Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– 1 oy uchun taxminan 424 dollari stipendiya beriladi

2022-yil yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍27🔥7
Markaziy Osiyoda NEXUS yondashuvi bo’yicha “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi: mukofotlar – noutbuk, planshet va tashqi xotira!

Tanlovga suv-energetika-oziq-ovqat xavfsizligi va sogʼliqni saqlash yoʼnalishlarining iqlim oʼzgarishiga oʼzaro bogʼliqligi yoʻnalishidagi maqolalar qabul qilinadi.

Maqolalar rus yoki ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: noutbuk;
– 2-oʻrin: planshet;
– 3-oʻrin: tashqi xotira qurilmasi;
– Va yana 2 nominatsiya boʻyicha planshet.

Maqolalar 2022-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/markaziy-osiyoda-nexus-yondashuvi-boyicha-eng-yaxshi-ilmiy-maqola-tanlovi-mukofotlar-noutbuk-planshet-va-tashqi-xotira/

@grantlar
👍37❤4
10 dan ortiq xalqaro universitetlarga to'liq va qisman grant yutgan (bakalavriat uchun) hamyurtimiz hujjatlari

Doniyor Abdurazzoqov 2022-2023-o'quv yili uchun ko'plab xalqaro universitetlarga hujjat topshirib, ularning 10 dan ortig'iga to'liq va qisman grantlar assosida qabul qilindi.

Bugun uning Mississippi universitetiga (AQSH) topshirgan hujjatlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

👉 HUJJATLARNI KO'RISH 👈

P.S. Doniyor Mississippi universitetiga deyarli to'liq grant yutgan.

@grantlar
👍38🔥14❤4
“Germaniya va O‘zbekiston: 1992 – 2022 – 2052” nomli ijodiy tanlov; mukofot – noutbuk!

Tanlovda ishtirokchilar Germaniya va Oʻzbekiston hamkorligini qanday tasavvur qilishini qisqa metrajli film, videoklip, raqamli fotokollaj yoki sheʼr shaklida ifoda etishi kerak.

Mukofot: Gʻolib noutbuk bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 11-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/germaniya-elchixonasidan-germaniya-va-ozbekiston-1992-2022-2052-nomli-ijodiy-tanlov/

@grantlar
👍35🔥13❤7
KOICA: Koreyada magistratura kursini o'qish uchun to'liq grant; yashash va sug'urta xarajatlari ham qoplanadi!

Kimlar uchun?

Davlat xizmatchilari, davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari, banklar, tadqiqot institutlari xodimlari, davlat maktablari o'qituvchilari, xalqaro NNT xodimlari uchun

O'qish ingliz tilida bo'ladi.

Grant imkoniyatlari:
- Borish-kelish uchun aviachipta
- Kontrakt to'lovi qoplanadi
- Oylik stipendiya (838 dollar)
- Joylashib olish uchun 500 dollar mablag'
- Turar joy xarajati qoplanadi
- Bepul tibbiy sug'urta
- Ta'lim tashriflari, seminarlari, koreys tili kursi xarajatlari qisman qoplanadi
- Dasturni tamomlash mukofoti (250 dollar)

Arizalar 2022-yil 12-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-magistratura-kursini-o%ca%bbqish-uchun-toliq-grant-yashash-xarajatlari-ham-qoplanadi/

@grantlar
👍49🔥12
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus (magistratura)!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus granti boʻyicha toʻliq tartibli professional konsultatsiya kursini eʼlon qildi.

Erasmus Mundus granti Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Hozirda ayrim Erasmus Mundus dasturlariga qabul tugagan va baʼzilari uchun qabul ochiq.

👉 KURS HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍35🔥3❤2
1-martda qabul tugaydi

Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
–
Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
–
Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-mart.

Ba
tafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍33🔥18❤6
Maktab, kollej va litsey o'quvchilari uchun:

Tashkent International School Scholarship Program: oʻqishni Toshkent xalqaro maktabida 100% lik grant asosida davom ettirish imkoniyati

Toshkentda joylashgan Tashkent xalqaro maktabi 2022-yil avgustda boshlanadigan oʻquv yili uchun 3 ta grant eʼlon qildi.

Dasturga hozirda 9-sinfda yoki kollej/litseyda 1-kurs boʻlganlar ariza topshirishi mumkin.

Grantni qoʻlga kiritganlar ushbu maktabdagi kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Maktabda oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Arizalar 2022-yl 16-mart, 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tashkent-international-school-scholarship-program/

@grantlar
👍44🔥18❤8
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍30🔥5
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va 12-sinf oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar ingliz tilida, 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va 12 yillik oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining 12-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How would the world be different if every human had access to clean drinking water and safe sanitation?

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍36❤8
Yosh ijodkorlar kengashidan “101 oʻzbek ayoli” fotosuratlar tanlovi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!

Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha 15-30 yoshli yoshlar qatnashishi mumkin.

Saralashdan oʻtgan fotosuratlar “101 oʻzbek ayoli” koʻrgazmasida namoyish etiladi.

Mukofotlar:
– Ko’rgazmaga eng ko’p ishi kiritilgan ijodkor: 5 mln soʻm;
– Koʻrgazmaga kiritilgan eng yaxshi fotosurat muallifi: 5 mln so‘m;
– Ko'rgazmada namoyishga qo'yilgan barcha ishlar mualliflari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 3-mart, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/101-ozbek-ayoli-fotosuratlar-tanlovi/

@grantlar
👍35🔥4❤3
Special Scholarship Program: Yaponiyada doktorantura uchun toʻliq grant, oylik 1400 AQSh dollar maosh!

Kochi texnologiya univrsiteti muhandislik boʻyicha doktoranturada o‘qishni xohlovchilarga Special Scholarship Program (SSP) grantini taklif etadi.

Dastur doirasida har bir yo‘nalish uchun 3 nafardan tadqiqotchi tanlab olinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kirish imtihoni, roʻyxatdan oʻtish va oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga taxminan 1400 dollar maosh beriladi.
– Safar xarajatlari uchun taxminan 1400 dollar mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 18-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/special-scholarship-program-yaponiyada-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍26
Qirgʻiziston: Tinchlik va ziddiyatlar mavzusida 5 kunlik trening!

Bishkekdagi OSCE akademiyasi 2022-yil 16-20-may kunlari Bishkekda oʻtkaziladigan Tinchlik va ziddiyatlar mavzusidagi treningga taklif etmoqda.

Trening afzalliklari:
– Ishtirok etish bepul.
– Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Arizalar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-training-in-peace-and-conflict/

@grantlar
👍37🔥3
SJTU Scholarships: Xitoyda ingliz, fransuz yoki xitoy tilida bakalavrait bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sjtu-scholarships-xitoyda-bakalavrait-bosqichida-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍26❤2🔥2
The Geneva Challenge 2022 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida qashshoqlikni qisqartirish muammolari boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 10 800 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5400 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2700 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2022-yil 20-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
👍35🔥6❤2
Insho tanlovlari toʻplami

Bugun hozirda ishlar qabul qilinayotgan insho tanlovlari roʻyxatini eʼtiboringizga havola etamiz.

Tanlovlar gʻoliblarga bir necha yuz dollardan xorijda bepul oʻqish imkoniyatigacha boʻlgan mukofotlarni taqdim qiladi.

👉 INSHO TANLOVLARI RO'YXATINI KO'RISH

@grantlar
👍15🔥8❤3
Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sustainability-scholarship-istalgan-davlatda-magistratura-kursida-oqish-uchun-5000-yevrogacha-grant/

@grantlar
👍18❤6🔥2
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Gollandiyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin .

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5400 AQSH dollari
– Gollandiyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2022-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍29🔥3
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

👉 https://t.me/grantlar_namuna/271

@grantlar
👍30❤4🔥2
Janubiy Koreya: Dunyoning 41-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 300 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-martdan 27-maygacha qabul qilinadi.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
👍55🔥12❤2