Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ICYF RAMADAN CONTEST: Ramazon oyida olingan surat va videolar tanlovi; mukofot – 500 dollargacha!

Tanlovda 18-35 yoshlilar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Fotosurat / illyustratsiya.
– Video / qisqa film

Mukofotlar
Har bir kategoriya boʻyicha:
– 1-oʻrin 500 AQSH dollari bilan;
– 2-oʻrin 250 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-ramadan-contest/

@grantlar
👍39🔥6❤5
Janubiy Koreya: Dunyoning 41-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 300 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 1-martdan 27-maygacha qabul qilinadi.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

@grantlar
👍56🔥4❤3
Tianjin universitetida grant asosida o'qish uchun hujjat topshirish bo'yicha video chat

Dunyoda nufuzi bo'yicha 151-200-o'rinni egallab turgan Tianjin universitetiga (Xitoy) grant asosida o'qishga kirish bo'yicha maxsus guruh tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

Shu guruhda bugun (3-aprel) Tianjin universitetiga hujjat topshirish bo'yicha video chat bo'lib o'tadi.

Mavzu: Tianjin University | Application Guidelines
Spiker: Akbarkxo'ja Akramxo'jayev
Vaqti: 2022-yil 3-aprel, 20:30
Manzil: @tju2022admission

Chatda Tianjin universitetiga topshiriladigan hujjatlar va ularning tavsifi haqida ma'lumot beriladi.

Chat oxirida ishtirokchilar bilan savol-javob bo'lib o'tadi.

@grantlar
👍20🔥3
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
👉 Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍63🔥16
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Gollandiyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin .

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5400 AQSH dollari
– Gollandiyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2022-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍39🔥4
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍40🔥7❤2
The Geneva Challenge 2022 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida qashshoqlikni qisqartirish muammolari boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 10 800 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5400 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2700 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2022-yil 20-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
👍45🔥6
Oʻqish bepul universitetlar: Zigen universiteti (Germaniya)

Zigen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 601-800-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 280,9 yevro haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz va nemis tillarida tahsil olish mumkin.

Qabul

Arizalar dasturga qarab, odatda har yili qishki semestr uchun aprel, may va iyul oylarigacha; yozgi semestr uchun esa noyabr yoki yanvar oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/germaniya-oqish-bepul-bolgan-zigen-universiteti/

@grantlar
👍38🔥12❤8
Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

Hozirda magistraturani AQSHda toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Fulbright Foreign Student Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Kanalga ushbu dasturga hujjat topshirib, suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimizning hujjatlarini joylaganmiz.

Garchi u suhbat bosqichidan oʻta olmagan boʻlsa-da, topshirgan hujjatlari muvaffaqiyatli hisoblanadi. Chunki hujjatlarning asosiy vazifasi nomzodni suhbat bosqichiga olib chiqishdir.

Uning hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
👍25🔥8❤2
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktab, kollej va litseyning oxirgi sinf / kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2021-yil 22-avgustdan 2022-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍27🔥4
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 10 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasi gʻolib 10 000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kuchli 5 talikka kirgan suratlar egalari maxsus medal bilan taqdirlanadi.
– Barcha gʻoliblar 2022-yil 14-noyabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2022-yil 23-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
👍55❤15🔥10
Fulbright dasturi boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblar

Ayrim obunachilarimiz AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Fulbright Foreign Student Program dasturi haqida bir qancha savollar bilan murojaat qilmoqda.

Bugun shu dastur boʻyicha eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 Savollar va javoblarni oʻqish

@grantlar
👍25❤8🔥7
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik mehnat tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish=kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.

Arizalar 2022-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
👍41❤4🔥4
Germaniya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Berlinda tadqiqot qilish imkoniyati; oylik stipendiya – 1630 yevrogacha!

Dasturda magistrantlar, doktorantlar, postdoktorlar va kamida bakalavrlik darajasiga ega boshqa tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Dasturga har yili taxminan 15 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi.

Moddiy ta'minot:
- Oylik stipendiya: Postdoktor tadqiqotchilarga 1630, qolgan tadqiqotchilarga 1100 yevro.
- Safar xarajatlari uchun mablag'.

Arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talabalar-va-tadqiqotchilar-uchun-berlinda-tadqiqot-qilish-imkoniyati-oylik-stipendiya-1-630-yevrogacha/

@grantlar
👍26
Eslatma: bu dasturga qabul tugagan!

Toshkentda oʻqish bepul IT kurslari borligi bilasizmi?

Kurslar imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oʻquv xonalari kompyuterlar bilan jihozlangan
– Yakunda sertifikat beriladi

Kurslarda kimlar oʻqishi mumkin?

Talaba yoki oʻquvchi boʻlmagan, davlat ishida ishlamaydigan Oʻzbekiston fuqarolari oʻqishi mumkin.

2022-yilda jami 2000 kishi ushbu kurslarga qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/toshkentda-bepul-it-kurslar/

@grantlar
👍84🔥4
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va 12-sinf oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar ingliz tilida, 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va 12 yillik oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining 12-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How would the world be different if every human had access to clean drinking water and safe sanitation?

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍26❤7🔥7
Fashion Incubator Tashkent: Moda sohasidagi startaplar uchun xalqaro inkubator dasturi!

Dasturda kamida 18 yosh boʻlgan, biznes gʻoya yoki faoliyat yuritayotgan biznesga ega Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Dastur mashgʻulotlarida (seminar, lager, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar va hk) qatnashish mutlaqo bepul.
– Ijtimoiy (soft) va kasbiy (hard) koʻnikmalarni rivojlantirish.
– Biznes gʻoyani tayyor biznes rejaga aylantirish imkoniyati.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/fashion-incubator-tashkent-moda-sohasidagi-startaplar-uchun-xalqaro-inkubator-dasturi/

@grantlar
👍23🔥8❤3
Grant yutish uchun Personal Statement'ni qanday yozish kerak?

Bu safargi videomizda grant yutish uchun Personal Statement qanday yozilishi kerakligi yaxshi va yomon misollar orqali tushuntirib berildi.

Videoni ko'rish👇
https://youtu.be/seFOvX6ksmU

Videoni volontyorlar Firdavsbek Burxonov va Farangiz Xolmatova tayyorladi.

@grantlar
🔥17👍11❤4