Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Germaniyada bepul yozgi til kurslari!

DAAD tashkiloti bakalavriat va magistratura talabalariga 18-35 kunlik yozgi nemis tili kurslari uchun grant taklif etadi.

Kurslar Germaniya universitetlari yoki til maktablaridan birida boʻlib oʻtadi.

DAAD grantini qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Kursda bepul oʻqish.
– Turar joy.
– 1061 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun 875 yevro.
– Sugʻurta toʻlovlari.

Dasturga arizalar 2021-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Kurslar 2022-yil iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-university-summer-courses/

@grantlar
👍1
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1350 yevrogacha oylik stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1350 yervogacha stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
News Photo Awards: mukofoti 10 000 dollargacha boʻlgan fotosuratlar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 9 ta!

Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda professional fotomuxbirlar / yangiliklarni yorituvchi fotograflar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gran-pri mukofoti – 10 000 AQSH dollari.
– Yagona fotosurat yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Fotosuratlar seriyasi yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.

Suratlar 2022-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/news-photo-mukofoti-10-000-dollargacha-bolgan-fotosuratlar-tanlovi/

@grantlar
Gollandiya: Dunyodagi 71-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2209 qilib beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
Magistraturani Gollandiyada oʻqiymizmi?

Gollandiya (Niderlandiya) dunyodagi eng sifatli taʼlim tizimiga ega 10 ta davlatning biridir.

Gollandiyadagi jami 55 ta universitetning 13 tasi dunyoning TOP 400 universiteti roʻyxatidan joy olgan.

Demak, bugun magistraturani Gollandiyada oʻqish va magistratura uchun golland universitetlari grantlari haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL OʼQISH 👈

@grantlar
Swiss Government Excellence Scholarships

Shveytsariya hukumati Oʻzbekiston fuqarolariga quyidagi stipendiyalarni taqdim etadi:

– Research Fellowship – tadqiqotchilar uchun ilmiy tadqiqot amaliyoti oʻtash stipendiyasi.

– PhD Scholarships – PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun stipendiya.

– Postdoctoral Scholarships – postdoktorantlar uchun tadqiqot olib borish stipendiyasi.

Ushbu stipendiyalarni qoʻlga kiritganlarning tadqiqot / oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/swiss-government-excellence-scholarships-shveytsariya-hukumati-grantlari/

@grantlar
Chet elda ijtimoiy sohalarda taʼlim olish: Turkiyada ijtimoiy sohada oʻqiyotgan oʻzbek talaba hikoyasi

👉 https://grantlar.uz/blog/chet-elda-ijtimoiy-sohalarda-talim-olish/

@grantlar
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil 29-noyabrdan 2022-yil 28-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 7300 dollar stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun qoʻshimcha 500 dollargacha mablagʻ.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2021-yil 13-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
Shveytsariya: Dunyoning 14-raqamli oliygohida magistraturani to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Lozanna federal politexnika instituti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga EPFL Excellence Fellowships stipendiya dasturini taklif etadi.

Stipendiya institutda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Semestriga 11 ming AQSH dollari stipendiya.
– Gʻoliblar yotoqxonadan kafolatlangan xona band qilishi mumkin.
– Magistratura yakunida magistrlik diplomidan tashqari maxsus sertifikat beriladi.

EPFLda oʻqish uchun toʻlanadigan jami toʻlovlar 1 semestr uchun 852 dollarni tashkil qiladi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabr yoki 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-excellence-fellowships-shveytsariyada-magistraturani-oqish-uchun-yiliga-22-ming-dollar-stipendiya/

@grantlar
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Kanadada bakalavriat dasturiga oʻqishga kirish yoki oʻqishni koʻchirish uchun 32 ming AQSH dollarigacha grantlar

Kanadadagi Lakehead universiteti bakalavriatga oʻqishga kirmoqchi va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan xalqaro talabalarga qisman grantlar taklif etadi.

Grantlar talabalarning oʻrta taʼlimdagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi asosida beriladi.

Grantlar miqdori: O'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga qarab, butun dastur uchun 4850 AQSH dollaridan 32 300 AQSH dollarigacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lakehead-university-kanadada-bakalavriat-dasturiga-oqishga-kirish-yoki-oqishni-kochirish-uchun-grantlar/

@grantlar
Warren Wilson College: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati! Joy – 25 tagacha!
👉 https://grantlar.uz/warren-wilson-college-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-imkoniyati-joy-25-tagacha/

@grantlar
Xorijda 1 semestr yoki 1 yil oʻqish imkonini beruvchi grant dasturlari

Bunday dasturlar orqali quyidagilar xorijda grant asosida bir muddat tahsil olishi / tadqiqot olib borishi mumkin:
– Maktab, kollej/litsey oʻquvchilar;
– Bakalavrlar;
– Magistrlar;
– Doktorantlar;
– Unversitet oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar va sanʼatkorlar.

👉 BATAFSIL TANISHISH 👈

@grantlar
Arizalar qabuli boshlandi!

Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1743 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar 2021-yil 28-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun navbatdagi to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2021-yil 15-noyabr va 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
🔥1
Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun navbatdagi 10 ta grant eʼlon qilinadi!

Deloitte tashkiloti One Young World sammitida (2022-yil 16-19-may) qatnashish imkonini beruvchi 2 yoʻnalish – taʼlim va iqlim yoʻnalishida grantlar eʼlon qildi.

Har bir yoʻnalish boʻyicha 5 nafardan (jami 10 nafar) nomzodga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Har ikkala yoʻnalishdagi grantlar uchun arizalar 2021-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deloitte-tashkilotidan-tokiodagi-4-kunlik-one-young-world-sammtida-qatnashish-uchun-10-ta-toliq-grant/

@grantlar
Janubiy Koreyadagi eng nufuzli oliygoh – Seul milliy universiteti va u taklif etadigan grantlar (magistratura va doktorantura uchun)

Seul milliy universitetida Janubiy Koreyada nufuzi boʻyicha 1-raqamli, dunyoda esa 36-raqamli oliygohdir.

Universitet magistratura va doktorantura dasturlariga topshiruvchi xorijlik talabalarga bir qancha grantlar taklif qiladi.

Bugun shular haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/seul-milliy-universiteti-va-u-taklif-etadigan-grantlar-magistratura-va-doktorantura-uchun/

@grantlar
Tokio texnologiya institutida oʻqish uchun MEXT granti: oʻqish va yashash xarajatlari toʻliq qoplanadi!

Ushbu grantga institutning magistratura va PhD bosqichiga qabul qilinganlar ariza topshirib, qabul qilinganlar tavsiya etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Yaponiyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Magistratura talabalari uchun (taxminan 1331 dollar oylik stipendiya ajratiladi.
– PhD tadqiqotchilari uchun taxminan 1340 dollar oylik stipendiya ajratiladi.
– Oʻqish toʻlovi 100 foiz qoplanadi.
– Stipendiat ariza topshirish va roʻyxatdan oʻtish toʻlovlaridan ozod qilinadi.

Arizalar 2021-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tokio-texnologiya-institutida-oqish-uchun-mext-granti-oqish-va-yashash-xarajatlari-toliq-qoplanadi/

@grantlar