Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍49
Special Scholarship Program: Yaponiyada doktorantura uchun toʻliq grant, oylik 1400 AQSh dollar maosh!

Kochi texnologiya univrsiteti muhandislik boʻyicha doktoranturada o‘qishni xohlovchilarga Special Scholarship Program (SSP) grantini taklif etadi.

Dastur doirasida har bir yo‘nalish uchun 3 nafardan tadqiqotchi tanlab olinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kirish imtihoni, roʻyxatdan oʻtish va oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga taxminan 1400 dollar maosh beriladi.
– Safar xarajatlari uchun taxminan 1400 dollar mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 18-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/special-scholarship-program-yaponiyada-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍12🔥6❤4
Insholar tanlovi: pandemiya davridagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va unda COVID-19 bilan bogʻliq hayotiy tajribangiz haqida hikoya qilinishi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
🔥35👍23❤8
AQSH va boshqa davlatlarda BAKALAVRIATNI bepul oʻqish imkoniyatlari

Qisqacha mazmuni:

– AQSHdagi oʻqish bepul universitetlar

– Eng nufuzli AQSH universitetlarining bakalavrlik dasturlariga kirsangiz, oʻqish bepul (oʻzbeklar uchun)

– AQSHning nufuzli universitetlarida bepul oʻqish sharti qanday

– Boshqa davlatlardagi top 1000 likka kirgan bepul universitetlar

👉 MATN SHAKLIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

👉 VIDEO SHAKLIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍27🔥9
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 100 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍11🔥8
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 25 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshida joylashib olish uchun 1000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 2-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍29🔥4❤1
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
🔥16👍13
Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun qisman grantlar

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Hazar universiteti bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish qisman grantlar taklif etmoqda.

Grantlar universitetda mavjud istalgan soha uchun beriladi.

Darslar ingliz tilida boʻladi. Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Grantlar talabani kontrakt summasining 25, 50 yoki 75 foizini toʻlashdan ozod qiladi.

Qabul 2022-yil 15-may yoki 15-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍19❤6
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍34❤6🔥6
Buyuk Britaniya: Huquqshunoslik boʻyicha PhD bosqichi uchun toʻliq grant va yillik 23 ming dollar stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Queen Mary University of London intellektual mulk huquqi boʻyicha PhD dasturida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 17 ming funt-sterling (taxminan 23 ming AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-huquq-sohasida-phd-uchun-toliq-grant-yillik-17-000-funt-sterling/

@grantlar
👍19🔥19❤7
Rossiyada Magistraturani oʻqimoqchi boʻlganlar uchun 2 haftalik bepul oʻquv-amaliyot dasturi!

Dastur Rossiyadagi “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetidagi magistrlik kurslari, dars jarayoni bilan tanishish imkonini beradi.

Dasturga ingliz yoki rus tilida qatnashish mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi
– Magistraturada oʻqish jarayoni bilan tanishish, tajribaviy darslarda qatnashish

Maʼlumot uchun: Bu universitet magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar ham taklif etadi.

Arizalar 2022-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/rossiyada-magistraturani-oqimoqchi-bolganlar-uchun-2-haftalik-bepul-oquv-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍29🔥8
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan Germaniyada amaliyot oʻtash va ishlash uchun ish oʻrni

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada uzoq masofaga yuk tashuvchi avtomobil haydovchiligi uchun kasbiy ta’lim va ish taklif qilmoqda.

Kasbiy taʼlim 3 yil davom etadi va bunda 810 yevro maosh beriladi. Keyinchalik 2000-2500 yevro maosh beriladigan domiy ishga oʻtkaziladi.

18-35 yoshli, nemis tilidan B1 darajaga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/tashqi-mehnat-migratsiyasi-agentligidan-germaniyada-amaliyot-otash-va-ishlash-uchun-ish-orni/

@grantlar
👍32🔥6
​​🤔 Xabarsiz qolmadingizmi?

IELTS/TOEFL talab qilmaydigan, to'liq grant va stipendiya beradigan magistrlik dasturiga qabul davom etmoqda

Qayerda va qaysi OTM?

Bishkekdagi (Qirg'iziston) Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti akademiyasi quyidagi 2 ta magistrlik dasturiga arizalar qabul qilmoqda:

– "Siyosat va xavfsizlik" magistrlik dasturi
– "Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish" magistrlik dasturi


Darslar to'liq ingliz tilida bo'ladi, biroq qabul uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va hk) talab etilmaydi. Nomzodlar suhbat va ichki imtihon orqali qabul qilinadi.

Bu dasturlar qanday afzalliklarga ega?

Ikkala magistrlik dasturiga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga to'liq grant beriladi.

Grant o'z ichiga quyidagilarni oladi:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qiladi
- Oyiga 360 yevro stipendiya (18 oy davomida)
- Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
- Bepul tibbiy sug'urta
- Eng yaxshi talabalar Yevropada haq to'lanadigan amaliyot o'tash imkoniga ega bo'ladi.

Shunigdek, dastur yakunida xalqaro magistrlik diplomi beriladi.

Qachon va qanday ariza topshiraman?

Arizalar O'zbekiston vaqti bilan 2022-yil 15-fevral, 22:00 gacha onlayn tarzda topshiriladi.

Arizani quyidagi havolalar orqali topshirish mumkin:

👉 "Siyosat va xavfsizlik" magistrlik dasturi

👉 Iqtisodiy boshqaruv va rivojlanish" magistrlik dasturi

To'liqroq ma'lumotni qayerdan olsam bo'ladi?

To'liqroq ma'lumotni quyidagi havolalar orqali topasiz:

👉 O'zbek tilida to'liq ma'lumot

👉 Ingliz tilida batafsil ma'lumot

✊ Imkoniyatni boy bermang!

@grantlar_namuna
👍37🔥10❤9
Dunyoning 98-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ!

Xitoy fan va texnologiya universiteti ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha magistratura hamda doktorantura dasturlari uchun USTC Fellowship grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– 550 dollar oylik stipendiya.
– Turar joy uchun mablagʻ.
– Kompleks tibbiy sugʻurta.

Arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ustc-fellowship-xitoyda-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍46🔥10❤5
IMD MBA Merit Scholarships: MBA kursida oʻqish uchun 54 ming AQSh dollarigacha grantlar!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imd-mba-merit-scholarships-mba-kursida-o%ca%bbqish-uchun-grantlar/

@grantlar
👍21🔥8❤5
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 11 ming dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 11 ming dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul:
– 2022-yil 15-fevraldan 4-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍27🔥6❤3
Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2022-yil 19-iyuldan 9-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2022-yil 8-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍39❤6🔥5
Lane Kirkland Scholarship dasturi direktori bilan savol-javob uchrashuvi

Bugun (9-fevral), Oʻzbekiston vaqti bilan 22:00 da Lane Kirkland va Kirkland Research grant dasturlari boʻyicha savol-javob ushrashuvi boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvda ushbu grant dasturlari direktori Urshula Sobetska ishtirokchilarning savollariga javob beradi.

Zoom uchrashuv havolasi:
https://us02web.zoom.us/j/85618679984

Meeting ID: 856 1867 9984
Passcode: 659070

Manbalar:

👉 Lane Kirkland Scholarship dasturi haqida

👉 Lane Kirkland Scholarship dasturi g'olibi inshosi

👉 Kirkland Research dasturi haqida

@grantlar
👍21🔥2❤1
Erasmus Mundus EMLex: Leksikografiya boʻyicha magistratura kursida oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 15 ta!

Erasmus Mundus EMLex dasturi leksikografiya sohasida magistraturani Yevropaning 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Jami 15 nafar talabaga grant ajratiladi.

Nomzodlardan ham ingliz, ham nemis tilini B1-B2 darajada bilish talab etiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL OʻQISH 👈

@grantlar
👍30🔥6