Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Charles University: Chexiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistrlik dasturi uchun 3 ta toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻliq qoplanadi
– Yiliga 5400 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 400 yevro mablagʻ

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/computational-linguistics-scholarship/

@grantlar
👍23❤14🔥4
Oʻqish bepul universitetlar: Nord universiteti (Norvegiya)

Bu universitetda ingliz va norveg tilida bakalavriat, magistratura, PhD dasturlari va boshqa turdagi oʻquv kurslari (til kurslari ham) taklif etiladi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestrda 725 NOK (83 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Universitetga hujjat topshirish bepul
– Barcha bosqichlar uchun norveg va ingliz tillarida dasturlar bor

Til talablari:
– Bakalavriat uchun IELTS 5.0;
– Magistratura uchun IELTS 6.5 talab etiladi.

Qabul

Arizalar har yili 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-nord-universiteti-norvegiya/

@grantlar

@grantlar
👍38🔥18❤10
Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2022-yil 14-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍37
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍35🔥6❤4
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍19❤10🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: Aalto universiteti (Finlandiya)

Bu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 112-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– 3 tilda: ingliz, fin yoki shved tilida oʻqish mumkin.
– Shved va fin tilida oʻqitiladigan bakalavriat hamda magistratura dasturlarida oʻqish bepul (kontakt toʻlanmaydi); ingliz tilida oʻqish uchun yillik kontrakt bor.
– Doktoranturada istalgan tilda oʻqish bepul.
– Barcha bosqichlar uchun bir qancha grantlar taklif etiladi.

Qabul

Arizalar odatda qish yoki bahorning dastlabki oylarida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-aalto-universiteti-finlandiya/

@grantlar
👍42🔥10❤3
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍18🔥9
Qirgʻiziston: Maktab, kollej, litsey oʻquvchilari va talabalar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik konferensiya!

Konferensiya mavzusi:
Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda suv inqirozi hamda iqlim oʻzgarishi muammolari

Konferensiya 2022-yil 8-10-aprel kunlari Osh davlat universitetida boʻlib oʻtadi.

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi; ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imtiyozlari:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Eng yaxshi gʻoyalar moliyalashtiriladi

Arizalar 2022-yil 4-aprel, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/maktab-kollej-litsey-oquvchilari-va-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-konferensiya/

@grantlar
👍41❤8🔥8
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 266) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍28🔥4
Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturlar

Koʻpgina maktab, kollej va litsey oʻquvchilari bizning yoshimizga ham mos boʻlgan tanlov yoki dasturlar bormi deb soʻraydi.

Ha, bor. Marhamat, hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday tanlovlar bilan tanishing.

👉 DASTURLAR ROʻYXATI 👈

@grantlar
👍15🔥10❤4
FLEX dasturi finalistlari e'lon qilindi!

Bugun FLEX 2022-2023 dasturi g'oliblari (finalistlari) e'lon qilindi. Finalistlarga dastur g'olibi bo'lgani haqida xabar yuborilgan.

Shuningdek, oxirgi bosqichga o'tib, finalist bo'la olmaganlarga ham bu haqida xabar yuborilgan.

Barcha finalistlarni tabriklaymiz!

Grantlar.uz va @grantlar_namuna loyihalari oldingi yildagi g'oliblar bilan hamkorlikda FLEX ishtirokchilariga imkon qadar maslahat va yordam ko'rsatdik. Biz tomonimizdan qilingan ishlarning ayrimlarini BU YERDAN topasiz.

Finalistlarni yana bir bor tabriklaymiz! Siz bunga loyiqsiz!

Finalist bo'la olmaganlarga esa ko'ngilni cho'ktirmay, olg'a intilishga chaqiramiz. 💪

@grantlar_namuna
👍68❤15🔥15
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍33🔥12❤9
Oʻqish bepul universitetlar: Agder universiteti (Norvegiya)

Agder universiteti Norvegiyada AACSB xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestr 800 NOK (93 dollar) semestr badali toʻlash kerak
– Norveg va ingliz tilida bakalavriat, magistratura, PhD va boshqa turdagi dasturlar taklif etiladi

Til talabi:
– Bakalarvait uchun kamida IELTS 5.5
– Magistratura uchun kamida IELTS 6.0
– Doktorantura uchun aniq belgilanmagan

Qabul
– Bakalavriat uchun har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha
– Magistratura uchun odatda har yili 1-martgacha (dasturga qarab farq qiladi)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-agder-universiteti-university-of-agder/

@grantlar
👍69🔥10❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Iqtidorlimisiz? Xorijdagi nufuzli universitetlarda bepul va yillik 5200 yevro stipendiya bilan ta'lim olishni xohlaysizmi?

🧑‍💻 Unday bo'lsa, biz bilan bog'laning.

Agar sizda IELTS 7.0+ va/yoki SAT 1300+ bo'lsa, biz SIZGA o'z xizmatlarimizni chegirma narxda taklif etamiz!

Siz SCOLARO taklif etayotgan Classic tarifiga 500$💵 CHEGIRMAga ega bo'lasiz!

Shoshiling, qabul muddatlari yaqin!

Bizga murojaat qiling! SCOLARO siz haqingizda qayg'uradi!

Foundation | Bakalavr | Magistratura

Konsultatsiya bepul👇
☎️ +99895 015 00 55
📱@scolaro_consult

INSTAGRAM | TELEGRAM
👍53🔥9
Koreyashunoslik boʻyicha loyihalar uchun grantlar eʼlon qilindi; umumiy grant jamgʻarmasi – 7 million dollar!

Ushbu grantlar akademik va taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, tadqiqotchilar jamoalari, individual shaxslarning koreyashunoslikka oid loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Loyihalar taʼlim yoki tadqiqot dasturi, akademik tarjimalar va boshqa koreyashunoslikka oid faoliyat boʻyicha boʻlishi lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ksps-koreyashunoslik-boyicha-loyihalar-uchun-grantlar-elon-qilindi/

@grantlar
👍19🔥2
Xitoyda o'qish, ishlash va Xitoy grantlari haqida video chat

Bugun kanalimizda Akramxo'jaev Akbarxo'ja bilan Xitoyda o'qish, ishlash va Xitoy grantlari haqida video chat bo'lib o'tadi.

Suhbat manzili: @grantlar_namuna kanali
Vaqti: 2022-yil 28-mart, 20:00 (Uzb vaqti bilan)

Akramxo'jaev Akbarxo'ja:
- Hozirda Tianjin universitetining (Xitoy) oxirgi kurs talabasi
- Tianjin universitetining rasmiy elchisi
- Xitoy tili bo'yicha ustoz
- HSK 6 sertifikatiga ega

Chatda quyidagi ma'lumotlar beriladi:
- Xitoyda o'qish va ishlash imkoniyatlari
- Tianjin universiteti va uning grantlari
- Хitoyda o'qish uchun grantlar
- Ishtirokchilar bilan savol-javob

Chatdan so'ng maxsus telegram guruhi tuzilib, Tianjin universiteti grantlariga topshirmoqchi bo'lganlarga bepul yordam ko'rsatiladi.

@grantlar_namuna
👍61🔥8❤4
SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta!

Forumda ingliz yoki ispan tilini biladigan bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari, shuningdek shu darajalarni 2021 yoki 2022-yili bitirganlar qatnashishi mumkin.

Forum 2022-yil 29-31-iyul kunlari Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur imtiyozlari:
– Forumga bepul qatnashish
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Forum davomida mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 17-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/south-american-business-forum-sabf/

@grantlar
👍42🔥8
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Boshqa qoʻshimcha imtiyozlar ham beriladi.

2022-yil avgustda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍31🔥3
Zurich Enterprise Challenge tanloviga qatnashib, 5350 dollar pul mukofoti yutib oling!

Zurich Enterprise Challenge 2022 tanlovida magistratura, MBA va PhD bosqichi talabalari 3-4 kishilik jamoa sifatida qatnashadi va berilgan keyslar boʻyicha yechimlarni taklif etadi.

Tanlov ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Mukofotlar:
– Gʻolib jamoa: 5000 CHF (5350 dollar);
– 2-oʻrinni olgan jamoa: 2000 CHF (2140 dollar);
– 1-bosqichdagi barcha eng yaxshi jamoalar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 26-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/zurich-enterprise-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍30🔥6
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– 1 oy uchun taxminan 424 dollari stipendiya beriladi

2022-yil yozgi amaliyot dasturi uchun arizalar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍38❤8🔥3