Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Shveytsariya: Bakalavriat kurslarida italyan va ingliz tilida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 20 ta!

Lugano universiteti kommunikatsiya, iqtisod, informatika hamda Italyan tili, adabiyoti va madaniyati yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatda oʻqish uchun 20 ta grant taklif qilmoqda.

Ingliz yoki italyan tilini kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.

Grantlar kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/usi-bakalavriat-kurslarida-italyan-tilida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍39❤6🔥3
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 21 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍39❤3
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

👉 https://t.me/grantlar_namuna/290

@grantlar
👍49❤2🔥2
Hurmatli obunachilar!

Bugun kanalimizda rus tilida "Ushbu xabarni o'chirishimizga to'g'ri kelsa-da..." deb boshlanuvchi xabar joylandi.

Bu xabarni kanal ma'muriyati joylamagan va uning joylanishidan bexabar bo'lganmiz.

Postni ko'rishimiz bilan kanaldan o'chirdik.

Ta'kidlash joizki, xuddi shu xabar boshqa ko'plab kanallarda ham chiqmoqda va bu xakerlik hujumi ekanligi, katta ehtimol bilan Crosser bot orqali kanallarga joylangani aytilmoqda.

Kanaldan Crosser bot xizmatini ham o'chirdik.

Grantlar.uz tahririyati bunday xabarlarni joylamaydi va bu kabi xabarlar kanalda chiqsa, obunachilardan ular xakerlik hujumi ekanini tushunishni, ulardagi ma'lumotlarga ishonmaslikni hamda bunday xabarga chalg'imaslikni so'raydi.

Hurmat bilan,
Grantlar.uz tahririyati.

@grantlar
👍113❤14🔥11
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri – Lugano universitetining (Shveytsariya) magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant!

Grantlar quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– Informatics
– Artificial Intelligence
– Computational Science
– Software and Data Engineering
– Management and Informatics
– Financial Technology and Computing

Grant 2 yil davomida kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.

Til talabi: IELTS 5.5.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/usi-it-kompyuter-fanlari-dasturlash-va-informatika-sohalari-boyicha-magistratura/

@grantlar
👍49🔥13❤6
Buyuk Britaniya: Huquqshunoslik boʻyicha PhD bosqichi uchun toʻliq grant va yillik 23 ming dollar stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Queen Mary University of London intellektual mulk huquqi boʻyicha PhD dasturida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Yiliga 17 ming funt-sterling (taxminan 23 ming AQSH dollari) stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/buyuk-britaniya-huquq-sohasida-phd-uchun-toliq-grant-yillik-17-000-funt-sterling/

@grantlar
👍23🔥9
Xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturlari toʻplami

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va qatnashish xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanadigan amaliyot dasturlari bilan boʻlishamiz.

Dasturlar quyidagilar uchun moʻljallangan:
– Bakalavr
– Magistr
– Doktorant
– Bitiruvchi
– Listey, kollej va maktab oʻqituvchilari
– Kamida 18 yosh boʻlgan barcha

👉 AMALIYOT DASTURLARI ROʻYXATINI KOʻRISH

P.S. Amaliyot dasturlari malaka va tajriba oshirish, sayohat qilish, tanishlar orttirish, CV uchun ijobiy bekgraund va baʼzida yaxshigina pul ishlab olish imkonini beradi.

@grantlar
👍35🔥7
Qabul boshlandi!

Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!

Kimlar qatnasha oladi?

Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Qanday imkoniyat beradi?

– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 400-1050 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.

Qabul

Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2022-yil 30-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan bakalavriat talabasi bilan suhbat

👉 Shu grant g'olibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun

@grantlar
👍32🔥9
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyciha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1914 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 1043 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
👍28❤4🔥2
1-apreldan qabul boshlanadi.

International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan tashkillashtiriladigan bu dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Dasturda ingliz yoki nemis tilida qatnashish mumkin.

Ishtirokchilar uchun 2 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq barcha xarajat qoplanadi.
2. Qisman grant: Yo'l va tibbiy sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.

Navbatdagi dastur uchun arizalar 2022-yil 1-apreldan 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-excellence-scholarship-program-ies-barcha-yonalish-va-bosqich-talabalari-uchun-germaniyada-almashinuv-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍35🔥22❤7
Maktab va litsey/kollej oʻquvchilariga oʻqishni xalqaro maktab/kollejlarda davom ettirish imkoniyatlari

Bugun maktab, kollej va litsey oʻquvchilariga oʻqishni xalqaro maktab/kollejlarda grant asosida davom ettirish imkonini beruvchi dasturlar roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 RO'YXATNI KO'RISH 👈

@grantlar
👍18❤12🔥3
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍34🔥8❤3
Turli grantlarni, ayniqsa, toʻliq grantlarni yutish uchun baʼzida yuqori balli til sertifikati, yaxshi baho va yaxshi yozilgan inshoning oʻzi yetarli boʻlmasligi mumkin.

Xoʻsh, grant yutish imkoniyatini oshirish uchun yana nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

Bugun shu haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL O'QISH 👈

@grantlar
❤14👍13🔥4
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 150 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2022-yil 1-iyundan 18-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2022-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍43❤8🔥8
Shveytsariya: Dunyoning 14-raqamli oliygohida magistraturani to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Lozanna federal politexnika instituti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga EPFL Excellence Fellowships stipendiya dasturini taklif etadi.

Stipendiya institutda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Semestriga 11 ming AQSH dollari stipendiya.
– Gʻoliblar yotoqxonadan kafolatlangan xona band qilishi mumkin.
– Magistratura yakunida magistrlik diplomidan tashqari maxsus sertifikat beriladi.

EPFLda oʻqish uchun toʻlanadigan jami toʻlovlar 1 semestr uchun 852 dollarni tashkil qiladi.

Arizalar 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-excellence-fellowships-shveytsariyada-magistraturani-oqish-uchun-yiliga-22-ming-dollar-stipendiya/

@grantlar
👍38🔥14❤8
Avstraliya: bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 50 foiz grant!

Avstraliyada joylashgan Griffith universiteti istalgan bakalavriat va magistratura kursida oʻqish uchun qisman grantlarni taklif etadi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt summasining 50% ni toʻlashdan ozod qilinadi.

Navbatdagi qabul 2022-yil 18-aprelgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/avstraliya-griffith-university-bakalavriat-va-magistratura-bosqichida-oqishni-istaganlarga-50-foiz-grant/

@grantlar
👍24
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍37❤8🔥2
Qabul muddati uzaytirildi

“China affairs in Central Asia” mavzusida tadqiqot olib borish uchun 9300 dollar!

Qirgʻizistondagi OSCE Akademiyasi “China affairs in Central Asia” mavzusidagi tadqiqot ishi uchun 1 nafar tadqiqotchi.

Tegishli sohada magistrlik darajasiga ega hamda ingliz va xitoy tilini biluvchilar ariza topshirishi mumkin.

Tadqiqot onlayn tarzda olib boriladi.

Grant miqdori: Tadqiqot ishi uchun jami 9300 dollardan grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-mart, soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-china-affairs-in-central-asia-mavzusida-tadqiqot-uchun-grant/

@grantlar
👍25🔥4
#Eslatma

Fransiyada istalgan soha boʻyicha magistraturada oʻqish uchun grant taqdim etuvchi BGF dasturiga qabul davom etmoqda.

Grantlar.uz jamoasi ushbu grant dasturi boʻyicha eng kerakli manbalarni tayyorlagan:

👉 Ushbu dastur haqida toʻliq maʼlumot

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan suhbat

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning grant uchun topshirgan hujjatlari

@grantlar
👍16🔥3❤2