Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
SUSIs for Young Women Leaders dasturi g'olibasi bilan ovozli suhbat!

SUSIs for Young Women Leaders dasturi 18-25 yoshli ayol-qiz talabalarga AQSHda 4 haftalik ta'lim dasturida qatnashish imkonini beradi.

Jamoamiz shu dastur g'olibasi Kamola Bekniyozova bilan ovozli suhbat qiladi.

Suhbat vaqti: 2021-yil 24-noyabr, 20:00
Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali

Kamolaning natijalari:
- SUSIs for Young Women Leaders 2019 g'olibasi.
- Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi.
- ICYF International Volunteers Camp (Antalya) ishtirokchisi
- "SDG goals in Central Asia" olimpiadasida 1-o'rin.
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar olimpiadasi Respublika bosqichida 1-o'rin.

Suhbatda gaplashamiz:
- Qabul jarayoni.
- Motivatsiya inshosini muvaffaqiyatli yozish.
- G'olib bo'lishga xizmat qiluvchi omillar.
- AQSHdagi mashg'ulotlar va boshqalar.

Qiziquvchi ota-onalarga ham suhbatda qatnashish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Bu oy yangilik qilishdan to’xtamaydigan oy bo'ldi!

👉 ЧИТАТЬ НА РУССКОМ

Result'dan yana bir yangilik: endi nemis 🇩🇪 tili Result'da.

Boshqa markazlarga qaraganda hamyonbop intensiv nemis tili kurslariga sizlarni taklif qilamiz🤗

Barcha darajadagi o’quvchilar uchun gruhlar bor, ya’ni A1 dan C1 gacha.

✔️ Darslar haftasiga 3 kun, 3 soatdan bo’lib o’tadi.

Bonusiga hali O'zbekistonga yo'q, Germaniyadan maxsus keltirilgan haqiqiy kitoblar🔥

Ustozimiz esa:
✅ C2 sertifikat ega
👩‍🏫 Nemis filliologiyasi yo’nalishi bo’yicha falsafa fanlar doktori Gulrukh Rakhimova

Ro'yxatdan o'tish linki👇

https://bit.ly/3r0A0sm

☝️ Joylar soni cheklangan!

Murojaat uchun👇🏻
+998998080660
+998998090660
Kanadada bakalavriat dasturiga oʻqishga kirish yoki oʻqishni koʻchirish uchun 32 ming AQSH dollarigacha grantlar

Kanadadagi Lakehead universiteti bakalavriatga oʻqishga kirmoqchi va oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan xalqaro talabalarga qisman grantlar taklif etadi.

Grantlar talabalarning oʻrta taʼlimdagi oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi asosida beriladi.

Grantlar miqdori: O'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichiga qarab, butun dastur uchun 4850 AQSH dollaridan 32 300 AQSH dollarigacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lakehead-university-kanadada-bakalavriat-dasturiga-oqishga-kirish-yoki-oqishni-kochirish-uchun-grantlar/

@grantlar
Hozirda koʻplab grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Ariza topshirish jarayonida “Zip code yoki postal code nima?”, “Email kerakmi?”, “Hujjatlarni oxirgi kuni topshirsam boʻladimi?” kabi koʻplab savollar kelish tushyapti.

Bugun ariza topshirishdagi shu kabi masalalar yoritilgan postlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Demak:

👉 Zip (postal) code nima va uni qanday topaman?

👉 Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

👉 Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang. Nega?

👉 Grantlarga topshirishdan oldin talablarini oʻrganib chiqishning ahamiyati haqida

@grantlar
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2021-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
Gates Cambridge Scholarships: Mahshur Kembrij universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MSc, MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 17 848 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 10 120 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 14 440 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Qabul 2021-yil 1-sentabrdan 2022-yilning yanvar oyi boshlarigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
👍2
IMD MBA Merit Scholarships: MBA kursida oʻqish uchun 54 ming AQSh dollarigacha grantlar!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imd-mba-merit-scholarships-mba-kursida-o%ca%bbqish-uchun-grantlar/

@grantlar
SUSIs for Young Women Leaders dasturi boʻyicha guruh tashkil etildi.

Guruhda ushbu dastur yuzasidan savollaringizga dasturning 2019-yildagi gʻolibalari Kamola Bekniyozova va Dilshoda Rabbimova imkon qadar javob beradi.

☝️ MUHIM. Bu dasturga faqatgina 18-25 yoshli, bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida oʻqiyotgan ayol-qizlar topshira oladi.

👉 GURUHGA QOʻSHILISH 👈

Maʼlumot uchun: Dastur ayol-qizlarga AQSHda 4 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkoniyatini beradi (barcha xarajatlar qoplanadi).

@grantlar_namuna
AQSH: Janubiy Kaliforniya universitetida haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturlari!

Janubiy Kaliforniya universiteti 6 ta soha boʻyicha 10-12 haftalik yozgi amaliyot dasturlarini taklif etadi.

Bu dasturlarga bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moddiy imtiyozi: Qabul qilingan amaliyotchilarga dastur davomida turar joy, oziq-ovqat va boshqa kuhdalik xarajatlarni toʻliq qoplashga yetarli maosh toʻlanadi.

Arizalar 2022-yil mart oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-janubiy-karolina-universitetida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturlari/

@grantlar
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 11 ming dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 37 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 37 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
Cyber Security Championship: Qirgʻizistonda kiberxavfsizlik boʻyicha 2 kunlik dastur; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur 2021-yil 11-12-dekabr kunlari Qirgʻizistonning Osh sharida boʻlib oʻtadi va ingliz tilida olib boriladi.

Jami 36 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dasturda:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari;
– Kollej va litsey oʻquvchilari;
– Universitet talabalari qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Dasturda qatnashish bepul.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Borish-kelish xarajati qoplanadi.
– Loyihangiz uchun mini-grant yutib olish mumkin.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2021-yil 4-dekabr, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cyber-security-championship-qirgizistonda-kiberxavfsizlik-boyicha-2-kunlik-dastur/

@grantlar
Insho tanlovlari toʻplami

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari roʻyxatini eʼtiboringizga havola etamiz.

Tanlovlar gʻoliblarga bir necha yuz dollardan xorijda bepul oʻqish imkoniyatigacha boʻlgan mukofotlarni taqdim qiladi.

👉 INSHO TANLOVLARI ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2022-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 97 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
1-dekabrda qabul ochiladigan nufuzli dasturlar

2021-yil 1-dekabrda (O'zbekiston vaqti bilan kechqurun) bir nechta nufuzli dasturlarga qabul ochiladi.

Ularni e'tibordan chetda qoldirmasligingiz uchun alohida eslatib o'tmoqchimiz. O'zingiz uchun saqlab olishingiz mumkin.

1. Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

👉 Vienna BioCenter Summer School haqida batafsil

2. University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmasevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

👉 University of Helsinki grantlari haqida batafsil

3. Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya.

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik bo'yicha bakalavriatda o'qishni xohlaganlarga to'liq grant (stipendiya bilan birga) va qisman grantlarni taklif etadi.

👉 Kyoto University of Advanced Science grantlari haqida batafsil

@grantlar
❤1👍1
Special Program in Japanese and Eurasian Studies (SPJES): Yaponiyada magistratura uchun to’liq grant!

Tsukuba universitetidagi SPJES magistrlik dasturi uchun 8 tagcha toʻliq grant taklif etilmoqda.

Dastur ingliz tilida oʻtiladi, biroq IELTS (kamida 6.0), TOEFL kabi til sertifkatini aprel oyigacha topshirsa boʻladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– 938 dollar oylik stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borish va kelish uchun aviachipta oolib beriladi.

Arizalar Oʻzbekiston vaqtini bilan 2022-yil 15-yanvar soat 18:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/special-program-in-japanese-and-eurasian-studies-spjes-yaponiyada-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍4
RIPS: Bakalavrlar uchun Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2022-yil 21-iyundan 19-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 3800 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 15-fevral 09:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍1
Dunyoning 61-raqamli universitetida PhD bosqichini toʻliq grant va stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

Buyuk Britaniyadagi Warwick universiteti PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilarga Chancellor’s International Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi istalgan PhD kursi uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 42 tagacha grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 15 609 funt-sterling stipendiya beriladi.
– Tadqiqot ishlari uchun 5000 funt-sterling ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/warwick-chancellors-international-scholarships-buyuk-britaniyada-phd-kurslari-toliq-grant/

@grantlar
👍1