Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Nemis tili menga nima beradi?

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.

👉 BATAFSIL O'QISH

@grantlar
Bakalavriat/magistraturani AQSH yoki Kanadada bitirgan hamyurtlarimiz uchun David Geffen Medical Scholarships granti.

Grant tibbiyot sohasi magistraturani oʻqish uchun beriladi, oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi va oylik stipendiya beriladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/david-geffen-medical-scholarships-aqshda-tibbiyot-sohasida-magistratura/

@grantlar
FLEX 2022-2023 dasturi bo'yicha eng ko'p so'ralayotgan va eng muhim savollarga javoblar

👉 https://t.me/grantlar_namuna/375

@grantlar
2021-yil, sentabrda qabul boshlanadigan eng nufuzli grantlar!

Ertaga sentabr oyi boshlanadi. Shu sababli bugun hujjatlar qabuli boshlanadigan eng nufuzli grantlar roʻyxatini keltiramiz.

1. KAIST International Student Undergraduate Scholarships dasturi. Dastur Janubiy Koreyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri KAIST universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Bu grant gʻoliblari kontrakt summasidan ozod qilinadi, oylik stipendiya oladi va tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Dasturga qabul 2021-yil 3-sentabrdan boshlanadi.

👉 KAIST International Student Undergraduate Scholarships dasturi haqida batafsil

2. Gates Cambridge Scholarships dasturi. Dastur Kembrij universitetida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Dastur boʻyicha bu yil 80 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan boshlanadi.

👉 Gates Cambridge Scholarships dasturi haqida batafsil

3. FLEX dasturi. Bu dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil davomida AQSHda oʻqish imkonini beradi. Dastur mobaynida oʻquvchilar amerikalik oilalarda yashaydi.

Oʻquvchilarning AQSHga borish-kelishi, u yerda yashashi, maktabdagi oʻqish xarajatlari, tibbiy sugʻurta va boshqa barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan boshlanadi.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

4. Yozgi til kursi uchun DAAD granti. Bunda bakalavriat va magistratura talabalari Germaniyada nemis tili boʻyicha 18-35 kunlik yozgi kursda qatnashishi mumkin.

Granti qoʻlga kiritganlarga kursga ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplab beriladi.

Qabul 2021-yil 15-sentabrda boshlanadi.

👉 Yozgi til kursi uchun DAAD granti haqida batafsil

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang! 💪

@grantlar
👍2🔥1
Bugun – 1-sentabrdan FLEX dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Grantlar.uz jamoasi FLEX dasturi boʻyicha batafsil yoʻriqnoma tayyorlagan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan iborat:

👉 FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida video maʼlumot

👉 FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

👉 FLEX: eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX gʻoliblari ishtirokidagi hamkor guruh. Guruhda ariza topshirish boʻyicha maslahatlar beriladi

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktab, litsey va kollej oʻquvchilariga AQSHda 1 yil tahsil olish imkonini beradi. Borish-kelish, oʻqish va yashash bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

@grantlar
👍9
Schwarzman Scholars grantiga qabul 21-sentabrda yakunlanadi

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari to’lab beriladi.
– Turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi.
– Pekinga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar bilan ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Talaba xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.

Mazkur dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasi avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2021-yil 21-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
🇺🇿 Butun dunyoda, jumladan, O'zbekistonda ham universitetlar soni oshib bormoqda.

💯 Dunyoda malakali o'qituvchilar va yetakchilar yetishmovchiligi kuzatilayotgan bir paytda, shubhasiz, oliy ta'limning qadri ham oshadi. Agar hech bir universitetga, jumladan, bizning universitetga ham ariza topshirmaslik haqida o'ylayotgan bo'lsangiz, kelajakdan bundan afsuslanishingiz mumkin.

🎭 O'zligingizni namoyon qilish vaqti keldi! Biz Sizning bilimingiz va mahoratingizni qadrlaymiz, shu sababli ham to'lov-kontrakt miqdori iqtidoringizga asosan belgilanadigan adolatli tizim joriy qildik.

💡 O'zingizni hurmat qilsangiz hamda ko'p qirrali va turfa xil ta'lim dasturlarini xohlasangiz, Toshkentdagi STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY shak-shubhasiz Siz uchun munosib tanlovdir.

📞 Shunchaki, qo'ng'iroq qiling va jamoamiz ariza topshirishdan biritishgacha. 🎓

Sayt orqali arizangizni yuboring:
www.stars.university/admission

Savollaringiz bo'lsa bizga murojaat qiling:

+998903383380
+998950130999
👍1
Young Professionals Program (WBG YPP) – Jahon Bankining 2 yillik yosh mutaxassislar tayyorlash dasturi: haq to'lanadigan amaliyot, 5 yillik ish imkoniyati!
👉https://grantlar.uz/young-professionals-program-wbg-ypp-jahon-bankining-2-yillik-yosh-mutaxassislar-tayyorlash-dasturi/

@grantlar
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Germaniya: huquq boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant oylik 850 yevro stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/germaniya-huquq-boyicha-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-850-yevro-stipendiya/

@grantlar
Klaus Liebscher Economic Research Scholarship: Avstriya milliy bankida 6 oygacha amaliyot va tadqiqot; stipendiya – 10 000 yevrogacha

👉 https://grantlar.uz/klaus-liebscher-economic-research-scholarship-avstriya-milliy-bankida-6-oygacha-amaliyot-va-tadqiqot/

@grantlar
👍1
Huawei Cup 2021 – mukofot jamgʻarmasi 40 000 AQSh dollardan ortiq boʻlgan chempionat!

👉 https://grantlar.uz/huawei-cup-mukofot-jamgarmasi-40-000-aqsh-dollardan-ortiq-bolgan-chempionat/

@grantlar
Bugundan bahorgi semestrga qabul boshlandi!

Janubiy Koreya: Dunyoning 41-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 300 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

KAISTga qabul yiliga 3 marta qabul boʻladi. 2022-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Erta qabul – 2021-yil 22-oktyabrgacha (oʻqish 2022-yil bahordan);
– Odatiy qabul – 2022-yil 7-yanvargacha (oʻqish 2022-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2022-yil 27-maygacha (oʻqish 2022-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Maʼlumot uchun: Ushbu grantni yutib, KAISTda oʻqiyotgan oʻzbek talabalar ham bor. Ulardan biri bilan qilingan suhbatni BU YERDA oʻqing.

@grantlar
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQShda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi

👉 https://grantlar.uz/reagan-fascell-democracy-fellows-program/

@grantlar
👍1
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur quyidagi imkoniyatlari beradi:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2021-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2021-yil, 1-noyabrgacha;
– 2022-yll, 1-yanvargacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Model OSCE-2021: Issiqkoʻlda 1 haftalik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 https://grantlar.uz/model-osce-2021-issiqkolda-1-haftalik-bepul-konferensiya/

@grantlar
Barselona: Magistraturada o'qish uchun kontrakti qisman va to'liq qoplanadigan grantlar!

👉 https://grantlar.uz/barcelona-gse/

@grantlar
Facebook: PhD bosqichi talabalari uchun tadqiqot olib borish imkoniyati: yillik stipendiya – 42 ming dollar!

👉 https://grantlar.uz/facebook-phd-bosqichi-talabalari-uchun-tadqiqot-olib-borish-imkoniyati/

@grantlar