Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Kecha bakalavr va magistrlar uchun Slovakiyada 1 yoki 2 semestr davomida o'qish imkonini beruvchi grant dasturi haqida ma'lumot bergandik.

Bugun shu grantni yutib olgan o'zbek talaba (bakalavr) - Alisher Babajonov bilan ovozli suhbat qilamiz.

Suhbat davomida dastur, uning imkoniyatlari, universitet tanlash, hujjat topshirish va boshqa masalalar haqida gaplashamiz.

Shuningdek, savollaringizni bevosita Alisherning o'zidan so'rashingiz mumkin bo'ladi.

Ovozli suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali
Suhbat vaqti: 2021-yil 5-oktabr, soat 21:30

@grantlar_namuna
Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 150 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining magistratura yoki doktorantura kursida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yiliga kamida 15 609 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Arizalar 2022-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha qabul qlinadi (kursga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
👍1
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– Vashingtonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul yotoqxona va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Maqolalar qabuli 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
SÜPER YENILIK😱❗

Sizda IELTS sertifikati bor va Ingliz tilini o'rganishdan zerikdingizmi? 🧐

Qisqa muddatda yana bir Chet tilini o'rganishni va Xalqaro Sertifikatga ega bo'lishni istaysizmi?

HADI TÖMER KURSUMUZU BAŞLAN❗

🔅 META-TA'LIM o'quv markazi Turk tilini murakkab o'rganuvchilar uchun yangi ochilayotgan 30% chegirmali Tömer kursiga qabul e'lon qiladi!

TÖMER KURSINING IMKONIYATLARI:

✔Xalqaro B2 TÖMER sertifikati;
✔Turkiyaning 1000 talik Top universitetlarida imtihonsiz o'qish;
✔O'zbekiston magistratura va doktarantura yo'nalishlarida 100 ball va 2-chet tili imtihonidan ozod bo'lish;
✔Turk firma, kompaniyalarda ishlash;
✔ O'zbekistondagi turk maktablari, litseylari va til markazlarida ishga qabul qilish.

🏛 Manzil: Toshkent, Yangi ToshMi Makro 2-qavatida

To'liq ma'lumot olish uchun:
📞+998912270776

👩‍💻@honest_lady
Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyatini taqdim etuvchi UWC kollejlariga qabul 2021-yil 8-noyabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi.

Mazkur dastur orqali UWC kollejlaridan biriga qisman gran asosida qabul qilingan hamyurtimiz – Lera oʻz tajribasi bilan boʻlishdi. Uning hikoyasini eʼtiboringizga havola etamiz:

👉 OʻZBEK TILIDA OʻQISH

👉 RUS TILIDA OʻQISH

Dasturning oʻzi haqida SHU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

@grantlar
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur quyidagi imkoniyatlari beradi:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2021-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
Nemis tili menga nima beradi?

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.

👉 BATAFSIL O'QISH

@grantlar
Avstraliya: Griffith University - bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 50 foiz grant!
👉 https://grantlar.uz/avstraliya-griffith-university-bakalavriat-va-magistratura-bosqichida-oqishni-istaganlarga-50-foiz-grant/

@grantlar
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universitetida magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmasevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2022-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Helsinki universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 98-oʻrindan joy olgan.

@grantlar
👍1
Suv resurslariga oid mavzudagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 AQSh dollar, sertifikat va tadqiqotlarni xalqaro jurnalda bepul chop etish imkoni!

👉 https://grantlar.uz/suv-resurslari-mavzusidagi-phd-dissertatsiyalari-tanlovi/

@grantlar
1-oktabrdan qabul boshlandi.

International Excellence Scholarship Program (IES): barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Berlin ozod universiteti yoki HU Berlin universitetida 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Dastur ishtirokchilar uchun 2 xil grant ajratiladi.

1. To'liq grant. Buning imkoniyatlari:
- Bepul turar joy
- Stipendiya
- Berlinga borganda bir martalik yordam paketi
- O'quv materiallar va darsliklar uchun mablag'
- Viza, sug'urta va yo'l xarajatlari hamda 1 semestr davomida o'qish puli qoplab beriladi

2. Qisman grant. Bunda yuqorida sanalganlardan yo'l va sug'urta xarajatlari qoplanmaydi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Noyabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2021-yil noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Ular quyidagilar:

👉 Honors College scholarships: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi: kontrak puli qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Simmons University: bakalavriatda oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 108 000 dollargacha grantlar (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Simmons University: Bakalavriatda bepul o’qish, turar joy ta’minoti va 3000 dollar yordam puli! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistratura uchun 1800 oylik stipendiya (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Transform Together Scholarships: Buyuk Britaniyada bakalavr va magistratura uchun 50% grant (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Stamps Scholarship: AQSHda bakalavr kursi uchun toʻliq grant, bepul turar joy va tadqiqot uchun 12 000 dollar! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Oksford Universiteti Islomshunoslik Markazida 6 oylik tadqiqot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Chevening: Buyuk Britaniyada magistratura uchun to’liq grant – barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktorantura uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Suv resurslariga oid mavzudagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 dollar (dedlayn: 10-noyabr)

👉 Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Wake Forest University Stamps Scholarship: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Wake Forest University Guy T. Carswell Scholarships: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va oziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Germaniyada 10 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Germaniyada 6 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun 30 000 dollargacha grant (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Dunyoning 53-raqamli universitetida bakalavriat bosqichi uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Annual Personal Narrative Writing Contest: New York Times nashridan 11-19 yoshlilar uchun 600 soʻzli hikoyalar tanlovi (dedlayn: 17-noyabr)

👉 EXT University Recommendation Scholarship: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant (dedlayn: 17-noyabr)

👉 Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot uchun 20 ming dollar stipendiya! (dedlayn: 19-noyabr)

👉 Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 20-noyabr)

👉 GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot! (dedlayn: 26-noyabr)

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 28-noyabr)

👉 AQSh: Oʻqish bepul boʻlgan Berea College – yiliga 30 nafar xorijiy talaba qabul qilinadi! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Karantindagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Emile Boutmy Scholarships: Fransiyada magistratura uchun yiliga 12 200 yevro grant! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Internet of Things magistratura kurslarida o’qish uchun 30% gacha grant (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award 2021: yozuvchilar uchun tanlov; mukofot – 1000 AQSh dollari (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Talabalar uchun insholar tanlovi: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍2
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
Hozirda Germaniyada grant asosida 1 semestr oʻqish imkonini beruvchi IES talabalar almashinuv dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni yutib olgan oʻzbek talaba – Umrbek Ibragimov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda hujjat topshirish jarayoni, qanday qilib ushbu grantni yutish mumkinligi va boshqa foydali maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/germaniyada-1-semestr-oqish-imkoniyatini-beruvchi-ies-grantini-yutib-olgan-talaba-bilan-suhbat/

Ma'lumot uchun: Mazkur dasturga qabul qilingan talabalarning Germaniyaga borishi va kelishi, dasturga qatnashishi, turar joy, oziq-ovqat kabi xarajatlari to'liq yoki qisman qoplanadi.

@grantlar
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji bitiruvchisi Dostonbek Toirov bilan ovozli suhbat

Bir necha hafta oldin AQSHda joylashgan o'qish bepul oliygoh - Berea kollejiga qabul boshlangani haqida xabar qilgandik.

Jamoamiz 2017-2021-yillarda Berea kollejida tahsil olgan hamda hozirda Morgan Stanley kompaniyasida muhandis-dasturchi (Software Engineer) lavozimida ishlayotgan Dostonbek Toirov bilan ovozli suhbat uyushtiradi.

Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali
Suhbat sanasi va vaqti: 2021-yil 9-oktabr, O'zbekiston vaqti bilan 21:00

Suhbat davomida Berea kollejiga hujjat topshirish va kollejda o'qish jarayoni haqida gaplashamiz.

Shuningdek, savollaringizni bevosita Dostonbekning o'zidan so'rashingiz mumkin bo'ladi.

Suhbatdan oldin Berea kolleji haqidagi POSTNI o'qib chiqish tavsiya etiladi.

P.S. Hozirda Berea kollejiga arizalar qabul qilinloqda. Qabul 2021-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

@grantlar_namuna
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
Slovakiyada almashinuv dasturi orqali 1 semestr o'qish uchun to'liq grant yutib olgan o'zbek talabaning hujjatlari

👉 https://t.me/grantlar_namuna/428

@grantlar
Rossiya: Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha xalqaro forum; barcha xarajatlar qoplanadi, joy – 100 ta!

Forum Rossiyaning Ulyanovsk sharida 2021-yil 1-3-noyabr kunlari rus tlida boʻlib oʻtadi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari targʻiboti va ularni amalga tatbiq qilishda faol boʻlgan 18-35 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2021-yil 16-oktabr, Oʻzbekiston vaqti bilan soat tong sahar 01:59 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-barqaror-rivojlanish-maqsadlari-boyicha-mdh-davlatlari-yoshlari-uchun-xalqaro-forum/

@grantlar
👍1
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

👉 https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar