Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
International Law Fellowship Programme: Xalqaro huquq sohasi vakillari uchun Gaagada 1 oylik malaka oshirish; barcha xarajatlar qoplanadi!

BMT tomonidan tashkil etiladigan bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan xalqaro huquq sohasidagi oʻqituvchilar, hukumat va nohukmat tashkilotlar vakillari va boshqa malakali huquqshunoslar uchun moʻljallangan.

Dastur ingliz tilida boʻladi va jami 20 nafar aʼzo qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlar:
– Ishtirok etish haqi qoplanadi
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta va turar joy
– Boshqa xarajatlar uchun stipendiya
– Bepul oʻquv materiallari

Arizalar 2022-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-law-fellowship-programme-xalqaro-huquq-sohasi-vakillari-uchun-gaagada-1-oylik-malaka-oshirish-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍29🔥8❤4
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍56❤15🔥15
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish 2023-yil yanvarda boshlanadi va toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2002 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (742 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1112 dollar).

Arizalar 2022-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍30🔥9
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Boshqa qoʻshimcha imtiyozlar ham beriladi.

2022-yil avgustda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍44❤6🔥4
Top-1000 OTMlar ro'yxati (2022-yil uchun).pdf
3.3 MB
Diplomlari to'g'ridan-to'g'ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro'yxati tasdiqlandi

Dunyo reytingida TOP-1000 talikka kirgan OTMlarning 2022-yil uchun ro'yxati Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiysi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining qo'shma qarori bilan tasdiqlandi.

Bu ro'yxatda kiritilgan, ya'ni xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro'yxatidan joy olgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to'g'ridan-to'g'ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Ushbu OTMlar ro'yxati bilan yuqoridagi PDF faylda tanishishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
👍34🔥6❤2
AQSHda oʻqishni xohlovchilar uchun 9 zaruriy maʼlumot

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH

@grantlar
👍28❤2🔥2
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍32❤6🔥3
Huquq sohasi boʻyicha dasturlar

Bugun huquq sohasida oʻqish, malaka oshirish, tajriba alamishish kabi imkoniyatlarni beruvchi dasturlar haqida maʼlumot beramiz.

Dasturlar kim uchun:
– Maktab, litsey/kollej oʻquvchilari va bitiruvchilari;
– Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar;
– Huquqshunoslar;
– Huquq boʻyicha universitet oʻqituvchilari;
– Huquq boʻyicha maktab, litsey/kollej oʻqituvchilari;
– Va huquq sohasining boshqa vakillari uchun.

👉 DASTURLAR ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
👍28🔥8❤2
Janubiy Koreyadagi eng nufuzli oliygoh – Seul milliy universiteti va u taklif etadigan grantlar (magistratura va doktorantura uchun)

Seul milliy universitetida Janubiy Koreyada nufuzi boʻyicha 1-raqamli, dunyoda esa 36-raqamli oliygohdir.

Universitet magistratura va doktorantura dasturlariga topshiruvchi xorijlik talabalarga bir qancha grantlar taklif qiladi.

Bugun shular haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/seul-milliy-universiteti-va-u-taklif-etadigan-grantlar-magistratura-va-doktorantura-uchun/

@grantlar
👍42🔥14❤8
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
🔥22👍12❤3
GCRP: Madaniyat va ijodkorlik sohasida ishlaydiganlar uchun Turkiyada 4 kunlik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur 2022-yil 10-13-may kuni Istanbulda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Jami 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Viza xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy
– Dastur bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi

Arizalar 2022-yil 1-mart, tongi soat 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-cultural-relations-programme/

@grantlar
👍29🔥6❤2
📢 ВАКАНСИЯ!
Yuridik.uz лойиҳасига "legaltech" стартапларга қизиқувчи шижоатли ёшларни ишга қабул қиламиз.
Асосий талаблар:
- Мустақил фикрлаш, ўз таклифларини баён қилиш, мантиқий таҳлил қобилияти.
- Юридик маълумот (ТДЮУ нинг 4-курс талабалари ҳам )
- Юқори компютер саводхонлиги;
- Янги малакаларни осон ўзлаштириш;
- Рус ва инглиз тиллларини тушунадиган, матнлар билан ишлаёладиган даражада билиш.

Резюмеларинингизни ziyoev@yuridik.uz манзилига юборинг. Ҳар бир номзод билан интервю ўтказилиб, саралаб олинади
👍40🔥4
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 1300 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2022-yil 24-mart, 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
👍49🔥7
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligidan 12-17 yoshlilar uchun ramz va shiorlar tanlovi!

Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha 12-17 yoshlilar oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11" 128Gb 4G)
– 2-o‘rin: Elektron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite, 10th Generation)
– 3-o‘rin: Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

Ishlar 2022-yil 8-mart, 24:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/12-17-yoshlilar-uchun-kiberxavfsizlik-boyicha-ramz-va-shior-tanlovi/

@grantlar
👍33🔥11
Koreyashunoslik boʻyicha loyihalar uchun grantlar eʼlon qilindi; umumiy grant jamgʻarmasi – 7 million dollar!

Ushbu grantlar akademik va taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, tadqiqotchilar jamoalari, individual shaxslarning koreyashunoslikka oid loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Loyihalar taʼlim yoki tadqiqot dasturi, akademik tarjimalar va boshqa koreyashunoslikka oid faoliyat boʻyicha boʻlishi lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ksps-koreyashunoslik-boyicha-loyihalar-uchun-grantlar-elon-qilindi/

@grantlar
👍21🔥6❤5
Turkiya: Koch universitetining magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Turkiyaning Koch universiteti magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun turli grantlar taklif etadi. Grantlar taqdim etiluvchi yoʻnalishlar soni ancha (orasida tibbiyot sohalari ham bor).

Grantlarning maksimal darajasi quyidagicha:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul turar joy yoki turar joy uchun mablagʻ ajratiladi.
– Tibbiy sugʻurta taʼminalanadi.
– Ilmiy konferensiya va tadqiqotlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bundan boshqa imtiyozlar ham mavjud.

Arizalar dasturga qarab 2022-yil may oyi oxiri yoki iyun oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/turkiya-koch-universitetining-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍57🔥4❤2
Global Korea Scholarship: Koreyada bakalavriat va mutaxassislik darajasi bo'yicha o'qish uchun to'liq grant; joy – 100 ta!

Koreya hukumati dasturi hisoblangan bu grantga ingliz yoki koreys tilida ariza topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlar:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Oyiga 750 dollar stipendiya
– Joylashib olish uchun 167 dollar mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi
– Dastur yakunida 84 dollar mablagʻ

Qabul muddati universitetga qarab farq qiladi. Imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-korea-scholarship-undergraduate/

@grantlar
👍54❤11🔥11
GKS grantini yutib olgan (bakalavriat) hamyurtimiz bilan suhbat

Grantlar.uz jamoasi Janubiy Koreyada bakalavr bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyatini beruvchi eng nufuzli grant dasturi – KGSP (GKS) gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz Jamshid Durboyev bilan suhbat qilgan.

Suhbatda grant haqidagi maʼlumotlar, beriluvchi imkoniyatlar, yutish uchun eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar kabi muhim axborotlar berilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/koreyada-bakalavr-bosqichida-oqish-uchun-eng-nufuzli-koreys-grantini-kgsp-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍35❤6🔥6
Global Korea Scholarship: Magistratura, doktorantura, tadqiqot va oʻqituvchilar almashinuvi dasturlari uchun toʻliq grant!

Kimlar ariza bera oladi?
– Magistratura va doktoranturada oʻqimoqchi boʻlganlar;
– 6-12 oy Koreyada tadqiqot olib bormoqchi boʻlganlar;
– Koreyada tajriba almashmoqchi boʻlgan boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida ishlovchi koreys tili oʻqituvchilari ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlar:
– Borish-kelish xarajati qoplanadi
– Oʻqish toʻlovi qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– 1250 dollargacha oylik stipendiya
– Joylashib olib, tadqiqot olib borish uchun mablagʻ

Qabul muddati:
– Embassy Track: Oʻzbekistondagi Koreya taʼlim markazi orqali hujjatlar qabuli 2022-yil 7-mart, 15:00 gacha davom etadi;
– University Track: Bevosita universitetga hujjat topshirish muddati universitetga qarab farq qiladi.

Batafsil
https://grantlar.uz/koreya-hukumatining-stipendiya-dasturi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
👍52🔥11❤6
GKS (magistratura) gʻolibasi bilan suhbat

Grantlar.uz jamoasi Janubiy Koreyada magistraturani oʻqish uchun GKS toʻliq grantini yutib olgan hamyurtimiz Dilfuza Guzarova bilan suhbat qilgan.

Suhbatda gaplashilgan masalalar:
– Grant imkoniyatlari
– Granti yutishda rol oʻynagan omillar
– Koreyada oʻqish jarayoni
– GKS orqali Koreyaga borganda ishlash mumkinmi va boshqalar

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/kgsp-interview-with-winner/

@grantlar
👍26❤9🔥8