Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2022-yil 1-fevralgacha;
– 2022-yil 1-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍1
Oxford University Said Business School: Skoll Scholarship Programme - MBA kursi uchun toʻliq grant; yillik 14 985 funt-sterling stipendiya!

👉 https://grantlar.uz/oxford-university-said-business-school-skoll-scholarship-programme/

@grantlar
❤1👍1
Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2022-yil 14-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍1
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga dollardan.

Sheʼrlar 2022-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍1
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofot: 3000 dollar va boshqalar.

Dedlayn: 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍1
Eslatma: qabul 19-dekabrda yakunlanadi

Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan insholar tanlovida qatnashib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 16 yoshdan 36 yoshgacha boʻlganlar qatnasha oladi.

Insholar ingliz tilida, "Nizami - poet for all humanity" mavzusida yozilishi kerak.

Tanlov sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin – 300 dollar.
– 2-oʻrin – 200 dollar.
– 3-oʻrin – 150 dollar.
– 2 nafar alohida eʼtirofga sazovor insho muallifi – 100 dollardan.

Insholar Oʻzbekiston vaqti bilan 2021-yil 19-dekabr, soat 00:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nizami-poet-for-all-humanity-international-essay-competition/

@grantlar
👍1
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
🔥1
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening; joy – 120 ta!

Trening nomzodning tanlovi va COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 550 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
👍2
E'lon: Copernicus Berlin tashkilotining International Excellence Scholarship dasturiga qabul muddati 2021-yil 20-dekabrgacha uzaytirildi.

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍1
Irlandiya: Irlandiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 60 ta!

Irlandiya hukumatining xalqaro taʼlim grantlari Irlandiya universitetlariing bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun 1 yillik toʻliq grantlarni taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– 1 yil uchun 10 000 yevro stipendiya
– 1 yil davomida kontrakt puli va boshqa badallardan toʻliq ozod qiladi

Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/government-of-ireland-international-education-scholarships-programme/

@grantlar
👍1
Xorij universitetlarida magistratura: “Research Degree” yaxshimi yoki “Taught Degree”?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xorij-universitetlarida-magistratura-research-degree-yaxshimi-yoki-taught-degree/

@grantlar
Manzil – Yaponiya!

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va Yaponiyada oʻqish, amaliyot oʻtash yoki boshqa imkoniyat taqdim qiladigan dasturlarni keltirib oʻtamiz.

👉 DASTURLAR RO'YXATI 👈

@grantlar
Manfred Wörner Scholarship: Germaniyada tadqiqot olib borish uchun 2000 yevro oylik stipendiya!

Tadqiqot Germaniyada maksimal 12 oy davomida, ingliz, nemis yoki fransuz tilida olib borilishi mumkin.

Yosh tadqiqotchilar va ilmiy faoliyat tajribasiga ega harbiy ofitserlar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqotchiga oyiga 2000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/manfred-worner-scholarship-germaniyada-tadqiqot-olib-borish-uchun-2000-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 100 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Emile Boutmy Scholarships: Bakalavr kursini Fransiyada o’qish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Fransiyada joylashgan Sciences Po universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchilarga Emile Boutmy Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi barcha bakalavriat dasturlari uchun beriladi.

Grant imkoniytarlari: Grant kontrakt to'lovidan 3600 yevrodan 13 000 yevrogacha chegirma taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/emile-boutmy-scholarships-bakalavr-kursini-fransiyada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetida (MGUPP) bakalavriat uchun 50% gacha grantlar

MGUPPda 2021/2022 oʻquv yili sirtqi taʼlim shakli uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

MGUPP bakalavriatda oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga 50% foizgacha chegirmalarni taklif qiladi.

Xohlovchilar 2022/2023 oʻquv yili uchun ham hozirdan ariza topshirishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/moskva-davlat-oziq-ovqat-ishlab-chiqarish-universitetida-bakalavriat-uchun-qabul/

@grantlar
👍1
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!

Universitetdagi istalgan magistratura yoki doktorantura sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasi uchun ham bir necha turdagi toʻliq grantlar taklif etiladi.

Grantlarning baʼzilari kontrakt, borish-kelish, turar joy, tibbiy sugʻurta, xalqaro konferensiyalarga qatnashish xarajatlarini qoplashdan tashqari oyiga 2300 dollargacha stipendiya taqdim etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2022-yil 10-yanvar.
– 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khalifa-university-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant-stipendiya-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
Navbatdagi video

Bugungi videoda AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul o'qish imkoniyatlari haqida so'z boradi.

Videoni ko'rish👇
https://youtu.be/UBAq-iu48_8

Videoni volontyor Firdavsbek Burxonov tayyorladi.

@grantlar
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

👉 https://t.me/grantlar_namuna/290

@grantlar