Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada joylashgan oʻqish bepul oliygoh – Erlangen-Nyurenberg universitetida tahsil olayotgan hamyurtimiz – Sobira Majidova bilan suhbat qilgan.

Suhbatda universitetga qabul jarayoni, dars jarayoni, o'qib ishlash imkoniyatlari va boshqalar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-bolgan-erlangen-nyurenberg-universitetida-oqiyotgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍25❤8🔥4
Barcha bosqich talabalari, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun A.A.Gromiko nomidagi ilmiy maqolalar va publistik esselar tanlovi!

Tanlovda MDH davlatlaridan boʻlgan, 40 yoshdan oshmagan deyarli barcha soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, oʻqituvchilar, bakalavr, magistr va aspirantlar, OTM bitiruvchilari qatnashishi mumkin.

Ishlar rus tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 3 ta nominatsiya (asosiy, debyutant, esselar tanlovi nominatsiyalari) boʻyicha tashqi xotira qurilmasidan noutbukkacha boʻlgan mukofotlar.
– Finalistlar Moskvada boʻladigan forumga taklif qilinadi; borish-kelishm turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Gʻoliblarning ilmiy ishlari yetakchi jurnallarda chop etiladi.
– Esdalik sovgʻalar va sertifikatlar.

Ishlar 2022-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mdh-davlatlarining-yosh-xalqaro-mutaxassislari-tanlovi/

@grantlar
👍29🔥8❤4
European Forum Alpbach 2022: 18-30 yoshli talabalar va mutaxassislar uchun Avstriyadagi 2 haftalik forum uchun grant!

Forum 2022-yil 21-avgustdan 20-sentabrgacha Avstriyada, ingliz tilida bo'lib oʻtadi.

18-30 yosh boʻlgan barcha soha talabalari va mutaxassislari qatnashishi mumkin. IELTS 5.5 yoki shunga teng sertifikat talab etiladi.

Grant imkoniyatlari:
- Forumga qatnashish haqi qoplanadi
- Turar joy xarajatlari qoplanadi
- Oziq-ovqat uchun mablag' beriladi

Arizalar O'zbekiston vaqti bilan 2022-yil 1-aprel, 02:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/european-forum-alpbach-18-30-yoshli-talabalar-va-mutaxassislar-uchun-avstriyadagi-2-haftalik-forum/

@grantlar
👍31❤11🔥11
Ingliz tilini dars qilmasdan o'rganish usuli: birinchi qism

Batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/ingliz-tilini-dars-qilmasdan-organish-usuli-i-qism/

@grantlar
👍26🔥13❤8
Ingliz tilini dars qilmasdan o'rganish usuli: ikkinchi qism

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ingliz-tilini-dars-qilmasdan-organish-usuli-2-qism/

Birinchi qism BU YERDA.

@grantlar
👍30❤6🔥4
Mudofaa vazirligidan “Urush xotiralarida” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
– Rangtasvir
– Grafika
– Haykaltaroshlik
– Xalq amaliy san’ati
– Bayon
– Insho
– Esse
– Hikoyalar

Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2022-yil 9-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mudofaa-vazirligidan-urush-xotiralarida-ijodiy-ishlar-korik-tanlovi/

@grantlar
👍45🔥6❤2
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍32❤10
Charles University: Chexiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistrlik dasturi uchun 3 ta toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻliq qoplanadi
– Yiliga 5400 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 400 yevro mablagʻ

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/computational-linguistics-scholarship/

@grantlar
👍23❤14🔥4
Oʻqish bepul universitetlar: Nord universiteti (Norvegiya)

Bu universitetda ingliz va norveg tilida bakalavriat, magistratura, PhD dasturlari va boshqa turdagi oʻquv kurslari (til kurslari ham) taklif etiladi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestrda 725 NOK (83 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Universitetga hujjat topshirish bepul
– Barcha bosqichlar uchun norveg va ingliz tillarida dasturlar bor

Til talablari:
– Bakalavriat uchun IELTS 5.0;
– Magistratura uchun IELTS 6.5 talab etiladi.

Qabul

Arizalar har yili 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-nord-universiteti-norvegiya/

@grantlar

@grantlar
👍38🔥18❤10
Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2022-yil 14-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍37
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍35🔥6❤4
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍19❤10🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: Aalto universiteti (Finlandiya)

Bu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 112-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– 3 tilda: ingliz, fin yoki shved tilida oʻqish mumkin.
– Shved va fin tilida oʻqitiladigan bakalavriat hamda magistratura dasturlarida oʻqish bepul (kontakt toʻlanmaydi); ingliz tilida oʻqish uchun yillik kontrakt bor.
– Doktoranturada istalgan tilda oʻqish bepul.
– Barcha bosqichlar uchun bir qancha grantlar taklif etiladi.

Qabul

Arizalar odatda qish yoki bahorning dastlabki oylarida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-aalto-universiteti-finlandiya/

@grantlar
👍42🔥10❤3
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍18🔥9
Qirgʻiziston: Maktab, kollej, litsey oʻquvchilari va talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik konferensiya!

Konferensiya mavzusi:
Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda suv inqirozi hamda iqlim oʻzgarishi muammolari

Konferensiya 2022-yil 8-10-aprel kunlari Osh davlat universitetida boʻlib oʻtadi.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi; ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imtiyozlari:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Eng yaxshi gʻoyalar moliyalashtiriladi

Arizalar 2022-yil 4-aprel, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/maktab-kollej-litsey-oquvchilari-va-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-konferensiya/

@grantlar
👍41❤8🔥8
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍28🔥4
Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturlar

Koʻpgina maktab, kollej va litsey oʻquvchilari bizning yoshimizga ham mos boʻlgan tanlov yoki dasturlar bormi deb soʻraydi.

Ha, bor. Marhamat, hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday tanlovlar bilan tanishing.

👉 DASTURLAR ROʻYXATI 👈

@grantlar
👍15🔥10❤4
FLEX dasturi finalistlari e'lon qilindi!

Bugun FLEX 2022-2023 dasturi g'oliblari (finalistlari) e'lon qilindi. Finalistlarga dastur g'olibi bo'lgani haqida xabar yuborilgan.

Shuningdek, oxirgi bosqichga o'tib, finalist bo'la olmaganlarga ham bu haqida xabar yuborilgan.

Barcha finalistlarni tabriklaymiz!

Grantlar.uz va @grantlar_namuna loyihalari oldingi yildagi g'oliblar bilan hamkorlikda FLEX ishtirokchilariga imkon qadar maslahat va yordam ko'rsatdik. Biz tomonimizdan qilingan ishlarning ayrimlarini BU YERDAN topasiz.

Finalistlarni yana bir bor tabriklaymiz! Siz bunga loyiqsiz!

Finalist bo'la olmaganlarga esa ko'ngilni cho'ktirmay, olg'a intilishga chaqiramiz. 💪

@grantlar_namuna
👍68❤15🔥15
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍33🔥12❤9
Oʻqish bepul universitetlar: Agder universiteti (Norvegiya)

Agder universiteti Norvegiyada AACSB xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestr 800 NOK (93 dollar) semestr badali toʻlash kerak
– Norveg va ingliz tilida bakalavriat, magistratura, PhD va boshqa turdagi dasturlar taklif etiladi

Til talabi:
– Bakalarvait uchun kamida IELTS 5.5
– Magistratura uchun kamida IELTS 6.0
– Doktorantura uchun aniq belgilanmagan

Qabul
– Bakalavriat uchun har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha
– Magistratura uchun odatda har yili 1-martgacha (dasturga qarab farq qiladi)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-agder-universiteti-university-of-agder/

@grantlar
👍69🔥10❤4