Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
👍128🔥21❤16
Oʻqish bepul universitetlar: Norvegiya Texnologiya universiteti (NTNU) – magistratura

NTNU dunyodagi eng kuchli 500 universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi ta'lim xususiyatlari:
–
O'qish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semesrt 600 NOK (67 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Ingliz va norveg tilidagi 60 dan ortiq magistratura dasturi bor

Arizalar har yili 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/norvegiya_trondheim/

@grantlar
👍41🔥10❤5
GKS granti g'olibi bilan ovozli suhbat!

@Grantlar_namuna kanali Koreyada to'liq grant asosida o'qish imkonini beruvchi GKS granti g'olibi - Usmanjon Abduraimov bilan suhbat qiladi.

Usmanjon haqida qisqacha:
– Hozirda KAISTda (Koreya) magistratura bosqichida GKS granti asosida o'qimoqda
– Koreyada World Reporters jamoasi a'zosi
– Xalqaro talabalar uchun TOPIK instruktor
– GMAT 710, TOPIK 6 sertifikatlariga ega

Suhbat tafsilotlari:
– O'tkazilish joyi:
@Grantlar_namuna kanali
– Suhbat vaqti: 2022-yil, 13-mart, 20:00 (Uzb vaqti bilan)

Suhbatda gaplashiladi:
– GKS granti, talablari va imkoniyatlari
– GKS grantini yutishga yordam beruvchi omillar
– Koreyada oʻqish, yashash va ishlash
– Suhbat ishtirokchilari bilan savol-javob

@grantlar_namuna
👍37🔥23❤6
“Oliy ta'lim taraqqiyoti istiqbollari” ilmiy-metodik jurnaliga maqolalar qabul qilinmoqda; chop etish bepul!

Maqolalar oʻzbek, ingliz yoki rus tilida topshirilishi mumkin.

Afzalliklari:
– Maqolani chop etish bepul
– Google Scholar va CYBERLENINKAʼda indekslangan
– Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan jurnallar roʻyxatiga kiritilgan

Maqolalar 2022-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oliy-talim-taraqqiyoti-istiqbollari-ilmiy-metodik-jurnaliga-maqolalar-qabul-qilinmoqda/

@grantlar
👍37❤4🔥3
Germaniya: Talent Meets Bertelsmann 2022 konferensiyasi; turar joy va borish-kelish xarajatlari qoplanadi!

Konferensiya 2022-yil 27-29-iyun kunlari Berlinda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Pandemiya tufayli bu yil faqat Yevropada tahsil olayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar (oʻzbekistonliklar ham) ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy tashkillashtiriladi
– Safar xarajatlari uchun 300 yevrogacha mablagʻ
– Tanishlar orttirish va karyera imkoniyatlari
– Turli mukofotlar yutib olish imkoniyati

Arizalar 2022-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talent-meets-bertelsmann-konferensiyasi/

@grantlar
👍66🔥14❤8
Turkiya: Koch universitetining magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Turkiyaning Koch universiteti magistratura va PhD dasturlarida oʻqish uchun turli grantlar taklif etadi. Grantlar taqdim etiluvchi yoʻnalishlar soni ancha (orasida tibbiyot sohalari ham bor).

Grantlarning maksimal darajasi quyidagicha:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul turar joy yoki turar joy uchun mablagʻ ajratiladi.
– Tibbiy sugʻurta taʼminlanadi.
– Ilmiy konferensiya va tadqiqotlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bundan boshqa imtiyozlar ham mavjud.

Arizalar dasturga qarab 2022-yil may oyi oxiri yoki iyun oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/turkiya-koch-universitetining-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍48🔥12❤10
GKS
Hujjat topshirish jarayonlari
GKS granti g'olibi Usmanjon Abduraimov bilan bo'lgan suhbat audiosi

Suhbatda gaplashildi:

– GKS granti imkoniyatlari va talablari
– Grantni yutishda rol o'ynovchi eng muhim hujjatlar va ularni tayyorlash/ularga tayyorgarlik ko'rish
– Motivatsiya xatini qanday yozish kerak va aynan qanday motivatsiya xati sizning tanlanishingizga hissa qo'shadi
– Grant yutganlar Koreyaga oila a'zosini olib ketsa bo'ladimi
– GKS g'oliblari o'qish paytida ishlashi mumkinmi
– GKS g'oliblarining oila a'zolari ishlashi mumkinmi va boshqalar

Ma'lumot uchun: GKS dasturi Koreyada bakalavriat, magistratura va doktoranturani to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

@grantlar_namuna
👍39❤11🔥3
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2022- yoki 2023-yil bitiradiganlar yoki 2021-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2022-yil 27-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍26🔥8❤5
Oʻqish bepul universitetlar: Bamberg universiteti (Germaniya)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 60 yevro (66 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 43,8 yevro (48 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Yozgi semestr uchun arizalar har yili 15-iyulgacha;
– Qishki semestr uchun arizalar har yili 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-bamberg-universiteti-germaniya/

@grantlar
👍54❤12🔥4
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍24🔥10❤2
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2022-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
👍39🔥8❤2
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)

FAU dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 322-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr 52 yevro (57 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr 75 yevroga transport chiptasi oliinadi (1 semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi)
– Ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana bir nechta xorijiy tillarda oʻqitiladigan dasturlar mavjud

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-germaniyadagi-erlangen-nyurenberg-universiteti-fau/

@grantlar
👍60❤10🔥8
“Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” tanlovida qatnashib, 30 million soʻmgacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlovga ishlar quyidagi 3 nominatsiya boʻyicha qabul qilinadi:
– Eng yaxshi ijtimoiy rolik;
– Eng yaxshi sheʼr ijrosi (video material shaklida);
– Eng yaxshi fotosuratlar.

Mukofotlar:

Nominatsiya boʻyicha sovrindorlar 5 million soʻmdan 30 million soʻmgacha mukofot bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/assalom-navroz-yangilanish-mehr-oqibat-va-qadr-qimmat-ayyomi/

@grantlar
👍54❤8🔥6
Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tilida notiqlik tanlovi; bosh mukofot – Fransiyaga 1 oylik bepul sayohat!

Tanlovda fransuz tilidan kamida B2 daraja sertifikati boʻlgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fransuz tilidagi nutqida berilgan fikrni qoʻllab-quvvatlab yoki rad etib oʻz vajlarini keltirishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
– 2-oʻrin: Fransiyaga 1 oylik sayohat uchun yoʻllanma.
– 3-oʻrin: planshet.
– Barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fransuz-tilida-notiqlik-tanlovi-bosh-mukofot-fransiyaga-1-oylik-bepul-sayohat/

@grantlar
👍37🔥10❤1
Oʻqish bepul universitetlar: KAUST (Saudiya Arabistoni)

Bu universitetda faqat magistratura va PhD dasturlari mavjud.

Oʻqish/tadqiqot toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Universitetga qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda KAUST Fellowship granti beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi.
– Yiliga 20 000 dan 30 000 dollarigacha stipendiya.
– Turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy va tish sugʻurtasi qoplanadi.
– Saudiya Arabistoniga borish va joylashish masalalarida ham yordam koʻrsatiladi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-kaust-saudiya-arabistoni/

@grantlar
👍59🔥10❤3
Free Mover talabalar almashinuvi dasturi – xorijda 1 semestr yoki 1 yil oʻqish

Free Mover dasturi talabalarga oʻzlari tahsil olayotgan oliygoh va xorijiy oliygohlar oʻrtasida talaba almashinuvi kelishuvi boʻlmagan hollarda ham 1 semestr yoki 1 yil davomida xorijiy oliygohda oʻqish imkoniyatini beradi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/free-mover-talabalar-almashinuvi-dasturi-xorijda-1-semestr-yoki-1-yil-oqish/

@grantlar
👍30🔥7
SERBEMA-PHOTO CONTEST fotosuratlar tanlovi (Oʻzbekiston); mukofot – planshet, smartfon va smart soat!

Ushbu fototanlovda suratga olishga qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin. Suratlar raqamli kamera yoki mobil telefon orqali olishini kerak.

Tanlov quyidagi 2 mavzu boʻyicha oʻtkaziladi:
– Ayollar qishloq xoʻjaligida.
– Tuproq rizq-roʻzimiz manbai.

Mukofotlar

Har bir mavzu boʻyicha gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: planshet va maxsus sertifikat
– 2 -oʻrin: smartfon Samsung va maxsus sertifikat
– 3-oʻrin: smart soat va maxsus sertifikat
– 4- va 5-oʻrin: maxsus sertifikat

Suratlar 2022-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/serbema-photo-contest-fotosuratlar-tanlovi-smart-soat/

@grantlar
👍48❤6🔥6
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 50-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 62 yevrodan 147 yevrogacha haq toʻlanadi. Bu toʻlov semestr badali va jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-technical-university-of-munich-germaniya/

@grantlar
👍62❤11🔥6
Fransiya elchixonasi, Campus France va “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan barcha bosqichlar uchun ochiq stipendiya tanlovlari; joy – 50 ta!

Grantlar taqsimoti quyidagicha:
– Bakalavriat uchun 10 ta;
– Magistratura uchun 30 ta;
– Doktorantura uchun 10 ta.

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritganlarning xorijda oʻqish, yashash va borish-kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/el-yurt-umidi-jamgarmasidan-barcha-bosqichlar-uchun-ochiq-stipendiya-tanlovlari/

@grantlar
👍42❤12🔥4
AQSH elchixonasidan Ayol instruktorlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha “Sports Visitor” dasturi; AQSHga 2 haftalik tashrif imkoniyati!

Dasturga 21 yoshdan oshgan ayol sport instruktorlari qabul qilinadi.

Ishtirokchilar AQSHga 2 haftaga borib kelish imkoniyatiga ega boʻladi.

Arizalarni oʻzbek, ingliz yoki rus tilida topshirish mumkin.

Arizalar 2022-yil, 10-aprel, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqsh-elchixonasidan-ayol-instruktorlar-uchun-sports-visitor-dasturi/

@grantlar
👍26❤6