Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
O'qish bepul universitetlar: King Abdullah University of Science and Technology (Saudiya Arabistoni)
👉 https://t.me/grantlar_namuna/243

@grantlar
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun oyiga 1800 dollargacha stipendiya; joy 10 ta!

👉 https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

👉 https://t.me/grantlar_namuna/365

@grantlar
Saudiya Arabistonida joylashgan o''qish bepul bo'lgan oliygoh - King Abdullah University of Science and Technology haqida post joylagandik.

Volontyor Firdavsbek Burxonov shu universitet haqida video tayyorladi.

Matn o'qishni yoqtirmaydiganlar videoni ko'rishlari mumkin. 😉

👉 VIDEONI KO'RISH

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH

@grantlar
👍1🔥1
Gates Cambridge Scholarships: Mahshur Kembrij universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MSc, MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 17 848 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 10 120 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 14 440 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan 2022-yilning yanvar oyi boshlarigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
👍1
2021-yil 1-sentabrdan FLEX dasturiga qabul boshlanadi.

Volontyor Firdavsbek Burxonov ushbu dastur haqida video tayyorladi. Video dastur, uning talablari va imkoniyatlari bilan tanishasiz.

Videoni ko'rish👇
https://youtu.be/pREYd93Alw8

@grantlar
NewsPrice grant dasturi: jurnalistlar uchun 20 000 AQSh dollarigacha grantlar!
👉 https://grantlar.uz/newsprice-grant-dasturi-jurnalistlar-uchun-20-000-aqsh-dollarigacha-grantlar/

@grantlar
UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturada oʻqish uchun 1800 oylik stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/unil-masters-scholarship-shveytsariyada-magistratura/

@grantlar
Qirgʻiziston: Tinchlik va ziddiyatlar mavzusida 5 kunlik trening!

Bishkekdagi OSCE akademiyasi 2021-yil 4-9-oktyabr kunlari Bishkekda oʻtkaziladigan Tinchlik va ziddiyatlar mavzusidagi treningga taklif etmoqda.

Trening afzalliklari:
– Ishtirok etish bepul.
– Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Arizalar 2021-yil 5-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-training-in-peace-and-conflict/

@grantlar
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Amaliyot/tadqiqotda ishtirok etish yuzasidan barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
AQShda huquq boʻyicha magistraturada o'qish uchun grant: kontrakt to'lovi to'liq qoplanadi

👉 https://grantlar.uz/usa-llm-full/

@grantlar
👍1
Avstriya: o'qish bepul va kontrakti arzon universitetlar

👉 https://t.me/grantlar_namuna/172

@grantlar
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Nemis tili menga nima beradi?

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.

👉 BATAFSIL O'QISH

@grantlar
Bakalavriat/magistraturani AQSH yoki Kanadada bitirgan hamyurtlarimiz uchun David Geffen Medical Scholarships granti.

Grant tibbiyot sohasi magistraturani oʻqish uchun beriladi, oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi va oylik stipendiya beriladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/david-geffen-medical-scholarships-aqshda-tibbiyot-sohasida-magistratura/

@grantlar
FLEX 2022-2023 dasturi bo'yicha eng ko'p so'ralayotgan va eng muhim savollarga javoblar

👉 https://t.me/grantlar_namuna/375

@grantlar
2021-yil, sentabrda qabul boshlanadigan eng nufuzli grantlar!

Ertaga sentabr oyi boshlanadi. Shu sababli bugun hujjatlar qabuli boshlanadigan eng nufuzli grantlar roʻyxatini keltiramiz.

1. KAIST International Student Undergraduate Scholarships dasturi. Dastur Janubiy Koreyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri KAIST universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Bu grant gʻoliblari kontrakt summasidan ozod qilinadi, oylik stipendiya oladi va tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Dasturga qabul 2021-yil 3-sentabrdan boshlanadi.

👉 KAIST International Student Undergraduate Scholarships dasturi haqida batafsil

2. Gates Cambridge Scholarships dasturi. Dastur Kembrij universitetida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Dastur boʻyicha bu yil 80 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan boshlanadi.

👉 Gates Cambridge Scholarships dasturi haqida batafsil

3. FLEX dasturi. Bu dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil davomida AQSHda oʻqish imkonini beradi. Dastur mobaynida oʻquvchilar amerikalik oilalarda yashaydi.

Oʻquvchilarning AQSHga borish-kelishi, u yerda yashashi, maktabdagi oʻqish xarajatlari, tibbiy sugʻurta va boshqa barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan boshlanadi.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

4. Yozgi til kursi uchun DAAD granti. Bunda bakalavriat va magistratura talabalari Germaniyada nemis tili boʻyicha 18-35 kunlik yozgi kursda qatnashishi mumkin.

Granti qoʻlga kiritganlarga kursga ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Qabul 2021-yil 15-sentabrda boshlanadi.

👉 Yozgi til kursi uchun DAAD granti haqida batafsil

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang! 💪

@grantlar
👍2🔥1
Bugun – 1-sentabrdan FLEX dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Grantlar.uz jamoasi FLEX dasturi boʻyicha batafsil yoʻriqnoma tayyorlagan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan iborat:

👉 FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida video maʼlumot

👉 FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

👉 FLEX: eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX gʻoliblari ishtirokidagi hamkor guruh. Guruhda ariza topshirish boʻyicha maslahatlar beriladi

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktab, litsey va kollej oʻquvchilariga AQSHda 1 yil tahsil olish imkonini beradi. Borish-kelish, oʻqish va yashash bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

@grantlar
👍9
Schwarzman Scholars grantiga qabul 21-sentabrda yakunlanadi

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari to’lab beriladi.
– Turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi.
– Pekinga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar bilan ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Talaba xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.

Mazkur dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2021-yil 21-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar