Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot

👉 https://grantlar.uz/adb-internship-program-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-haq-tolanadigan-amaliyot/

@grantlar
Til sertifikati talab qilmaydigan yana bir grantga (magistratura) arizalar qabuli boshlanmoqda!

👉 https://t.me/grantlar_namuna/326

@grantlar
Bugun - 1-avgustdan qabul boshlandi!

Dunyoning 2-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grantga 100 tagacha talaba qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Oxford University Said Business School: Skoll Scholarship Programme - MBA kursi uchun toʻliq grant; yillik 14 985 funt-sterling stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/oxford-university-said-business-school-skoll-scholarship-programme/

@grantlar
Simmons University: AQSH bakalavr kursida bepul o’qish, turar joy ta’minoti, o’qish xarajatlari uchun qo’shimcha 3000 AQSh dollari miqdorida yordam puli!

👉🏻 https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
Loewe Foundation Craft Prize: hunarmandlar uchun tanlov; mukofot – 50 000 yevro va Seuldagi ko’rgazmada qatnashish imkoniyati!

👉 https://grantlar.uz/loewe-foundation-craft-prize-hunarmandlar-uchun-tanlov/

@grantlar
Ko'plab grant va dasturlarga ariza topshirishda arizachidan "Zip code" yozish so'raladi.

Xo'sh, "Zip code" nima va uni qanday topish mumkin?

Bugungi video shu haqida.

Videoni ko'rish👇

https://youtu.be/JQUYdiSLkfA

Video volontyor Firdavsbek Burxonov tomonidan tayyorlandi.

@grantlar
❤1
KF Fellowship for Korean Language Training: Koreyada toʻliq grant asosida til kursida oʻqish imkoniyati!

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– 1060 AQSH dollarigacha oylik stipendiya;
– Bepul sugʻurta;
– Yoʻl xarajatlari uchun 265 dollar mablagʻ.

Kimlar topshirishi mumkin?
Dasturga bakalavriat, magistratura, PhD talabalari, universitet professorlari, maʼruzachilar, mutaxassislar, jurnalistlar topshira oladi.

Arizalar 2021-yilning 31-avgustigacha qabul qilinadi.

Dasturga qabul qilinganlar Koreyada 6 oydan 1 yilgacha koreys tili kursida oʻqiydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kf-fellowship-for-korean-language-training/

@grantlar
Suv resurslariga oid mavzudagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 AQSh dollar, sertifikat va tadqiqotlarni xalqaro jurnalda bepul chop etish imkoni!

👉 https://grantlar.uz/suv-resurslari-mavzusidagi-phd-dissertatsiyalari-tanlovi/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)
👉 https://t.me/grantlar_namuna/290

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri - Chevening dasturiga qabul boshlandi!

Bu grant magistraturani Britaniya universitetlarida o'qish imkonini beradi.

Grant taqdim qiluvchi imtiyozlar:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qiladi;
- Oylik stipendiya beriladi;
- Britaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi;
- Yetib borganda va qaytishda yordam puli beriladi;
- Viza xarajatlari qoplanadi.

Dasturga arizalar 2021-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Germaniyada bepul yozgi til kurslari!

DAAD tashkiloti bakalavriat va magistratura talabalariga 18-35 kunlik yozgi nemis tili kurslari uchun grant taklif etadi.

Kurslar Germaniya universitetlari yoki til maktablaridan birida boʻlib oʻtadi.

DAAD grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Kursda bepul oʻqish.
– Turar joy.
– 1061 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun 875 yevro.
– Sugʻurta toʻlovlari.

Dasturga arizalar 2021-yilning 30-sentyabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Kurslar 2022-yil iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-university-summer-courses/

@grantlar
FLEX dasturining 2020-yilgi g'oliblari UZYLP dasturi orqali AQSHga jo'nab ketdi

FLEX dasturi maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej va litsey o'quvchilariga AQSHda bir o'quv yili davomida o'qish, bu davrda amerikalik oila bilan yashash imkoniyatini beradi.

Dastur ishtirok etish uchun barcha xarajatlarni qoplaydi.

Ushbu dasturning 2020-yilgi qabuli g'oliblari UZYLP dasturi orqali 2021-yil 25-iyul kuni O'zbekistondan AQSHga jo'nab ketdi. 2020-yilgi qabulda FLEX dasturiga 19 nafar o'zbek o'quvchisi qabul qilingan.

O'qivchilarga motivatsiya bo'lishi uchun g'oliblarning jo'nab ketish jarayoni haqida video tayyorladik.

Videoni bu yerda ko'ring👇

https://youtu.be/Cdlq07OBUpY

Eslatma: Navbatdagi qabul 2021-yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Qabul boshlanganda bu haqida kanalda e'lon qilamiz.

FLEX dasturi haqida BU YERDA o'qing.

Video volontyor Firdavsbek Burxonov tomonidan tayyorlandi.

@grantlar
Qirgʻiziston: Yosh tadqiqotchi va olimlar uchun 3 kunlik xalqaro seminar; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

👉 https://grantlar.uz/qirgiziston-yosh-tadqiqotchi-va-olimlar-uchun-3-kunlik-seminar/

@grantlar
Toshkent: Moʻtadil choʻl hududlari mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tezislar qabul qilinmoqda

👉 https://grantlar.uz/toshkent-motadil-chol-hududlari-mavzusidagi-xalqaro-konferensiyaga-tezislar-qabul-qilinmoqda/

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli grantlaridan biri boʻlgan Chevening dasturiga arizalar qabuli 3-avgustdan boshlandi.

Grantlar.uz jamoasi mazkur dasturni qoʻlga kiritib, Britaniyada tahsil olgan hamyurtimiz bilan suhbat tashkillashtirgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/chevening-stipensiyasi-sohibi-bilan-suhbat/

@grantlar
Boston University Presidential Scholarship: Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant
👉 https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
Markaziy Osiyo suv resurslari haqidagi tadqiqot ishlari boʻyicha tanlov: mukofot jamgʻarmasi 8000 yevro!
👉 https://grantlar.uz/markaziy-osiyo-suv-resurslari-haqidagi-tadqiqot-ishlari-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍1
Malayziya: Diplom va sertifikat taqdim qiluvchi kurslar uchun 50% gacha grantlar

👉 https://grantlar.uz/malayziya-diplom-va-sertifikat-taqdim-qiluvchi-kurslar-uchun-50-gacha-grantlar/

@grantlar
Kanada: barcha bosqichlar uchun qisman grantlar!
👉 https://grantlar.uz/kanada-barcha-bosqichlar-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar