun-grant-oylik-sipendiya-300-yevrogacha/

@grantlar
Yaponiya: Magistratura bosqichida tahsil olish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!
👉 https://grantlar.uz/yaponiya-magistratura-bosqichida-tahsil-olish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
University of Cambridge: Magistratura tadqiqot kursi uchun 5000 funt-sterlinggacha grant
👉 https://grantlar.uz/university-of-cambridge-magistratura-tadqiqot-kursi-uchun-5000-funt-sterlinggacha-grant/

@grantlar
Germaniya: Magistraturada tahsil olayotganlar va yosh mutaxassislar uchun ekologiya sohasida 6 oylik stajirovka; stipendiya beriladi!
👉 https://grantlar.uz/germaniya-magistraturada-tahsil-olayotganlar-va-yosh-mutaxassislar-uchun-ekologiya-sohasida-6-oylik/

@grantlar
AQSh: Bakalavriat bosqichini oʻqish uchun 48 000 AQSh dollargacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/aqsh-bakalavriat-bosqichini-oqish-uchun-48-000-aqsh-dollargacha-grantlar/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi taʼsis etilibdi. Yaxshi xabar.

Bu haqda 2020-yil 31-yanvar kuni institutda rektor va talabalarning ochiq muloqotida rasman eʼlon qilingan.

Stipendiya egalarini institut ilmiy kengashi qarori bilan tasdiqlangan ishchi guruh aniqlar ekan.

Rektor stipendiyasi miqdori 500 ming soʻm boʻlib, 2019/2020 oʻquv yilining bahorgi semestridan taʼsis etiladi va butun semestr davomida beriladi.

Mazkur stipendiyani qoʻlga kiritish uchun talaba institutning barcha fanlarini chuqur oʻzlashtirishi, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari, tanlov hamda fan olimpiadalari sertifikatlariga ega boʻlishi, sport va maʼnaviy tadbirlarda ishtirok etishi, IELTS va boshqa til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega boʻlishi lozim.

Rektor stipendiyasi uchun nomzodlar dekanat va Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tavsiyanomasiga koʻra, tanlov asosida saralab olinadi.

Shu bilan stipendiya haqidagi xabar tugadi.

Oliygohlarda talabalarni izlanishga, oʻz ustida ishlashga undovchi stipendiyalar joriy etilishi ijobiy holat, buni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman.

Lekin Toshkent davlat stomatologiya institutidagi rektor stipendiyasi haqida oʻqib, stipendiya faqat “universal soldat”larga berilar ekan-da, degan fikr keldi xayolimga.

Aytaylik, ushbu stipendiyani olish uchun sport va maʼnaviyat tadbirlari ishtirok etish sharti nega kerak? Shunchaki, sportni taʼlimdan alohida ajratishni imkoni yoʻqmi? Dunyoda jismoniy jihatdan nimjon va hattoki nogiron boʻlgan olimlar, fan sohasida keskin burilish yasaganlar, ilm-fan boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari qancha. Maʼnaviy tadbirlar boʻyicha ham shu fikrdaman.

Taʼlimni ragʻbatlantirishda har bir sohaga xususiy yondashmaslik, ragʻbatga ega boʻlish uchun hamma sohada super qahramon boʻlish talabini qoʻyish kerakli natijani bermaydi.

Ilm-fanni, taʼlimni ragʻbatlantirish uchun talablarni soha yoʻnalishida qisqartirish kerak. Ilm-fan uchun shu fan sohasidagi stipendiya berilsin. Maʼnaviyat uchun alohida boʻlsin. Sport uchun sport stipendiyasi berilsin, marhamat. Biror chempion bokschiga mashina yoki uy berishda “agar fizikadan respublika olimpiadasida olingan diploming boʻlsa, keyin uy (mashina) beramiz” deyish kulgili-ku, shundaymi?

Albatta, yuqorida tilga olingan stipendiya maqsadi aynan ilm-fanni emas, universallikni ragʻbatlantirish boʻlishi ham mumkin. Lekin hozirgi davrda universallik – utopiya. Barcha sohani toʻliq oʻrganish toʻlaligicha imkonsiz. Barcha sohada toʻliq boʻlmagan bilim va mahoratni oʻzlashtirgandan koʻra, bitta sohani mukammal oʻzlashtirgan afzal. Hozirda zamon talabi shunday.

Qaysi taʼlim muassasasi boʻlmasin, ilm-fanni (sport, maʼnaviyat va boshqalarni ham) ragʻbatlantirishda tor doirada yondashish ancha samarali ekanligini hisobga olishini juda xohlardim. Shuningdek, ragʻbatning muntazamligi ahamiyatini ham esdan chiqarmaslik kerak.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
❤1
Germaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; barcha xarajatlar qoplanadi; oila a’zolariga ham mablagʻ beriladi; oylik stipendiya – 1 350 yevro; joy – 120 ta!
👉 https://grantlar.uz/germaniya-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oila-azolariga-ham-mablag-beriladi/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
​​Kecha Toshkent davlat stomatologiya institutida rektor stipendiyasi taʼsis etilgani, lekin shartlariga koʻra uni faqat “universal soldatlar” olishi mumkindek tuyulishi haqida yozgan edim.

Bugun shu post yuzasidan institutning matbuot kotibi aloqaga chiqdi. Kotib ushbu stipendiyaga ega boʻlish uchun talabadan stipendiya haqidagi yangilikda sanalgan shartlarning barchasiga bir vaqtda mos boʻlish soʻralmasligi, shunchaki, bu shartlarning har biri stipendiya nomzodiga maʼlum ball berishi haqida aytdi. Batafsil maʼlumot uchun stipendiya Nizomini ham yubordi.

Nizomga koʻra, stipendiyaga nomzodlar quyidagi mezonlar boʻyicha keltirilgan ballar bilan baholanadi:

1. Fanlarni oʻzlashtirish – 20-25 ball.
2. IELTS va boshqa sertifikatlar – 10-20 ball.
3. Fakultet dekani tavsiyasi – 15 ball.
4. Ilmiy anjumanlar, olimpiada – 10-20 ball.
5. Yoshlar ittifoqi talabalar kengashi tadbirlarida ishtiroki – 10.
6. Koʻrik-tanlov va sport – 5-10 ball.

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritgan talabalar davlat tomonidan beriladigan stipendiyadan tashqari 5 oy davomida oyiga 500 ming soʻm qoʻshimcha ragʻbat bilan taʼminlanadi.

Institut matbuot kotibiga tezkor reaksiya va batafsil maʼlumot uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Va taʼkidlash joizki, institutning stipendiya joriy qilganligi tahsinga sazovor.

Shu oʻrinda, Oʻzbekistonda taʼlim, tadqiqot, ilm-fanga boʻlgan ragʻbat boshqa sohalardan ajratilishi, ixtisoslashtirilishining samarasi ularni boshqa sohalar bilan aralash holda ragʻbatlantirgandan ancha yuqori boʻlishini yana bir bor taʼkidlash lozim.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
🔒 Estoniya: Siyosat va davlat boshqaruvi sohasida magistratura uchun toʻliq grant; joy – 32ta!
👉 https://grantlar.uz/estoniya-siyosat-va-davlat-boshqaruvi-sohasida-magistratura-uchun-toliq-grant-joy-32ta/

@grantlar
University of Cambridge: Barcha bosqichlarda oʻqish uchun 20 000 funt-sterlinggacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/university-of-cambridge-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-20-000-funt-sterlinggacha-grantlar/

@grantlar
Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun 3 346 AQSh dollar grant
👉 https://grantlar.uz/avstraliya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-3-346-aqsh-dollar-grant/

@grantlar
Kanada: Bakalavriat bosqichlarida oʻqish uchun qisman grant; joy – 90ta!
👉 https://grantlar.uz/kanada-bakalavriat-bosqichlarida-oqish-uchun-qisman-grant-joy-90ta/

@grantlar
Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun qisman grant; joy – 400ta!
👉 https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-magistratura-bosqichi-uchun-qisman-grant-joy-400ta/

@grantlar
Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura kurslari uchun uchun 50 foizgacha grantlar
👉 https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-bakalavriat-va-magistratura-kurslari-uchun-uchun-50-foizgacha-grantlar/

@grantlar
Forwarded from Salomov.uz
С.A.T. Science Accelerator – ilmiy loyihalar akseleratoriga arizalar qabul qilinmoqda.

Dasturda oʻz startap-loyihasini ishga tushirmoqchi boʻlgan olimlar va axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar quyidagi sohalar boʻyicha qabul qilinadi:
– “yashil” texnologiyalar;
– diagnostika va biotibbiyot;
– yangi materiallar ishlab chiqarish;
– muqobil energiya manbalari;
– ilm-fanda IT-texnologiyalar;
– oziq-ovqat bilan bogʻliq texnologiyalar.

Dasturda ishtirokchilar oʻz gʻoyangizni sinovdan oʻtkazib, prototipini yaratadi va biznesni ishga tushirish koʻnikmalariga ega boʻladi. Bundan tashqari xalqaro mentorlarning maslahatlarini olib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkonini qoʻlga kiritadi.

Maʼlumot uchun: Akseleratorga birinchi qabul 2019-yilda o‘tkazilgan va akseleratorning 3 ta startap-loyihasi O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy qiymati $200 000 miqdorida investitsiyaga ega bo‘ldi.

Akseleratorga arizalar 2020-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Dastur haqida SHU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga SHU YERDA ariza topshirishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Buyuk Britaniya: Huquq sohasida PhD uchun toʻliq grant; yillik 17 000 funt-sterling stipendiya!
👉 https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-huquq-sohasida-phd-uchun-toliq-grant-yillik-17-000-funt-sterling/

@grantlar
Yaponiya: Magistratura uchun toʻliq grantlar; oylik stipendiya – 1 186 AQSh dollargacha!
👉 https://grantlar.uz/yaponiya-magistratura-uchun-toliq-grantlar-oylik-stipendiya-1-186-aqsh-dollargacha/

@grantlar