Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (magistratura)!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus granti boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Erasmus Mundus granti Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Hozirda ayrim Erasmus Mundus dasturlariga qabul tugagan va baʼzilari uchun qabul ochiq.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍19🔥11❤3
Gwangju Institute of Science and Technology: Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍10🔥7❤6
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍50🔥21❤4
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍29🔥10❤6
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍27🔥8
«Oʻzbekistonning TOP-100 talaba lideri» Almanaxi uchun qabul eʼlon qilinadi!🧑🏻‍🎓

Ushbu Almanaxda Oʻzbekistonning ENG YAXSHI talabalarining hikoyalari, loyihalari va faoliyati haqidagi hikoyalar toʻplanadi.

Unda qatnashish talabalarga bir qator afzalliklar beradi, xususan:

📌 Oʻz faoliyati yoki loyihasini yoritish;
📌 Portfolio yoki rezyumeni toʻldirish;
📌 Oʻzbekistonning boʻlajak liderlari jamiyatiga qoʻshilish.

Kimlar qoʻshilishi mumkin❓
Oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari faoliyatida katta yutuqlarga erishgan muvaffaqiyatli talabalar. Nomzodlar bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi kerak.

Qanday qilib qoʻshilish mumkin❓
👉🏻Anketani yuklang va uni toʻldiring (yuklab olish uchun havola orqali oʻting)
👉🏻 Toʻldirilgan anketani hr@ziyoforum.uz pochtasiga yuboring.

Loyiha Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan tashkil etilgan.

@Ziyoforum_uz
👍17❤8🔥3
Manfred Wörner Scholarship: Germaniyada tadqiqot olib borish uchun 2000 yevro oylik stipendiya!

Tadqiqot Germaniyada maksimal 12 oy davomida, ingliz, nemis yoki fransuz tilida olib borilishi mumkin.

Yosh tadqiqotchilar va ilmiy faoliyat tajribasiga ega harbiy ofitserlar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqotchiga oyiga 2000 yevro stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/manfred-worner-scholarship-germaniyada-tadqiqot-olib-borish-uchun-2000-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍19🔥5
BGF: Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus grant!

BGF – magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun ajratildigan Fransiya hukumati grantidir. Grant istalgan soha boʻyicha oʻqish uchun ajratiladi.

Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari (1 yil uchun):
– 700 yevro oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Sugʻurta xarajati qoplanadi
– Roʻyxatdan oʻtish puli va 5000 yevrogacha kontrakt puli qoplanadi
– Viza toʻlovi qoplanadi
– Yotoqxonadan joy olishda ustunlik beriladi

Arizalar 2022-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍44❤17🔥16
Bugun Fransiyada magistraturani o'qish uchun ajratiladigan BGF granti haqida post joylagandik.

Grantlar.uz jamoasi ushbu grant sohibasi bilan suhbat qilgan. Suhbatda g'oliba grantni qo'lga kiritish yuzasidan o'z tajribasi va maslahatlar bilan bo'lishgan.

Suhbatni o'qish👇
https://grantlar.uz/blog/fransiya_bgf_grant_magistratura

@grantlar
👍13🔥10❤9
🇮🇹 DM_PROFIT_CONSULTʼda ITALIYA davlatiga GRANT dasturi davom etmoqda!

– Bakalavriat
– Magistratura
– Doktorantura

Biz bilan Italiyada talaba boʻling va quyidagilarga ega boʻling:
✔️ Grant asosida (bepul) oʻqish.
🤩 Yiliga 5200 yevro stipendiya.
💪 ERASMUS dasturlarida ishtirok etish.

♦️ DM_profit_consult sizning ishonchli hamrohingiz!
📌 Bizning manzil.

Murojaat uchun:
☎️ +998880330063 yozish ✍
☎️ +998933070063 yozish ✍
☎️ +998972666343 yozish ✍

🌐 DM_profit_consult Rasmiy sahifalari
Telegram / Instagram / Youtube
👍21🔥7
Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus imkoniyat

EducationUSA Academy Connects: 15-17 yoshli oʻquvchilar uchun AQSH universitetlariga kirish boʻyicha tayyorlov kursi!

Dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, ingliz tilida, onlayn tarzda boʻlib oʻtib. Kurslar AQSH universitetlari tomonidan olib boriladi.

Foydali jihatlar:
– Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi
– AQSH universitetlariga qabul jarayoni bilan tanishish
– Universitetlarga virtual tashrif
– Madaniy mashgʻulotlar

Arizalar 2022-yil 14-fevral, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/educationusa-15-17-yoshlilar-uchun-aqshda-oqish-imkoniyatlari-haqida-onlayn-dastur/

@grantlar
👍27❤19🔥9
BUSS: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 9 haftalik yozgi maktab!

Biology Undergraduate Summer School (BUSS) – hayot haqidagi fanlar boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlarga Shveytsariyada 9 hafta davomida tadqiqot olib borish (ingliz tilida) imkonini beruvchi yozgi maktabdir.

Hayot haqidagi fanlar roʻyxati juda keng, ular bilan BU YERDA tanishing.

Dastur imtiyozlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.
– Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik sayohat uyushtiriladi.

Arizalar 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buss-bakalavrlar-uchun-shveytsariyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍20🔥6❤2
BGF granti gʻolibining hujjatlari

Fransiyada magistratura bosqichida oʻqishni moliyalashtiruvchi BGF granti gʻolibining hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 HUJJATLARNI KOʻRISH 👈

Maʼlumot uchun:

👉 BGF granti haqida batafsil

👉 BGF gdasturi gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
👍21🔥3
Lane Kirkland Scholarship Program: Polshada 2 semestr oʻqish va tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Dasturga 45 nafar atrofida ishtirokchi qabul qilinadi va ular polyak va/yoki ingliz tilida 2 semestr davomida Polshada oʻqib, tadqiqot olib boradi.

Kamida bakalavrlik darajasi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Jami 4430 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Turar joy, sugʻurta, viza, Polshadagi transport xarajatlari qoplanadi
– Bepul polyak tili kursi

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lane-kirkland-scholarship-program-polshada-2-semestr-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍36🔥5❤4
Stipendium Copernicus bo'yicha Zoom uchrashuv

Stipendium Copernicus dasturi bakalavr va magistrlarga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkonini beradi (nemis tilida). Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq xarajatlar qoplanadi.

O'zbekistondagi Germaniya elchixonasi ushbu dastur bo'yicha Zoom uchrashuv e'lon qildi. Uchrashuvda dastur, unga qabul jarayoni va boshqalar haqida kerakli ma'lumotlar beriladi.

Uchrashuv vaqti: 5-fevral,16:00 (Uzb vaqti bilan)

👉Zoom uchrashuv linki

Meeting-ID: 974 4262 8781
Password: 542150

Stipendium Copernicus dasturiga arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
👍15🔥9
Bugun Polshada 2 semestr o'qish va tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Lane Kirkland Scholarship Program haqida post joylagan edik.

Mazkur granti yutib, Polshada tahsil olib kelgan hamyurtimiz dasturga qabul jarayonida topshirgan inshosini (Proposed program plan) biz bilan bo'lishgan.

E'tiboringizga uning inshosini taqdim etamiz.

👉 INSHONI KO'RISH 👈

@grantlar
👍8🔥6❤3
Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichida oʻqish uchun 1000 yevro oylik stipendiya va bepul sugʻurta!

Belgiyadagi Ghent universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun Top-up grantlarini taklif etadi.

Har yili 10 nafargacha talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Toʻliq tarifdagi bepul sugʻurta.
– Kontrakt summasiga chegirma (5687 yevro emas, 947 yevro kontrakt toʻlanadi).

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qiliinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ghent-university-top-up-grants/

@grantlar
👍27🔥11
Tibbiyot sohasiga oid grantlar

Tibbiyot sohasi uchun boshqa koʻplab sohalarga qaraganda kamroq grant eʼlon qilinadi. Baʼzida tibbiyot sohasi uchun grant topish biroz qiyin kechadi.

Shu sabali, bugun ayrim tibbiyotga oid dasturlarning roʻyxatini keltirib oʻtamiz.

👉 DASTURLAR ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
👍24🔥9❤8
Ozarbayjon hukumati grant dasturi: barcha bosqichlarda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

Grant Ozarbayjondagi yetakchi davlat universitetlarida ingliz, ozar yoki rus tlida oʻqish imkonini beradi.

Quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Doktorantura
– Umumiy tibbiyot dasturlari
– Rezidentlik dasturlari

Grant imkoniyalari:
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– 470 dollar oylik stipendiya
– Aviachiptalar olib beriladi
– Tibbiy sugʻurta qilinadi
– Viza va roʻyxatdan oʻtish xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozarbayjon-hukumati-grant-dasturi-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍42🔥10❤2
Deutsch zentrum bilan hammasi oson

Nemis tilini qisqa muddatda o'rganishni istaysizmi?
Bir necha oydan beri turli xil o'quv markazlariga borib nemis tilini o'rgana olmayapsizmi?
Nemis tilini kuchli mutaxassislardan o'rganmoqchimisiz?


✅O'z qadriyatlariga ega bo'lgan bo'lgan Deutsch zentrum o'quv markazi sizga barcha yechimni taqdim etadi.

Deutsch zentrum o'quv markazi Goethe zertifikatining

🔹A1/A2
🔹 B1/B2
🔹 C1
🔹 TestDaF


darajalari uchun o'quvchilarni guruhlarga qabul qiladi.

Oflayn kurslar
▪️ Standart guruhlar 6-8 kishi
▪️ Alohida (individualniy) 1-2 kishi

Onlayn kurslar
▪️Standart guruhlar 6-8 kishi
▪️Alohida (individualniy) 1-2 kishi

✅Darslar C1 darajasiga ega o'qituvchilar tomonidan olib boriladi.

P. S. Har bir daraja uchun o'quvchilar 2 oy tayyorlanishadi holos.

Eslatma: Markazimizda Germaniyaga jo'natish bo'yicha konsalting xizmatlari ham mavjud.

🧑‍💻 Nemis tili kursi uchun ro'yxatdan o'tish

📲Murojaat uchun:
+998945638556
+998990080767

🚩Bizning manzil

Telegram l Instagram
👍36🔥6❤2