Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Rossiya: Open Doors 2021/22 onlayn olimpiadasi – 400 nafar sovrindorlar Rossiya universitetlarida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors 2021/22 olimpiadasida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 2021-yil 10-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi.

Biz bu haqida matnli va video maʼlumot tayyorlaganmiz. Quyida oʻqishingiz / koʻrishingiz mumkin👇

👉 MATN SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1743 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar 2021-yil 28-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
UES-LEGITS: Gollandiyada magistratura uchun to’liq grant va 11 000 yevro stipendiya!

Gollandiyadagi Utrecht universiteti UES-LEGITS grantini taklif etadi.

Grant har yili Huquq, iqtisod va boshqaruv fakultetidagi ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslariga qabul qilingan 6 nafargacha talabaga taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yiliga 11 000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ues-legits-gollandiyada-magistratura-uchun-toliq-grant-va-11000-yevro-stipendiya/

@grantlar
#Eslatma

2-noyabrda Britaniya hukumatining Chevening grant dasturiga arizalar qabuli yakunlanadi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha batafsil yoʻriqnoma shakllantirgan.

Yoʻriqnoma quyidagilardan ibodat:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi!

Dastur kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3500 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1100 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabul 2021-yil noyabr oyi oʻrtalarida boshlanadi va 2022-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
Talabalar uchun insholar tanlovi: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!
👉 https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

👉 https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Niderlandiya: Xalqaro huquq bo'yicha 3 haftalik yozgi kurslar uchun grantlar!

Gaaga xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxasislariga yozgi kurslarda qatnashish uchun grantlar taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kursga qatnashish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi.
– Turar joy uchun 550 yevro mablagʻ beriladi.

Yozgi kurslar sanalari:
– Public International Law kursi – 2022-yil 11-29-iyul kunlari;
– Private International Law kursi – 2022-yil 1-19-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2021-yil 1-noyabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Kurslarga o'z hisobingizdan qatnashishingiz ham mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/niderlandiya-xalqaro-huquqshunoslik-sohasidagi-yozgi-kurslar-uchun-grantlar-turar-joy-va-safar-xarajatlari-uchun-900/

@grantlar
Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri - Boston universiteti (AQSH) va universitetning hozirda arizalar qabul qilinayotgan grantlari

👉 BATAFSIL O'QISH 👈

@grantlar
Peaceful Futures Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!

Citizens of our Planet
jamgʻarmasi 2022-yil 16-19-may kunlari Tokioda oʻtkaziladigan One Young World sammitida qatnashish uchun Peaceful Futures Scholarship grant dasturini eʼlon qilindi.

Grant yoshlar orasidagi zoʻravonlikka qarshi kurashishga hissa qoʻshayotgan 18-30 yoshdagi nomzodlarga (jami 6 nafar) ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 25-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peaceful-futures-scholarship-tokiodagi-4-kunlik-sammitda-qatnashish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
FLEX dasturiga hali topshira olmaganlar diqqatiga!

Ariza topshirish muhlati O'zbekiston vaqti bilan 2021-yil 18-oktabr, soat ertalabki 08:59 ga qadar uzaytirildi.

@grantlar_namuna
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1230 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 1230 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 2200 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
AQSHga grin karta orqali borgan hamyurtimiz bilan grin karta haqida Zoom uchrashuv!

Grantlar.uz jamoasi grin karta orqali AQSHga borgan va hozir u yerda yuk mashina (truck) haydovchisi boʻlib ishlayotgan Abdurahmon Ergashev ishtirokida Zoom uchrashuv oʻtkazadi.

Ushrashuvda quyidagilar haqida maʼlumot beriladi:
– Grin karta anketasini toʻldirish.
– Grin karta yutgandan soʻng DS-260 shaklini toʻldirish.
– AQSHga borib olguncha va undan keyin ketadigan xarajatlar.

Uchrashuv sanasi: 2021-yil 17-oktabr, 18:00 (Oʻzbekiston vaqti bilan)
Uchrashuvni olib boradi: Firdavsbek Burxonov
Spiker: Abdurahmon Ergashev

Uchrashuvda qatnashish bepul.

Zoom uchrashuv linki👇

https://us02web.zoom.us/j/83010686196?pwd=NkNlV2dmSFdFTWhCQ0lobXE5WTJzUT09

* Ishtirokchilar soni cheklangan (100 nafar).

@grantlar
Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitiga yana bir toʻliq grant!

2022-yil 16-19-may
kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida qatnashish uchun Leading Asia granti eʼlon qilindi.

Grantga 18-30 yoshli Osiyo davlatlaridan boʻgan yetakchi yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leading-asia-scholarship-tokiodagi-4-kunlik-sammitda-qatnashish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichida oʻqish uchun 1000 yevro oylik stipendiya va bepul sugʻurta!

Belgiyadagi Ghent universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun Top-up grantlarini taklif etadi.

Har yili 10 nafargacha talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Toʻliq tarifdagi bepul sugʻurta.
– Kontrakt summasiga chegirma (5687 yevro emas, 947 yevro kontrakt toʻlanadi).

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qiliinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ghent-university-top-up-grants/

@grantlar
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

👉 https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

@grantlar
Simmons University: AQSH bakalavr kursida bepul o’qish, turar joy ta’minoti, o’qish xarajatlari uchun qo’shimcha 3000 AQSh dollari miqdorida yordam puli!

👉🏻 https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
Berkeley Prize: Bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 35 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda arxitektura sohasida oʻqiyotgan bakalavriat talabalari yakka yoki jamoa tarzida qatnashishi mumkin.

Insholar ingliz tilida yoziladi.

Sovrinlar:
– 1-oʻringa kamida 8500 dollar mukofot.
– Qolgan summa boshqa sovrinli oʻrinlar orasida taqsimalanadi.
– Yarim finalistlar yozgi stipendiya dasturi boʻyicha tanlovga qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2021-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berkeley-prize-bakalavriat-talabalari-uchun-mukofot-jamgarmasi-35-ming-dollar-bolgan-insholar-tanlovi/

@grantlar