Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening; joy – 120 ta!

Trening nomzodning tanlovi va COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 550 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
👍2
E'lon: Copernicus Berlin tashkilotining International Excellence Scholarship dasturiga qabul muddati 2021-yil 20-dekabrgacha uzaytirildi.

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍1
Irlandiya: Irlandiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 60 ta!

Irlandiya hukumatining xalqaro taʼlim grantlari Irlandiya universitetlariing bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun 1 yillik toʻliq grantlarni taklif etadi.

Grant imtiyozlari:
– 1 yil uchun 10 000 yevro stipendiya
– 1 yil davomida kontrakt puli va boshqa badallardan toʻliq ozod qiladi

Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/government-of-ireland-international-education-scholarships-programme/

@grantlar
👍1
Xorij universitetlarida magistratura: “Research Degree” yaxshimi yoki “Taught Degree”?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xorij-universitetlarida-magistratura-research-degree-yaxshimi-yoki-taught-degree/

@grantlar
Manzil – Yaponiya!

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va Yaponiyada oʻqish, amaliyot oʻtash yoki boshqa imkoniyat taqdim qiladigan dasturlarni keltirib oʻtamiz.

👉 DASTURLAR RO'YXATI 👈

@grantlar
Manfred Wörner Scholarship: Germaniyada tadqiqot olib borish uchun 2000 yevro oylik stipendiya!

Tadqiqot Germaniyada maksimal 12 oy davomida, ingliz, nemis yoki fransuz tilida olib borilishi mumkin.

Yosh tadqiqotchilar va ilmiy faoliyat tajribasiga ega harbiy ofitserlar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqotchiga oyiga 2000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/manfred-worner-scholarship-germaniyada-tadqiqot-olib-borish-uchun-2000-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 100 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Emile Boutmy Scholarships: Bakalavr kursini Fransiyada o’qish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Fransiyada joylashgan Sciences Po universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchilarga Emile Boutmy Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi barcha bakalavriat dasturlari uchun beriladi.

Grant imkoniytarlari: Grant kontrakt to'lovidan 3600 yevrodan 13 000 yevrogacha chegirma taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil 23-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/emile-boutmy-scholarships-bakalavr-kursini-fransiyada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetida (MGUPP) bakalavriat uchun 50% gacha grantlar

MGUPPda 2021/2022 oʻquv yili sirtqi taʼlim shakli uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

MGUPP bakalavriatda oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga 50% foizgacha chegirmalarni taklif qiladi.

Xohlovchilar 2022/2023 oʻquv yili uchun ham hozirdan ariza topshirishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/moskva-davlat-oziq-ovqat-ishlab-chiqarish-universitetida-bakalavriat-uchun-qabul/

@grantlar
👍1
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!

Universitetdagi istalgan magistratura yoki doktorantura sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasi uchun ham bir necha turdagi toʻliq grantlar taklif etiladi.

Grantlarning baʼzilari kontrakt, borish-kelish, turar joy, tibbiy sugʻurta, xalqaro konferensiyalarga qatnashish xarajatlarini qoplashdan tashqari oyiga 2300 dollargacha stipendiya taqdim etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn mavjud:
– 2022-yil 10-yanvar.
– 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khalifa-university-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant-stipendiya-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
Navbatdagi video

Bugungi videoda AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul o'qish imkoniyatlari haqida so'z boradi.

Videoni ko'rish👇
https://youtu.be/UBAq-iu48_8

Videoni volontyor Firdavsbek Burxonov tayyorladi.

@grantlar
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

👉 https://t.me/grantlar_namuna/290

@grantlar
Belgiyada Magistratura bosqichida tahsil olish uchun toʻliq grantlar!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 42-oʻrinda turuvchi KU Leuven (Belgiya) universiteti muayyan magistratura kurslarida oʻqish uchun Science@Leuven Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Sugʻurta va asosiy tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Yiliga 10 000 yevrogacha stipendiya.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/belgiya-magistratura-bosqichida-tahsil-olish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍2
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

👉 https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
SJTU Scholarships: Xitoyda ingliz, fransuz yoki xitoy tilida bakalavrait bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

👉 https://grantlar.uz/sjtu-scholarships-xitoyda-bakalavrait-bosqichida-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
❤2
EuroPubHealth: sog'liqni saqlash yo'nalishida Erasmus Mundus magistratura dasturi va to’liq grant; Yevropa bo'ylab 3 tagacha davlatda o’qish imkoniyati!

Dastur sogʻliqni saqlash boʻyicha magistratura bosqichini 2 yoki 3 ta Yevropa davlatida oʻqish imkonini beradi.

Ariza topshirish uchun bakalavriatni sogʻliqni saqlash sohasida oʻqigan/oʻqiyotgan boʻlish majburiy emas.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 12-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍2
Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sustainability-scholarship-istalgan-davlatda-magistratura-kursida-oqish-uchun-5000-yevrogacha-grant/

@grantlar
Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur Ruminiya universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi.

Grantga ingliz, rumin yoki fransuz tilida ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, universitetga roʻyxatdan oʻtish va boshqa shu kabi toʻlovlardan toʻliq ozod qilidi.
– 1 yillik rumin tili kursi kontraktidan toʻliq ozod qiladi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Favqulodda tibbiy yordam xizmatlari qoplanadi.
– Mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishda imtiyozlar beriladi.

Arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/romanian-government-scholarship-ruminiyada-bakalavr-magistratura-va-doktorantura-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍1