Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik mehnat tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish=kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.

Arizalar 2022-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
👍41❤4🔥4
Germaniya: talabalar va tadqiqotchilar uchun Berlinda tadqiqot qilish imkoniyati; oylik stipendiya – 1630 yevrogacha!

Dasturda magistrantlar, doktorantlar, postdoktorlar va kamida bakalavrlik darajasiga ega boshqa tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.

Dasturga har yili taxminan 15 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi.

Moddiy ta'minot:
- Oylik stipendiya: Postdoktor tadqiqotchilarga 1630, qolgan tadqiqotchilarga 1100 yevro.
- Safar xarajatlari uchun mablag'.

Arizalar har yili 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-talabalar-va-tadqiqotchilar-uchun-berlinda-tadqiqot-qilish-imkoniyati-oylik-stipendiya-1-630-yevrogacha/

@grantlar
👍26
Eslatma: bu dasturga qabul tugagan!

Toshkentda oʻqish bepul IT kurslari borligi bilasizmi?

Kurslar imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oʻquv xonalari kompyuterlar bilan jihozlangan
– Yakunda sertifikat beriladi

Kurslarda kimlar oʻqishi mumkin?

Talaba yoki oʻquvchi boʻlmagan, davlat ishida ishlamaydigan Oʻzbekiston fuqarolari oʻqishi mumkin.

2022-yilda jami 2000 kishi ushbu kurslarga qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/toshkentda-bepul-it-kurslar/

@grantlar
👍84🔥4
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va 12-sinf oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar ingliz tilida, 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va 12 yillik oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining 12-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How would the world be different if every human had access to clean drinking water and safe sanitation?

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍26❤7🔥7
Fashion Incubator Tashkent: Moda sohasidagi startaplar uchun xalqaro inkubator dasturi!

Dasturda kamida 18 yosh boʻlgan, biznes gʻoya yoki faoliyat yuritayotgan biznesga ega Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Dastur mashgʻulotlarida (seminar, lager, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar va hk) qatnashish mutlaqo bepul.
– Ijtimoiy (soft) va kasbiy (hard) koʻnikmalarni rivojlantirish.
– Biznes gʻoyani tayyor biznes rejaga aylantirish imkoniyati.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/fashion-incubator-tashkent-moda-sohasidagi-startaplar-uchun-xalqaro-inkubator-dasturi/

@grantlar
👍23🔥8❤3
Grant yutish uchun Personal Statement'ni qanday yozish kerak?

Bu safargi videomizda grant yutish uchun Personal Statement qanday yozilishi kerakligi yaxshi va yomon misollar orqali tushuntirib berildi.

Videoni ko'rish👇
https://youtu.be/seFOvX6ksmU

Videoni volontyorlar Firdavsbek Burxonov va Farangiz Xolmatova tayyorladi.

@grantlar
🔥17👍11❤4
Samarqandda 20 dan ortiq zamonaviy kasblar va til kurslarini bepul hamda stipendiya olgan holda oʻqish mumkin!

“Ishga marhamat” monomarkazi ingliz, rus, yapon, nemis tili kurslari va 20 dan ortiq kasb boʻyicha bepul kurslarni taklif etadi.

Kurslar imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya olish imkoniyati
– Bepul yotoqxona
– Kollej diplomiga tenglashtirilgan davlat namunasidagi sertifikat
– Bepul migratsiya xizmati

Bepul kurslarda kimlar oʻqishi mumkin?

Talaba yoki oʻquvchi boʻlmagan va rasmiy ravishda ishlamayotgan Oʻzbekiston fuqarolari oʻqishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/samarqandda-bepul-kurslar/

@grantlar
👍54🔥10❤6
Oʻqish bepul universitetlar – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar odatda har yili oktabr oyidan noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍37🔥6❤4
#bilasizmi

AQSHning J-1 vizasi haqida bilasizmi?

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 viza qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
👍32❤4🔥4
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 7500 yevrodan 16 500 yevrogacha.

Arizalar qabuli uchun 2022-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍50🔥6❤3
Xorijga bepul sayohat qilish imkonini beruvchi tanlovlar

Ayrim tanlovlar gʻoliblarga xorijiy davlatga bepul safar qilish imkonini beradi.

Bunday safarlarda gʻoliblar quyidagilarning biri yoki bir nechtasida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi:
– Taqdirlash marosimi
– Final bellashuvi
– Forum yoki sammitda
– Chet el davlatidagi sayohat
– Madaniy dasturlar
– Taʼlim dasturlari va boshqalar.

Bugun xoriga sayohat qilish imkonini beradigan va hozirda arizalar qabul qilinayotgan tanlovlarni keltirib oʻtamiz.

1. The Geneva Challenge 2022. Bu tnlov gʻoliblari 10 800 dollargacha mukofot va Shveytsariyaga sayohat qilish imkonini qoʻlga kiritadi.

Tanlovda magistratura talalabalari qatnashishi mumkin.

Dedlayn: 20-aprel, 2023

👉 BATAFSIL

2. Global Peace Photo Award. Bu fototanlov gʻoliblari 10 ming yevrogacha pul mukofoti va Venaga (Avstriya) bepul safar qilish imkonini qoʻlga kiritadi.

Tanlovda barcha qatnashishi mumkin.

Dedlayn: 23-may, 2022

👉 BATAFSIL

3. The Global Undergraduate Awards. Bu tanlov gʻoliblarga turli sovgʻalar va Irlandiyaga bepul sayohat imkonini beradi.

Tanlovda bakalavriatni 2022- yoki 2023-yil bitiradiganlar yoki 2021-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Dedlayn: 27-may, 2022

👉 BATAFSIL

4. Peter Drucker Challenge. Bu insholar tanlovi gʻoliblari 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat imkonini qoʻlga kiritadi.

Tanlovda barcha bosqich talabalari va mutaxassislar qatnashishi mumkin.

Dedlayn: 14-may, 2022

👉 BATAFSIL

5. WTO Essay Award for Young Economists. Bu ilmiy esselar tanlovi gʻolibi 5400 dollar va Gollandiyaga bepul sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Ushbu tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dedlayn: 6-iyun, 2022

👉 BATAFSIL

P.S. Xorijga bepul safar qilish imkonini beruvchi tanlovlar aslida koʻp. Bu postda faqat hozirda ariza qabul qilinayotganlari keltirildi.

@grantlar
👍81🔥16❤11
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!

Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan filmlar qabul qilinadi.

Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar
– Yana 2 ta maxsus kategoriya boʻyicha har bir gʻolibga 4000 dollardan mukofot

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/

@grantlar
👍31🔥4❤2
Immerse Education Blog Competition: Mashhur Oksford va Kembrij universitetlarining onlayn kurslari uchun 100% grant yutib oling!

Tanlovga 13-18 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Qatnashish uchun berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida maqola (blogpost) yozish kerak.

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 13-15 yoshlilar.
– 16-18 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 4 nafar gʻolib Online Insights yozgi kursida qatnashish uchun 100% grantni qoʻlga kiritadi.
– 2-oʻrinni olganlarga oʻzlari tanlagan onlayn kursda qatnashish haqi uchun 50% gacha chegirma taqdim etiladi.

Maqolalar 2022-yil 7-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-blog-competition/

@grantlar
👍35❤6🔥6
Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

Bunday dasturlar anchagina va ularda turli yosh va soha vakillari (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) qatnashishi mumkin.

👉 DASTURLAR ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
👍26❤6🔥4
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– 5 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1200 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍20❤4
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish 2023-yil yanvarda boshlanadi va toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2002 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (742 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1112 dollar).

Arizalar 2022-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍26❤2
Aprel oyida boshlash mumkin boʻlgan bepul onlayn kurslar va ularning ahamiyati

Bu postda quyidagilar bilan tanishasiz:
– Bepul onlayn kurslar ahamiyati
– Oʻqish bepul, sertifikati pullik kurslar (umumiy roʻyxat)
– Oʻqish bepul, sertifikati pullik kurslar (muassasa boʻyicha roʻyxat)
– Oʻqish ham, sertifikati ham bepul kurslar

☝️ Bu kurslar Garvard, Stenford, Oksford, Kembrij kabi nufuzli universitetlar va tashkilotlar tomonidan taklif etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/bepul-onlayn-kurslar/

@grantlar
👍20🔥10❤6
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍23🔥4❤3
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍39🔥6❤2