Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlovlar

Koʻpgina maktab, kollej va litsey oʻquvchilari bizning yoshimizga ham mos boʻlgan tanlovlar bormi deb soʻraydi.

Ha, bor. Marhamat, hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday tanlovlar bilan tanishing.

👉 TANLOVLAR ROʻYXATI 👈

@grantlar
👍32🔥10❤6
Viadrina Intensive Track: Germaniyadagi Viadrina Yevropa universiteti bakalavrlik dasturlariga tayyorlov kursida bepul oʻqish imkoniyati!

Dastur Germaniyada 12 oylik bakalavriatda tayyorlov kursida oʻqish va bakalavriatga oʻqishga kirish imkonini beradi.

Ishtirok etish uchun kamida nemis tili boʻyciha B1 daraja sertifikatiga va 2021 yoki 2022-yilda olingan / olinadigan maktab attestati yoki litsey/kollej diplomiga ega boʻlish lozim.

Dasturda quyidagilar xarajatlar toʻliq qoplanadi:
–
Til va fanlar boʻyicha kurslar toʻlovi
– Oʻquv qurollari
– Seminar va boshqa mashgʻulotlar
– DSH tayyorlov kursi
– Madaniy dasturlar xarajatlari
– Parvarish va qoʻllab-quvvatlash xarajatlari

Arizalar 2022-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/viadrina-intensive-track-germaniyada-bakalavriatga-tayyorlov-kursi/

P.S. Bu dasturni Viadrina Fast Track bilan chalkashtirmang.

@grantlar
👍38🔥13❤4
Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 60 million soʻm!

Tanlovda bakalavr, magistra, doktorant va yosh tadqiqotchilar bir qancha yoʻnalishdagi ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 30 million soʻm
– 2-oʻrin: 20 million soʻm
– 3-oʻrin: 10 million soʻm

Ishlanmalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ilmiy-innovatsion-ishlanmalar-respublika-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-60-million-som/

@grantlar
👍26🔥8
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
🔥23👍15❤2
Qabul muddati uzaytirildi

Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 2 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security Programme
– MA in Economic Governance and Development Programme

Bu magistrlik kurslariga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
–
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 360 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qaul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍21🔥13
Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!

Universitetdagi istalgan magistratura yoki doktorantura sohalari, shu jumladan, tibbiyot sohasi uchun ham bir necha turdagi toʻliq grantlar taklif etiladi.

Grantlarning baʼzilari kontrakt, borish-kelish, turar joy, tibbiy sugʻurta, xalqaro konferensiyalarga qatnashish xarajatlarini qoplashdan tashqari oyiga 2300 dollargacha stipendiya taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khalifa-university-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant-stipendiya-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍40🔥17❤7
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍34🔥10❤4
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi.

Biz bu haqida matnli va video maʼlumot tayyorlaganmiz. Quyida oʻqishingiz / koʻrishingiz mumkin👇

👉 MATN SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

@grantlar
🔥18👍14❤8
Shveytsariya: Dunyoning 14-raqamli oliygohida magistraturani to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Lozanna federal politexnika instituti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga EPFL Excellence Fellowships stipendiya dasturini taklif etadi.

Stipendiya institutda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Semestriga 11 ming AQSH dollari stipendiya.
– Gʻoliblar yotoqxonadan kafolatlangan xona band qilishi mumkin.
– Magistratura yakunida magistrlik diplomidan tashqari maxsus sertifikat beriladi.

EPFLda oʻqish uchun toʻlanadigan jami toʻlovlar 1 semestr uchun 852 dollarni tashkil qiladi.

Arizalar 2021-yil 15-dekabr yoki 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-excellence-fellowships-shveytsariyada-magistraturani-oqish-uchun-yiliga-22-ming-dollar-stipendiya/

@grantlar
👍42🔥16❤9
ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga robototexnika yoki shunga yaqin sohalarda (mashinazoslik, elektrotexnika kabi) oʻqiyotgan magistrlar yoki bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot ingliz tilida, 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha boʻladi.

Imkoniyatlar:
– 4300 dollar stipendiya
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Turar joy tashkillashtiriladi

Arizalar 2022-yil 1-mart, soat tonggi 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-robotics-student-fellowship-talabalar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
👍27🔥13❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun tiflosharhlovchilik boʻyicha oʻqish dasturiga grant eʼlon qilindi!

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Tiflosharhlovchi mutaxassisligi boʻyicha oʻquv dasturiga grant eʼlon qildi.

Oʻquv dasturi onlayn va oflayn (Rossiyada), rus tilida boʻladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Rossiyaga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Bitiruvchilar Oʻzbekiston teatrlarida ish bilan taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kozi-ojiz-va-zaif-koruvchilar-uchun-tiflosharhlovchilik-boyicha-grant-elon-qilindi/

@grantlar
👍29❤16🔥7
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-mart.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍43🔥15❤14
Xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturlari toʻplami

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va qatnashish xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadigan amaliyot dasturlari bilan boʻlishamiz.

Dasturlar quyidagilar uchun moʻljallangan:
– Bakalavr
– Magistr
– Doktorant
– Bitiruvchi
– Listey, kollej va maktab oʻqituvchilar
– Kamida 18 yosh boʻlgan barcha

👉 AMALIYOT DASTURLARI ROʻYXATINI KOʻRISH

P.S. Amaliyot dasturlari malaka va tajriba oshirish, sayohat qilish, tanishlar orttirish, CV uchun ijobiy bekgraund va baʼzida yaxshigina pul ishlab olish imkonini beradi.

@grantlar
👍43🔥17❤5
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (magistratura)!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus granti boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Erasmus Mundus granti Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Hozirda ayrim Erasmus Mundus dasturlariga qabul tugagan va baʼzilari uchun qabul ochiq.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍19🔥11❤3
Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍10🔥7❤6
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍50🔥21❤4
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍29🔥10❤6
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍27🔥8
«Oʻzbekistonning TOP-100 talaba lideri» Almanaxi uchun qabul eʼlon qilinadi!🧑🏻‍🎓

Ushbu Almanaxda Oʻzbekistonning ENG YAXSHI talabalarining hikoyalari, loyihalari va faoliyati haqidagi hikoyalar toʻplanadi.

Unda qatnashish talabalarga bir qator afzalliklar beradi, xususan:

📌 Oʻz faoliyati yoki loyihasini yoritish;
📌 Portfolio yoki rezyumeni toʻldirish;
📌 Oʻzbekistonning boʻlajak liderlari jamiyatiga qoʻshilish.

Kimlar qoʻshilishi mumkin❓
Oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari faoliyatida katta yutuqlarga erishgan muvaffaqiyatli talabalar. Nomzodlar bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi kerak.

Qanday qilib qoʻshilish mumkin❓
👉🏻Anketani yuklang va uni toʻldiring (yuklab olish uchun havola orqali oʻting)
👉🏻 Toʻldirilgan anketani hr@ziyoforum.uz pochtasiga yuboring.

Loyiha Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan tashkil etilgan.

@Ziyoforum_uz
👍17❤8🔥3
Manfred Wörner Scholarship: Germaniyada tadqiqot olib borish uchun 2000 yevro oylik stipendiya!

Tadqiqot Germaniyada maksimal 12 oy davomida, ingliz, nemis yoki fransuz tilida olib borilishi mumkin.

Yosh tadqiqotchilar va ilmiy faoliyat tajribasiga ega harbiy ofitserlar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqotchiga oyiga 2000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/manfred-worner-scholarship-germaniyada-tadqiqot-olib-borish-uchun-2000-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍19🔥5