Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/helmut-veith-stipend/

@grantlar
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍5
13-18 yoshlilar uchun maxsus imkoniyat:

Oksford va Kembrij universitetida 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant yutib olish imkonini beruvchi Immerse Education Essay Competition tanlovi

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
AQSH: Oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 5 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

SUSI for Secondary School Educators – oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza yordami.
– AQSHga borish-kelish va AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Bepul turar joy ajratiladi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2021-yil 21-dekabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqituvchilar-uchun-5-haftalik-almashuv-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍3
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 400-1050 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Dastur uchun yiliga 2 marta qabul qilinadi. Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan bakalavriat talabasi bilan suhbat

👉 Shu grant g'olibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun

@grantlar
👍1
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturidir.

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Dastur bo'yicha Grantlar.uz tayyorlagan manbalar:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍1
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Amaliyot/tadqiqotda ishtirok etish yuzasidan barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
Internet of Things magistratura kurslarida o’qish uchun 30% gacha grant va qo’shimcha 3472 AQSh dollari grant
👉🏻 https://grantlar.uz/internet-of-things-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-30-gacha-grant-va-qoshimcha-3472-aqsh-dollari-grant/

@grantlar
👍1🔥1
Hurmatli mushtariylar!

Yevropa davlatlarida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Erasmus Mundus grantlarining aksariyatida arizalar qabuli boshlandi.

Bugundan boshlab ushbu grantlar haqida birma-bir maʼlumot berib boramiz.

Shuningdek, Erasmus Mundus grantini yutgan oʻzbek talabalar bilan suhbatlar, ularning hujjatlarini ham eʼtiboringizga havola qilib boramiz.

Erasmus Mundus grantlariga ariza topshiruvchilarning barchasiga omad tilaymiz! ✊

@grantlar
EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yo'nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant; Yevropa bo'ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!

Dastur sogʻliqni saqlash boʻyicha magistratura bosqichini 2 yoki 3 ta Yevropa davlatida oʻqish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun bakalavriatni sogʻliqni saqlash sohasida oʻqigan/oʻqiyotgan boʻlish majburiy emas.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 12-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
Z Zurich jamgʻarmasi Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 16 ta toʻliq grant eʼlon qildi!

Bu grantga iqlim oʻzgarishiga moslashish, ruhiy farovonlikni yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlash sohalarida faoliyat yurituvchi 18-30 yoshli yosh yetakchilar ariza topshirishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Har ikkala yoʻnalishdagi grantlar uchun arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/z-zurich-jamgarmasi-tokiodagi-4-kunlik-one-young-world-sammitida-qatnashish-uchun-toliq-grant/

Ushbu sammitga ajratilgan boshqa grantlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistratura kursi uchun Erasmus Mundus’dan to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya!

BIOPHAM dasturi farmasevtika va biofarmasevtika sohasida magistraturani Yevropaning 2 yoki 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 18-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
Xorijda 1 semestrdan 1 yilgacha o'qish imkonini beruvchi dasturlar haqida post e'lon qilgan edik.

Volontyor Firdavsbek Burxonov shunday dasturlar haqida video tayyorladi. Endi ushbu dasturlar haqida matnli yoki video ko'rinishida ma'lumot olishingiz mumkin.

👉 VIDEO SHAKLIDA MA'LUMOT

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT

@grantlar
Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

👉🏻 https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍1
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– Vashingtonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul yotoqxona va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Maqolalar qabuli 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍1
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍1
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: 2021-yil 1-noyabr.
– Odatiy qabul: 2022-yil 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍1