Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasi logotip tanlovini eʼlon qildi, mukofot – iPad

2022-yilda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yillik yubileyini nishonlaydi.

Toshkentdagi Germaniya elchixonasi shu mavzuga mos keladigan logotip tanlovini eʼlon qildi.

Gʻolib iPad bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2021-yil 24-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-germaniya-elchixonasi-logotip-tanlovini-elon-qildi-mukofot-ipad/

P.S. Sayt O'zbekistonda ochmasa, VPN orqali kiring.

@grantlar
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki bu diplomni 2022-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 861 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

P.S. Sayt O'zbekistonda ochmasa, VPN orqali kiring.

@grantlar
Hurmatli mushtariylar.

Bir qancha foydalanuvchi O'zbekistonda Grantlar.uz saytiga kirib bo'lmay qolganini aytmoqda.

Siz ham shunday muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, VPN dasturi orqali saytga kirishingiz mumkinligini eslatib o'tmoqchimiz.

Xatolikni tez orada aniqlab, VPN dasturisiz saytga kirish mumkin bo'lgan holga qaytarishga harakat qilamiz.

Hurmat bilan Grantlar.uz ma'muriyati.
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

👉 https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

P.S. Sayt O'zbekistonda ochmasa, VPN orqali kiring.

@grantlar
O'qish bepul universitetlar: Magistratura bosqichida o'qishga mo'ljallangan Yenching akademiyasi (Xitoy)

👉 https://t.me/grantlar_namuna/401

@grantlar
👍2
Janubiy Koreyaning 1-raqamli universitetiga toʻliq grant asosida qabul qilingan oʻzbek talaba bilan suhbat

👉 https://telegra.ph/Kaist-suhbat-04-18

@grantlar
ServiceScape Short Story Award 2021: yozuvchilar uchun tanlov; mukofot – 1000 AQSh dollari

👉 https://telegra.ph/ServiceScape-Short-Story-Award-2021-04-19

@grantlar
👍1
Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme dasturi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining magistrlik kurslarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil yanvar oyi oʻrtalariga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://telegra.ph/Oxford-University-Weidenfeld-Hoffmann-Scholarships-and-Leadership-Programme-09-28

@grantlar
❤1
Qozogʻiston: 21-40 yoshli tadqiqotchilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab!

Maktab 2021-yil 15-20-noyabr kunlari Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi va unda tahliliy maqola tayyorlash koʻnikmalari oʻrgatiladi.

Maktabda 21-40 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Imkoniyatlar:
– Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.
– Maktabi bitiruvchilar oʻz maqolalarini www.cabar.asia platformasi hamda hamkor tashkilotlarning jurnal va veb-saytlarida nashr qilish imkoniga ega boʻladi.
– Ishtirokchilar doimiy ekspertlar uchrashuvlari va konferensiyalarida qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2021-yil, 3-oktabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-21-40-yoshli-tadqiqotchilar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-maktab/

MUHIM: Sayt ochmasa, batafsil maqolani BU YERDA oʻqing yoki saytda VPN orqali kiring.

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://telegra.ph/Paid-Scientific-Internships-in-Austria-09-29

@grantlar
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavr kursi uchun toʻliq grant, bepul turar joy va tadqiqotlar uchun 12 000 AQSh dollari!

👉 https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
“Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovi!

Yoshlar ishlari agentligi
va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq!” mavzusida publisistik maqolalar tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda 18-30 yoshli barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin uchun noutbuk.
– 2-o‘rin uchun smartfon.
– 3-o‘rin uchun kitoblar jamlanmasi.

Maqolalar 2021-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekiston-saylov-2021-kelajak-xalq-tanloviga-bogliq-mavzusida-publisistik-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashidan Study UK onlayn koʻrgazmasi!

Study UK onlayn koʻrgazmasida 30 dan ortiq Buyuk Britaniya universitetlari bilan tanishasiz. Koʻrgazmada yetakchi universitetlar bilan tet-a-tet suhbat imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Shuningdek:
– Kembrij va Oksford universitetlariga hujjat topshirish,
– Britaniyada oʻqish va yashash;
– Britaniyada oʻqishdan keyin ish imkoniyatlari;
– Munosib universitetni qanday tanlash;
– OTMlar nomzodlardan qanday sifatlarni kutishi;
– Muvaffaqiyatli portfolioni qanday yaratish va boshqa muhim masalalar haqida maʼlumot olish mumkin.

Qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish👇
https://study-uk-events-we.britishcouncil.org

@grantlar_namuna
Ayni paytda O'zbekistonda bo'lgan foydalanuvchilar, Grantlar.uz saytiga VPN ishlatmasdan kira olyapsizmi?
Final Results
74%
Ha, VPNsiz kiryapman
26%
Yo'q, VPNsiz kirib bo'lmayapti
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2021-yil, 1-noyabrgacha;
– 2022-yll, 1-yanvargacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Arizalar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
FLEX dasturiga arizalar qabuli 15-oktabrda yakunlanadi.

Grantlar.uz jamoasi FLEX dasturi boʻyicha batafsil yoʻriqnoma tayyorlagan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan iborat:

👉 FLEX dasturi haqida matnli maʼlumot

👉 FLEX dasturi haqida video maʼlumot

👉 FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX gʻolibi bilan matn shaklidagi suhbat

👉 FLEX: eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX gʻoliblari ishtirokidagi hamkor guruh. Guruhda ariza topshirish boʻyicha maslahatlar beriladi

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktab, litsey va kollej oʻquvchilariga AQSHda 1 yil tahsil olish imkonini beradi. Borish-kelish, oʻqish va yashash bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

@grantlar
🔥8❤2
UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturada oʻqish uchun 1800 oylik stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/unil-masters-scholarship-shveytsariyada-magistratura/

@grantlar
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 400-1050 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Dastur uchun yiliga 2 marta qabul qilinadi. Navbatdagi qabullarning soʻnggi sanalari:

– 2021-yil 31-oktabr (joriy akademik yil uchun).
– 2022-yil 30-aprel (kelgusi akademik yil uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

@grantlar
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: 2021-yil 1-noyabr.
– Odatiy qabul: 2022-yil 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar