Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-2023-oʻquv yili uchun 420 ta stipendiya ajratadi!

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritganlarning xorijda oʻqish, yashash va borish-kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Ajratilgan grant oʻrinlari taqsimoti:
– Bakalavriat uchun 120 ta;
– Magistratura uchun 180 ta;
– Doktorantura uchun 120 ta oʻrin.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga barcha bosqichlar uchun kamida 20 ta oʻrin ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/el-yurt-umidi-jamgarmasi-2022-2023-oquv-yili/

@grantlar
👍13❤2
Illinois Wesleyan University: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/illinois-wesleyan-university-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-imkoniyati/

@grantlar
👍3🔥2
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍3
BUSS: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 9 haftalik yozgi maktab!

Biology Undergraduate Summer School (BUSS) – hayot haqidagi fanlar boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlarga Shveytsariyada 9 hafta davomida tadqiqot olib borish (ingliz tilida) imkonini beruvchi yozgi maktabdir.

Hayot haqidagi fanlar roʻyxati juda keng, ular bilan BU YERDA tanishing.

Dastur imtiyozlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.
– Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik sayohat uyushtiriladi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buss-bakalavrlar-uchun-shveytsariyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍4
Grantlar.uz jamoasi dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri – Carnegie Mellon universitetining Qatardagi filialida oʻqish uchun toʻliq grant yutib olgan Yusufbek Nasriddinov bilan suhbatlashgan.

Suhbatda quyidagilar bilan tanishasiz:

👉 Bu qanday grant va nimalarni qoplaydi?

👉 Unga qanday hujjat topshiriladi?

👉 Aynan shu grantni yutish uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozim va boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/cmuq-oliygohida-oqish-uchun-toliq-grant-asosida-qabul-qilingan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍11
Dunyoning 98-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ!

Xitoy fan va texnologiya universiteti ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha magistratura hamda doktorantura dasturlari uchun USTC Fellowship grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– 550 dollar oylik stipendiya.
– Turar joy uchun mablagʻ.
– Kompleks tibbiy sugʻurta.

Arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ustc-fellowship-xitoyda-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍6
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi!

Dastur kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3500 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1100 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabul 2021-yil noyabr oyi oʻrtalaridan 2022-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍4🔥1
Turkiye Burslari grantiga qabul bugun – 10-yanvardan boshlanadi!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD, qisqa muddatli oʻqishlar va h.k.) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrak puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2022-yil 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍39❤8🔥3
Turkiya Burslari toʻliq grantini yutib olgan hamyurtimiz bilan suhbat

Biroz oldin barcha bosqichlar uchun Turkiya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Turkiye Burslari grant dasturi haqida post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi shu grant gʻolibi – Abdulaziz Murtozayev bilan suhbat qilgan.

Suhbatda bilib olasiz:
– Grant talablari va imkoniyatlari;
– Til bilish va diplom baholari ahamiyati;
– Suhbat jarayonidagi muhim jihatlar;
– Yutish uchun muhim omillar;
– Turkiyada oʻqish jarayoni va boshqalar.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/turkiya-hukumatining-turkiye-burslari-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍20🔥2
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– 1 oy uchun taxminan 424 dollari stipendiya beriladi

2022-yil yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍17❤4🔥2
Navbadagi video: Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Bugungi videomizda xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalar bilan bo'lishamiz.

👉 VIDEONI KO'RISH 👈

Videoni volontyorlar Firdavsbek Burxonov va Farangiz Xolmatova tayyorladi.

@grantlar
👍17
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (bakalavriat, magistratura va PhD)!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari granti boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Turkiya burslari granti Turkiya universitetlarida to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursda Turkiya OTMlarida ingliz yoki turk tilida bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olmoqchi boʻlganlar qatnashishi mumkin.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL👈

@grantlar
👍17❤8🔥3
Hozirda Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universitetida (CEU) magistratura va doktoranturani o'qish uchun to'liq grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Grantlar:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qiladi.
- 1350 dollargacha stipendiya beradi.
- Tibbiy sug'urta xarajatlarini qoplaydi.
- Yoki yuqoridagilardan boshqacharoq imtiyozlar beradi.

Arizalar 2022-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 CEU magistratura grantlari haqida batafsil

👉 CEU doktorantura grantlari haqida batafsil

@grantlar
👍12🔥9
Oʻquvchi va talabalar uchun mukofot jamgʻarmasi 64 million soʻmlik maqolalar tanlovi!

Tanlovda oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-oʻquvchilar oʻzlarining ilmiy-ijodiy ish (maqola)lari bilan qatnashishi mumkin.

Tanlov shiori: “Vatan taraqqiyotiga mening hissam”

Tanlov 4 ta shoʻba boʻyicha oʻtkaziladi va har bir shoʻba sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin – 8 000 000 soʻm;
2-oʻrin – 5 000 000 soʻm;
3-oʻrin – 3 000 000 soʻm.

Ilmiy-ijodiy ishlar 2022-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oquvchi-va-talabalar-uchun-mukofot-jamgarmasi-64-million-somlik-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍24🔥10❤4
Chegirmadagi kurslarga hali ham imkon bor!

💰Qayerga qaramang dasturlash sohasiga tegishli kurslar juda qimmat, o'z-o'zidan kelib chiqadiki bunday kurslarni o'rganishga har kimni ham moliyaviy tarafi yo'l qo'ymaydi.

🎯CAT o'quv markazining maqsadi ham aynan shu kabi aholini oddiy qatlami uchun arzonlashtirilgan kurslar tashkil qilish hamda millatimiz kelajagi uchun manfaatli bo'lgan dasturchilarni tayyorlab, ishga joylash.

🎁Ayni damda o'quv markazimizda dasturlashning basics kursi uchun chegirmalar mavsumiga start berdik. Chegirmalar 20-yanvargacha davom etadi.

Basics kursini yakunlaganingizdan so'ng, imtihon orqali quyidagi kurslarimizda o'qishingiz mumkin👇
✔️Front-end
✔️Back-end
✔️Flutter
✔️Python
✔️Java
✔️Ingliz tili

👉Ro'yxatdan o'tish uchun

📲Murojaat uchun: +998999110204

📍Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Pahlavon Mahmud ko'chasi 15-uy

Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍27🔥6❤1
Uzbekistan Business Leaders: AQSHda malaka oshirish dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Uzbekistan Business Leaders – 22-40 yoshli oʻzbekistonliklar uchun moʻljallangan, biznes va yetakchilikka oid mashgʻulotlardan iborat 4 haftalik dastur boʻlib, buning 3 haftasi AQSHda oʻtkaziladi.

Nomzodga talablar:
– Ingliz tilini yaxshi bilish.
– Biznes, tadbirkorlik, ijtimoiy tadbirkorlik, innovatsiyalar, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va texnologiya sohasida kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlish.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa yashash xarajatlari qoplanadi.
– Dastur bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/uzbekistan-business-leaders-program/

@grantlar
👍52🔥10❤6
3 ta iPhone 13 pro va 45 ta Smart watch'dan biriga ega bo‘ling!

🔥
Ayni vaqtda qishki ta’tilda bo‘lgan ko‘plab yoshlarning taklif va istaklariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining telegramdagi rasmiy sahifasida “Zakovat” viktorinasiga start berilmoqda.

✅ Barcha yoshlar 12-yanvardan 5-fevralga qadar @yoshlartanlovbot telegram botida o‘ynaladigan onlayn “Zakovat” viktorinasiga taklif etiladi! Loyiha konsepsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Savollar har kuni 12:00 va 18:00 da berib boriladi.

Tanlovda qatnashish uchun yosh chegaralanmagan.

Hoziroq @yoshlartanlovbot dan ro‘yxatdan o‘ting!

@grantlar_namuna
👍47❤8🔥7
Science for Diplomacy: Qirgʻizistonda Suv siyosati boʻyicha tadqiqotchilar uchun 5 kunlik ilmiy seminar; barcha xarajatlar qoplanadi!

Seminar ingliz tilida olib boriladi.

Seminarda magistr, PhD bosqichi talabalari/bitiruvchilari yoki postdoktor tadqiqotchilar, professor yordamchilari yoxud dotsentlar qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va aytish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 15-fevral, soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/science-for-diplomacy-qirgizistonda-suv-siyosati-boyicha-tadqiqotchilar-uchun-5-kunlik-ilmiy-seminar/

@grantlar
👍23🔥7
Turkiya: Koch universitetining magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Turkiyaning Koch universiteti magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun turli grantlar taklif etadi. Grantlar taqdim etiluvchi yoʻnalishlar soni ancha (orasida tibbiyot sohalari ham bor).

Grantlarning maksimal darajasi quyidagicha:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul turar joy yoki turar joy uchun mablagʻ ajratiladi.
– Tibbiy sugʻurta taʼminalanadi.
– Ilmiy konferensiya va tadqiqotlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bundan boshqa imtiyozlar ham mavjud.

Arizalar dasturga qarab 2022-yil may oyi oxiri yoki iyun oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/turkiya-koch-universitetining-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍35🔥8❤3
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening; joy – 120 ta!

Trening nomzodning tanlovi va COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 550 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2022-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
👍40🔥12❤5