Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
HZB International Summer Student Programme: Talabalar uchun Germaniyada 8 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot!

Dastur bakalavr talabalariga 2022-yil 4-iyuldan 29-avgustgacha HZB kampuslarida tadqiqot (amaliyot) olib borish imkonini beradi (ingliz tilida).

Fizika, kimyo, moddashunoslik, strukturaviy biologiya, matematika yoki shularga aloqador mutaxassisliklar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi.
– 1800 yevrogacha ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun 500 yevrogacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 7-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hzb-international-summer-student-programme/

@grantlar
👍8🔥2
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 11 ming dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabullar:
– 2021-yil 1-dekabrdan 2022-yil 14-yanvargacha
– 2022-yil 15-fevraldan 4-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍4❤1
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
👍2
INSPIRE Potentials – MARVEL Master's Fellowships: Ayol-qiz magistrlar uchun Shveytsariyada 6 oylik tadqiqot; xarajatlar qoplanadi!

Dastur ayol-qiz magistrlarga “Computational Design and Discovery of Novel Materials“ mavzusida 6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 13 100 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 550 dollar mablagʻ
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar har yili 2 marta qabul qilinadi:
– 15-aprelgacha
– 15-oktabrgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/inspire-potentials-marvel-masters-fellowships/

@grantlar
👍6
Dunyoning TOP universitetlariga oʻqishimni (bakalavriat) koʻchirsam boʻladimi?

Javob:
Baʼzilariga koʻchirish mumkin, baʼzilariga esa yoʻq.

👉 MATN SHAKLIDA BATAFSIL OʻQISH

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH

@grantlar
Breakthrough Generation: AQSHda 10 haftalik amaliyot; haftasiga 600 dollar ish haqi toʻlanadi

Dastur ekologiya va insoniyat rivoji masalalariga bagʻishlangan boʻlib, ishtirokchilar turli aloqador sohalarda taʼlim oladi va tadqiqot olib boradi.

Bakalavriatning oxirgi bosqich talabalari, yosh mutaxassislar va aspirantura talabalari ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilarga haftasiga 600 dollar ish haqi beriladi.

Arizalar 2022-yil 29-yanvar, tush soat 12:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/breakthrough-generation-aqshda-10-haftalik-amaliyot/

@grantlar
👍3
Community Engagement Exchange (AQSH): yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 21-28 yoshli fuqarolik jamiyati yetakchilari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar 1 yillik ushbu dastur doirasida AQSHda 3 oy amaliyot oʻtaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishga yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun aviachipta.
– Favqulodda holat va tibbiy sugʻurta.
– AQSHdagi amaliyot davrida turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ.

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 16-yanvar, 09:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/community-engagement-exchange-aqsh-21-28-yoshli-yetakchilar-uchun-1-yillik-malaka-oshirish-dasturi/

@grantlar
👍5
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-2023-oʻquv yili uchun 420 ta stipendiya ajratadi!

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritganlarning xorijda oʻqish, yashash va borish-kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Ajratilgan grant oʻrinlari taqsimoti:
– Bakalavriat uchun 120 ta;
– Magistratura uchun 180 ta;
– Doktorantura uchun 120 ta oʻrin.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga barcha bosqichlar uchun kamida 20 ta oʻrin ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2022-2023-oquv-yili/

@grantlar
👍13❤2
Illinois Wesleyan University: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/illinois-wesleyan-university-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-imkoniyati/

@grantlar
👍3🔥2
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍3
BUSS: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 9 haftalik yozgi maktab!

Biology Undergraduate Summer School (BUSS) – hayot haqidagi fanlar boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlarga Shveytsariyada 9 hafta davomida tadqiqot olib borish (ingliz tilida) imkonini beruvchi yozgi maktabdir.

Hayot haqidagi fanlar roʻyxati juda keng, ular bilan BU YERDA tanishing.

Dastur imtiyozlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.
– Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik sayohat uyushtiriladi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buss-bakalavrlar-uchun-shveytsariyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍4
Grantlar.uz jamoasi dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri – Carnegie Mellon universitetining Qatardagi filialida oʻqish uchun toʻliq grant yutib olgan Yusufbek Nasriddinov bilan suhbatlashgan.

Suhbatda quyidagilar bilan tanishasiz:

👉 Bu qanday grant va nimalarni qoplaydi?

👉 Unga qanday hujjat topshiriladi?

👉 Aynan shu grantni yutish uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozim va boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/cmuq-oliygohida-oqish-uchun-toliq-grant-asosida-qabul-qilingan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍11
Dunyoning 98-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ!

Xitoy fan va texnologiya universiteti ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha magistratura hamda doktorantura dasturlari uchun USTC Fellowship grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– 550 dollar oylik stipendiya.
– Turar joy uchun mablagʻ.
– Kompleks tibbiy sugʻurta.

Arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ustc-fellowship-xitoyda-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍6
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi!

Dastur kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3500 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1100 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabul 2021-yil noyabr oyi oʻrtalaridan 2022-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍4🔥1
Turkiye Burslari grantiga qabul bugun – 10-yanvardan boshlanadi!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD, qisqa muddatli oʻqishlar va h.k.) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrak puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍39❤8🔥3
Turkiya Burslari toʻliq grantini yutib olgan hamyurtimiz bilan suhbat

Biroz oldin barcha bosqichlar uchun Turkiya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Turkiye Burslari grant dasturi haqida post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi shu grant gʻolibi – Abdulaziz Murtozayev bilan suhbat qilgan.

Suhbatda bilib olasiz:
– Grant talablari va imkoniyatlari;
– Til bilish va diplom baholari ahamiyati;
– Suhbat jarayonidagi muhim jihatlar;
– Yutish uchun muhim omillar;
– Turkiyada oʻqish jarayoni va boshqalar.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/turkiya-hukumatining-turkiye-burslari-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍20🔥2
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– 1 oy uchun taxminan 424 dollari stipendiya beriladi

2022-yil yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍17❤4🔥2
Navbadagi video: Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Bugungi videomizda xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalar bilan bo'lishamiz.

👉 VIDEONI KO'RISH 👈

Videoni volontyorlar Firdavsbek Burxonov va Farangiz Xolmatova tayyorladi.

@grantlar
👍17
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (bakalavriat, magistratura va PhD)!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari granti boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Turkiya burslari granti Turkiya universitetlarida to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursda Turkiya OTMlarida ingliz yoki turk tilida bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olmoqchi boʻlganlar qatnashishi mumkin.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL👈

@grantlar
👍17❤8🔥3
Hozirda Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universitetida (CEU) magistratura va doktoranturani o'qish uchun to'liq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Grantlar:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qiladi.
- 1350 dollargacha stipendiya beradi.
- Tibbiy sug'urta xarajatlarini qoplaydi.
- Yoki yuqoridagilardan boshqacharoq imtiyozlar beradi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 CEU magistratura grantlari haqida batafsil

👉 CEU doktorantura grantlari haqida batafsil

@grantlar
👍12🔥9