Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
TechGirls dasturi boʻyicha savol-javob guruhi!

Hozirda TechGirls dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 4 hafta taʼlim olish imkonini beradi. Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Biz TechGirs dasturining oʻtgan yilgi gʻolibasi Gulasal Butaeva bilan hamkorlikda savol-javob guruhi ochdik.

Dasturga ariza topshirayotganlar yoki ularning ota-onalari guruhga qoʻshilib, dastur va qabul yuzasidan savollarini soʻrashi mumkin.

👉 GURUHGA QOʻSHILISH 👈

☝️ Savol berishdan oldin MANA BU MAQOLANI oʻqib chiqing.

@grantlar_namuna
News Photo Awards: mukofoti 10 000 dollargacha boʻlgan fotosuratlar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 9 ta!

Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda professional fotomuxbirlar / yangiliklarni yorituvchi fotograflar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gran-pri mukofoti – 10 000 AQSH dollari.
– Yagona fotosurat yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Fotosuratlar seriyasi yoʻnalishi gʻolibiga 3000 AQSh dollari.

Suratlar 2022-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/news-photo-mukofoti-10-000-dollargacha-bolgan-fotosuratlar-tanlovi/

@grantlar
Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

Avvalroq
ayol-qizlar uchun maxsus grantlar haqida ma'lumot bergandik.

Bugun shu grantlardan arizalar qabul qilinayotganlarini ayol-qizlarimizga yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz.

Demak:

1. SUSIs for Young Women Leaders dasturi.
Dastur AQSHda 4 haftalik ta'lim oromgohida qatnashish imkonini beradi.

Bu dasturga 18-25 yoshli, oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin (faqat oxirgi bosqich talabalari ariza topshira olmaydi).

Dasturga qatnashish bilan bog'liq barcha xarajatlar to'liq qoplanadi.

Arizalar 2021-yil 20-dekabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

👉 SUSIs for Young Women Leaders dasturi haqida batafsil

2. TechWomen dasturi. Dastur ayol-qizlarga AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 haftalik shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlarini taklif qiladi.

Dastur ishtirokchilarning AQSHga borish-kelish, mashg'ulotlar, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlarni qoplab beradi.

Dasturga kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlar ariza berishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 TechWomen dasturi haqida batafsil

3. TechGirls yozgi oromgoh dasturi. Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 1 oylik yozgi oromgohda tahsil olish imkonini beradi.

Qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyuradi, jamoat xizmatlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.

Dastur AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat, o'qish va boshqa barcha xarajatlarni to'liq qoplaydi.

Arizalar 2022-yil 15-yanvar. 13:00 gacha qabul qilinadi.

👉 TechGirls yozgi oromgoh dasturi haqida batafsil

Grantlar.uz tahririyati ayol-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni va ayol-qizlarning ushbu imkoniyatlardan foydalanishini qoʻllab-quvvatlaydi.

@grantlar
Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Janubiy Koreyadagi eng nufuzli oliygoh – Seul milliy universiteti va u taklif etadigan grantlar (magistratura va doktorantura uchun)

Seul milliy universitetida Janubiy Koreyada nufuzi boʻyicha 1-raqamli, dunyoda esa 36-raqamli oliygohdir.

Universitet magistratura va doktorantura dasturlariga topshiruvchi xorijlik talabalarga bir qancha grantlar taklif qiladi.

Bugun shular haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/seul-milliy-universiteti-va-u-taklif-etadigan-grantlar-magistratura-va-doktorantura-uchun/

@grantlar
AScI internship programme: Bakalavr va magistrlar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot 2022-yil iyun-avgust oylarida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Moddiy taʼminot:
– Kamida 1800 yevro oylik maosh toʻlanadi.
– Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratilishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 3-yanvardan 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
1-dekabrdan qabul boshlandi.

Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Yozgi maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy.
– Tibbiy sugʻurta.
– 1400 yevro stipendiya.
– Jamoat transportidan bepul foydalanish.
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar.
– Yakuniy nutq gʻoliblariga pul mukofotlari.

Dasturga 30 nafar talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍1
UES-LEGITS: Gollandiyada magistratura uchun to’liq grant va 11 000 yevro stipendiya!

Gollandiyadagi Utrecht universiteti UES-LEGITS grantini taklif etadi.

Grant har yili Huquq, iqtisod va boshqaruv fakultetidagi ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kurslariga qabul qilingan 6 nafargacha talabaga taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yiliga 11 000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ues-legits-gollandiyada-magistratura-uchun-toliq-grant-va-11000-yevro-stipendiya/

@grantlar
Hozirda barcha bosqichlar (bakalavriat, magistatura, PhD va h.k.) uchun Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grantiga arizalar qabul qilinmoqda.

Shu sababli bugun sizlarga Vengriyada oʻqishning afzalliklari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz.

👉 BATAFSIL O'QISH 👈

@grantlar
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
❤1
Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Dastur Jahon bankining Vashington ofisi yoki boshqa ofislarida kamida 4 hafta amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Soatbay ish haqi toʻlanadi.
– Zarur hollarda safar xarajatlari uchun 3000 dollargacha ajratiladi.

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 1-dekabrdan 31-yanvargacha (yozgi amaliyot uchun)
– 1-oktabrdan 31-oktabrgacha (qishki amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bank-internship-program-bip-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-jahon-bankida-haq-tolanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍1
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 4 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 50 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2022-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍1
Shveytsariya: Dunyoning 14-raqamli oliygohida magistraturani to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Lozanna federal politexnika instituti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga EPFL Excellence Fellowships stipendiya dasturini taklif etadi.

Stipendiya institutda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Semestriga 11 ming AQSH dollari stipendiya.
– Gʻoliblar yotoqxonadan kafolatlangan xona band qilishi mumkin.
– Magistratura yakunida magistrlik diplomidan tashqari maxsus sertifikat beriladi.

EPFLda oʻqish uchun toʻlanadigan jami toʻlovlar 1 semestr uchun 852 dollarni tashkil qiladi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabr yoki 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-excellence-fellowships-shveytsariyada-magistraturani-oqish-uchun-yiliga-22-ming-dollar-stipendiya/

@grantlar
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2021-yil 29-noyabrdan 2022-yil 28-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
Stipendium Hungaricum (bakalavriat) grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Stipendium Hungaricum boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Stipendium Hungaricum bakalavriat bosqichi Vengriyada to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Ushbu kursga maktab, litsey yoki kollejni bitirgan, shuningdek, maktab, litsey yoki kollejda bitiruvchi sinf/kursda oʻqiyotganlar qatnashishi mumkin.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍1
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 25 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 2-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍1
​​Koreyaning International Graduate School of English oliygohidan qabul yuzasidan Zoom uchrashuv

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan International Graduate School of English (IGSE) oliygohi magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun qabul jarayoni boʻyicha Zoom uchrashuv oʻtkazmoqda.

Uchrashuv bevosita oliygoh vakillari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Oliygoh taklif etadigan yoʻnalishlar:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Ushbu magistrlik kurslariga qabul 2022-yil 11-fevralgacha davom etadi.

👉 Ushbu magistrlik kurslari haqida qisqacha maʼlumot

Ushrashuvda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
– MA in TESOL magistrlik kursining oʻquv dasturi haqida maʼlumot
– Ariza topshirish jarayoni
– Taklif etiladigan grantlar
– Vizaga ariza topshirish jarayoni
– Savol-javoblar

Uchrashuv tafsilotlari:
Vaqti:
Oʻzbeksiton vaqti bilan 2021-yil 14-dekabr, 18:00-19:20
Usuli: Zoom orqali (onlayn, real vaqt rejimida)
Kim uchun: Yuqoridagi magistrlik kurslari boʻyicha Koreyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Roʻyxatdan oʻtish

Uchrashuvda qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtganlarga uchrashuvda qatnashish uchun 13-dekabrda email Zoom havola (link) yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi arizani toʻldiring👇

https://forms.gle/rEXGud6ZFY2kn4UP7

Oliygoh talabalari videolari:

👉 Oʻzbekistonlik talaba videosi

👉 Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti | Qabul yoʻriqnomasi
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍1