Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Avstraliya: Griffith University - bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 50 foiz grant!
👉 https://grantlar.uz/avstraliya-griffith-university-bakalavriat-va-magistratura-bosqichida-oqishni-istaganlarga-50-foiz-grant/

@grantlar
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universitetida magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmasevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2022-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Helsinki universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 98-oʻrindan joy olgan.

@grantlar
👍1
Suv resurslariga oid mavzudagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 AQSh dollar, sertifikat va tadqiqotlarni xalqaro jurnalda bepul chop etish imkoni!

👉 https://grantlar.uz/suv-resurslari-mavzusidagi-phd-dissertatsiyalari-tanlovi/

@grantlar
1-oktabrdan qabul boshlandi.

International Excellence Scholarship Program (IES): barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Berlin ozod universiteti yoki HU Berlin universitetida 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Dastur ishtirokchilar uchun 2 xil grant ajratiladi.

1. To'liq grant. Buning imkoniyatlari:
- Bepul turar joy
- Stipendiya
- Berlinga borganda bir martalik yordam paketi
- O'quv materiallar va darsliklar uchun mablag'
- Viza, sug'urta va yo'l xarajatlari hamda 1 semestr davomida o'qish puli qoplab beriladi

2. Qisman grant. Bunda yuqorida sanalganlardan yo'l va sug'urta xarajatlari qoplanmaydi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Noyabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2021-yil noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Ular quyidagilar:

👉 Honors College scholarships: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi: kontrak puli qoplanadi, bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Simmons University: bakalavriatda oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 108 000 dollargacha grantlar (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Simmons University: Bakalavriatda bepul o’qish, turar joy ta’minoti va 3000 dollar yordam puli! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistratura uchun 1800 oylik stipendiya (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Transform Together Scholarships: Buyuk Britaniyada bakalavr va magistratura uchun 50% grant (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Stamps Scholarship: AQSHda bakalavr kursi uchun toʻliq grant, bepul turar joy va tadqiqot uchun 12 000 dollar! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Oksford Universiteti Islomshunoslik Markazida 6 oylik tadqiqot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Chevening: Buyuk Britaniyada magistratura uchun to’liq grant – barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktorantura uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Suv resurslariga oid mavzudagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 dollar (dedlayn: 10-noyabr)

👉 Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Wake Forest University Stamps Scholarship: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Wake Forest University Guy T. Carswell Scholarships: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va oziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Germaniyada 10 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Germaniyada 6 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktorantura va postdoktorlik uchun 30 000 dollargacha grant (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Dunyoning 53-raqamli universitetida bakalavriat bosqichi uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Annual Personal Narrative Writing Contest: New York Times nashridan 11-19 yoshlilar uchun 600 soʻzli hikoyalar tanlovi (dedlayn: 17-noyabr)

👉 EXT University Recommendation Scholarship: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant (dedlayn: 17-noyabr)

👉 Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot uchun 20 ming dollar stipendiya! (dedlayn: 19-noyabr)

👉 Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 20-noyabr)

👉 GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot! (dedlayn: 26-noyabr)

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 28-noyabr)

👉 AQSh: Oʻqish bepul boʻlgan Berea College – yiliga 30 nafar xorijiy talaba qabul qilinadi! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Karantindagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Emile Boutmy Scholarships: Fransiyada magistratura uchun yiliga 12 200 yevro grant! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Internet of Things magistratura kurslarida o’qish uchun 30% gacha grant (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award 2021: yozuvchilar uchun tanlov; mukofot – 1000 AQSh dollari (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Talabalar uchun insholar tanlovi: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍2
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
Hozirda Germaniyada grant asosida 1 semestr oʻqish imkonini beruvchi IES talabalar almashinuv dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni yutib olgan oʻzbek talaba – Umrbek Ibragimov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda hujjat topshirish jarayoni, qanday qilib ushbu grantni yutish mumkinligi va boshqa foydali maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/germaniyada-1-semestr-oqish-imkoniyatini-beruvchi-ies-grantini-yutib-olgan-talaba-bilan-suhbat/

Ma'lumot uchun: Mazkur dasturga qabul qilingan talabalarning Germaniyaga borishi va kelishi, dasturga qatnashishi, turar joy, oziq-ovqat kabi xarajatlari to'liq yoki qisman qoplanadi.

@grantlar
O'qish bepul bo'lgan Berea kolleji bitiruvchisi Dostonbek Toirov bilan ovozli suhbat

Bir necha hafta oldin AQSHda joylashgan o'qish bepul oliygoh - Berea kollejiga qabul boshlangani haqida xabar qilgandik.

Jamoamiz 2017-2021-yillarda Berea kollejida tahsil olgan hamda hozirda Morgan Stanley kompaniyasida muhandis-dasturchi (Software Engineer) lavozimida ishlayotgan Dostonbek Toirov bilan ovozli suhbat uyushtiradi.

Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali
Suhbat sanasi va vaqti: 2021-yil 9-oktabr, O'zbekiston vaqti bilan 21:00

Suhbat davomida Berea kollejiga hujjat topshirish va kollejda o'qish jarayoni haqida gaplashamiz.

Shuningdek, savollaringizni bevosita Dostonbekning o'zidan so'rashingiz mumkin bo'ladi.

Suhbatdan oldin Berea kolleji haqidagi POSTNI o'qib chiqish tavsiya etiladi.

P.S. Hozirda Berea kollejiga arizalar qabul qilinloqda. Qabul 2021-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

@grantlar_namuna
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
Slovakiyada almashinuv dasturi orqali 1 semestr o'qish uchun to'liq grant yutib olgan o'zbek talabaning hujjatlari

👉 https://t.me/grantlar_namuna/428

@grantlar
Rossiya: Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha xalqaro forum; barcha xarajatlar qoplanadi, joy – 100 ta!

Forum Rossiyaning Ulyanovsk sharida 2021-yil 1-3-noyabr kunlari rus tlida boʻlib oʻtadi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari targʻiboti va ularni amalga tatbiq qilishda faol boʻlgan 18-35 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin.

Imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2021-yil 16-oktabr, Oʻzbekiston vaqti bilan soat tong sahar 01:59 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-barqaror-rivojlanish-maqsadlari-boyicha-mdh-davlatlari-yoshlari-uchun-xalqaro-forum/

@grantlar
👍1
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

👉 https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul oʻqish imkoniyatlari

Postda yoritilgan masalar:

– AQSHdagi oʻqish bepul universitetlar

– Eng nufuzli AQSH universitetlari bakalavrlar toʻlaydigan kontrakt summasiga muhtoj emas: kirsangiz, bepul oʻqiysiz (oʻzbeklar uchun)

– AQSHning nufuzli universitetlarida bepul oʻqish sharti qanday

– Boshqa davlatlardagi top 1000 likka kirgan bepul universitetlar

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Germaniyada 1 semestr o'qish imkonini beruvchi almashinuv dasturi haqida g'olib bilan ovozli suhbat

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiladigan International Excellence Program (IES) dasturi bakalavr, magistr va doktorantlarga Berlin ozod universiteti yoki HU Berlin oliygohida 1 semestr o'qish imkonini beradi.

Dasturni qo'lga kiritganlar o'qish uchun to'liq yoki qisman grant bilan taqdirlanadi.

Jamoamiz shu grantni yutib, ayni paytda Germaniyada o'qiyotgan Umrbek Ibragimov bilan ovozli suhbat uyushtiradi.

Suhbatda hujjat topshirish va qabul jarayoni, dastur imkoniyatlari, hujjatlar va boshqalar haqida gaplashamiz.

O'z savollaringizni bevosita Umrbekdan so'rash imkoni ham bo'ladi.

Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali
Vaqti va sanasi: 2021-yil 11-oktabr, soat 21:00 (Uzb vaqti bilan)

Ovozli suhbatda oldin o'qib chiqish tavsiya etiladi:

👉 IES dasturi haqida batafsil

👉 Umrbek bilan matnli suhbat

Hozirda ushbu dasturga hujjatlar qabul qilinmoqda. Qabul 2021-yil 15-dekabrgacha davom etadi.

@grantlar_namuna
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallaangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktab uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
SJTU Scholarships: Xitoyda ingliz, fransuz yoki xitoy tilida bakalavrait bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

👉 https://grantlar.uz/sjtu-scholarships-xitoyda-bakalavrait-bosqichida-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 37 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 37 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 2 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security Programme
– MA in Economic Governance and Development Programme

Bu magistrlik kurslariga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 360 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 10-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar