Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Amaliyot/tadqiqotda ishtirok etish yuzasidan barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
Internet of Things magistratura kurslarida o’qish uchun 30% gacha grant va qo’shimcha 3472 AQSh dollari grant
👉🏻 https://grantlar.uz/internet-of-things-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-30-gacha-grant-va-qoshimcha-3472-aqsh-dollari-grant/

@grantlar
👍1🔥1
Hurmatli mushtariylar!

Yevropa davlatlarida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Erasmus Mundus grantlarining aksariyatida arizalar qabuli boshlandi.

Bugundan boshlab ushbu grantlar haqida birma-bir maʼlumot berib boramiz.

Shuningdek, Erasmus Mundus grantini yutgan oʻzbek talabalar bilan suhbatlar, ularning hujjatlarini ham eʼtiboringizga havola qilib boramiz.

Erasmus Mundus grantlariga ariza topshiruvchilarning barchasiga omad tilaymiz! ✊

@grantlar
EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yo'nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant; Yevropa bo'ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!

Dastur sogʻliqni saqlash boʻyicha magistratura bosqichini 2 yoki 3 ta Yevropa davlatida oʻqish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun bakalavriatni sogʻliqni saqlash sohasida oʻqigan/oʻqiyotgan boʻlish majburiy emas.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 12-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
Z Zurich jamgʻarmasi Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun 16 ta toʻliq grant eʼlon qildi!

Bu grantga iqlim oʻzgarishiga moslashish, ruhiy farovonlikni yaxshilash va ijtimoiy tenglikni taʼminlash sohalarida faoliyat yurituvchi 18-30 yoshli yosh yetakchilar ariza topshirishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Har ikkala yoʻnalishdagi grantlar uchun arizalar 2021-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/z-zurich-jamgarmasi-tokiodagi-4-kunlik-one-young-world-sammitida-qatnashish-uchun-toliq-grant/

Ushbu sammitga ajratilgan boshqa grantlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistratura kursi uchun Erasmus Mundus’dan to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya!

BIOPHAM dasturi farmasevtika va biofarmasevtika sohasida magistraturani Yevropaning 2 yoki 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 18-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
Xorijda 1 semestrdan 1 yilgacha o'qish imkonini beruvchi dasturlar haqida post e'lon qilgan edik.

Volontyor Firdavsbek Burxonov shunday dasturlar haqida video tayyorladi. Endi ushbu dasturlar haqida matnli yoki video ko'rinishida ma'lumot olishingiz mumkin.

👉 VIDEO SHAKLIDA MA'LUMOT

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT

@grantlar
Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

👉🏻 https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍1
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– Vashingtonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul yotoqxona va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Maqolalar qabuli 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍1
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍1
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: 2021-yil 1-noyabr.
– Odatiy qabul: 2022-yil 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍1
Diqqat!

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun FLEX dasturining 2 raund natijalari aniq bo'ldi!

Ushbu raunddan o'tganlar email orqali 3-raundga taklif etiladi

O'zbekistonning boshqa viloyatlaridan bo'lgan nomzodlarni saralash natijalari ham tez orada aniq bo'ladi.

Natijalar aniq bo'lganda email orqali xabar qilinadi. Emaillaringizni tez-tez tekshirib turing.

@grantlar_namuna
👍3
Rossiya: HSE universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 305-oʻrinni egallab turgan Rossiyaning HSE universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga toʻliq va qisman grantlarni taklif qiladi.

Grant taklif etilayotgan magistrlik kurslarining aksariyati ingliz tilida, ayrimlari ingliz va rus tillarida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari: Grantlar magistraturada oʻqish uchun kontrakt summasidan toʻliq yoki qisman ozod qiladi.

Arizalar 2022-yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (120-500 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
Stipendium Hungaricum grantini yutgan hamyurtlarimiz hujjatlari

Biroz oldin Vengriyada to'liq grant asosida o'qish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturi haqida post joylagandik.

E'tiboringizga shu grantni yutgan o'zbek talabalarning hujjatlarini havola qilamiz:

👉 Bakalavriat va magistraturada o'qish uchun shu grantni yutgan oʻzbek talabalarining dasturga topshirgan hujjatlari

👉 Shu grantni doktoranturada o'qish uchun yutgan o'zbek talabaning dasturga topshirgan hujjatlari

@grantlar
👍1
Odatiy qabul 8-noyabrdan boshlandi.

Janubiy Koreya: Dunyoning 41-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 300 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

KAISTga qabul yiliga 3 marta qabul boʻladi. 2022-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Erta qabul – 2021-yil 22-oktyabrgacha (oʻqish 2022-yil bahordan);
– Odatiy qabul – 2022-yil 7-yanvargacha (oʻqish 2022-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2022-yil 27-maygacha (oʻqish 2022-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
👍2
Youth Green Camp: Qirgʻizistonda 2 kunlik bepul kuzgi oromgoh!

Qirgʻizistonning Norin shahrida 27-28-noyabr kunlari atrof-muhitga oid va ekologik muammolar boʻyicha Youth Green Camp oromgohi boʻlib oʻtadi.

Oromgohda Markaziy Osiyodan (jumladan, Oʻzbekistondan) va Afgʻonistondan boʻlgan 16-24 yoshli maktab, kollej, litsey oʻquvchilari va universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.
– Ichki transport taʼminlanadi.
– Atrof-muhitga oid va ekologik muammolarga yechimlarni amalga tatbiq qilish uchun grant yutib olish imkoniyati.

Arizalar 2021-yil 23-noyabr, Oʻzbekiston vaqti bilan 22:59 ga qadar qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-green-camp-qirgizistonda-2-kunlik-bepul-kuzgi-oromgoh/

@grantlar
👍1
Toshkentda Brothers Grimm LS öquv markazida Yevropa Ittifoqining European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages (Til Bilish Darajasini Tasdiqlovchi Yevropa Konsortsiumi) tomonidan NEMIS tilidan A2, B1, B2, C1 sertifikatini qölga kiritmoqchi bölganlar uchun ECL imtihonini ötkaziladi.

👉Sanasi: 7-10-dekabr
👉Röyxatdan ötish: 17-noyabrgacha

ECL sertifikati haqida:
📍Til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro, ishonchli, raqobatbardosh til sertifikati
📍Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida, universitetlar va maktablarda rasman tan olingan
📍 Imtihonning og'zaki va yozma qismlarini alohida topshirish imkoniyati mavjud
📍 Imtihon javoblari Yevropada tekshiriladi, 2 sahifadan iborat til darajasini tasdiqlovchi ECL sertifikati ham Yevropadan keladi.
📍 Sertifikat muddatsiz amal qiladi

Batafsil ma'lumot va röyxatdan ötish: www.grimmschool.uz/ecl

Tel: +998909878184
Telegram: @BrothersGrimmLS2020

Manzil: Chorsu savdo markazi (Turkuaz) 3 xona.

Telegram | Instagram | Facebook